SHK konstruksiyasining elementlari. Konstruksiyasi jihatidan SHK markaziy tizimli blok shaklida bajarilgan bо‘lib, unga razyem orqali tashqi qurilmalar ulanadilar: qо‘shimcha xotira bloklari, klaviatura, displey, printer va boshqalar.
Tizimli blok odatda о‘z tarkibiga tizimli platani, manba blokini, diskli jamlovchilarni, qо‘shimcha qurilmalarga razyemlar va tashqi qurilma adapterlarini oladi.
Tizimli platada (kо‘pincha ularni ona plata deb ataydilar - motherboard) о‘z navbatida quyidagilar joylashgan:
mikroprotsessor;
tizimli mikrosxemalar (chipsetlar);
takt impulslar generatori;
TXQ va DXQ modullari (mikrosxemalari);
CMOS-xotira mikrosxemasi;
klaviatura, QMDJ adapterlari;
uzilishlar kontrolleri;
taymer va hokazolar.
Ularning kо‘pchiligi tizimli plataga razyem orqali ulanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |