A. A. Qaxxarov, yu. Sh. Avazov, U. A. Ruziyev kompyuter tizimlari va tarmoqlari



Download 6,1 Mb.
bet50/216
Sana24.04.2022
Hajmi6,1 Mb.
#579102
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   216
Bog'liq
Компьютер тизимлари Дарслик Юсуф 18 10 2019

3.3- rasm. Markazdan boshqariladigan tarmoq tarkibi.

Qator tarmoqlarda tugunlararo aloqa kо‘p kommutatorlar orqali amalga oshiriladi, lekin bitta kommutator orqali xam amalga oshirilgan tarmoqlar mavjud. Kо‘p sonli kommutatorlarning mavjudligi xabarlarni uzatilish vaqtini oshishiga olib keladi, lekin oddiy ulash elementlarini ishlatish imkonini beradi. Bunday tarmoqlarni odatda kо‘p bosqichli shaklda quriladi.


Tarmoq topologiyasini tanlashdagi asosiy masala bu axborotlarni yо‘naltirish, yaʻni xabar uzatiladigan navbatdagi tugunni tanlash qoidasidir. Yо‘naltirishning asosi bо‘lib tugunlarning manzillari xizmat qiladi. Tarmoqdagi har bir tugunga noyob manzil beriladi. Shu manzillardan kelib chiqqan holda, aniqrog‘i ularning ikkilik tizimidagi ifodasidan, statik topologiyalarda tugunlarni ulash amalga oshiriladi yoki dinamik topologiyalarda ularni kommutatsiyalash amalga oshiriladi. Aslida, qabul qilingan qо‘shni tugunlar manzillarining ikkilik kodlarini о‘rtasidagi moslik tizimi – axborotlarni yо‘naltirish vazifasi – tarmoq topologiyasini aniqlab beradi.
Har bir tugun xohishiy boshqa tugun bilan bog‘langan bо‘lsa bunday topologiyani tо‘liq bog‘langan topologiya deyiladi (3.4,a- rasm). Bunday topologiya eng yuqori unumdorligi bilan ajralib turadi, lekin moslashuvchanligi chegaralangan va narxi qimmat. Agarda tizim n tugundan iborat bо‘lsa, u holda har bir tugun n – 1 bog‘lanishga ega bо‘lishi kerak, tо‘liq bog‘langan topologiyada bog‘lanishlarning umumiy soni n (n – 1)/2 ga teng. Kо‘pchilik holda loyihalashtiruvchilarning moliyaviy resursi bо‘lmaganligi tufayli bu topologiyani joriy eta olmaydilar.




3.4- rasm. Parallel hisoblash tizimlarining asos topologiyalari.

Agarda topologiyada qaysidir ikki tugun о‘rtasidagi bog‘lanish bо‘lmasa, bunday topologiya tо‘liq bо‘lmagan bog‘lanishli topologiya hisoblanadi. Tо‘liq bо‘lmagan bog‘lanishli topologiyaning kо‘p variantlari mavjud. 3.4, b - g - rasmda tо‘liq bо‘lmagan bog‘lanishli asos topologiya tasvirlangan, ulardan amaliyotda ishlatiladigan topologiyalar hosil qilinadi.


3.4,b - rasmda umumiy shinali topologiya tasvirlangan, u soddaligi va arzonligi bilan ajralib turadi. Shu bilan bir qatorda uning ishonchliligi past, xohishiy bir tugunni ishdan chiqishi butun tizimni ishdan chiqishiga olib keladi. Undan tashqari shina topologiyasida har bir yangi ulangan tugun shinaning umumiy о‘tkazish xususiyatini kamaytiradi, bu moslashuvchanligini yomonligidan dalolatdir.
3.4, v - rasmda halqa turidagi topologiya keltirilgan, u umumiy shinali topologiyani rivojlantirilganidir. Ikki uchi ulangan shinadan halqa hosil qilingandir, shuning uchun shinadagi afzalliklar va kamchiliklarning barchasi halqa topologiyasida ham mavjuddir. Afzalligi ancha yuqori tezlikka egaligida, sababi axborotni ikki taraftga uzatish imkoniyati borligida va ancha qisqa yо‘lni tanlash mumkunligidir.
Asosiy topologiyalardan yana bittasi – yulduz turidagi topologiya 3.4,g-rasmda tasvirlangan. Tizimda bitta markaziy tugun tanlanadi, u barcha qolgan tugunlar bilan alohida bog‘lanishga ega. Har qanday boshqa tugun faqat markaziy tugun bilan bog‘langan. Bunday topologiya umumiy shina yoki halqa topologiyasiga nisbatan ancha yuqori ishonchlilikka ega, lekin unda markaziy tugunning unumdorlik va ishonchlilik kо‘rsatgichlariga ancha yuqori talablar qо‘yiladi, chunki u tizim uchun eng nozik joy hisoblanadi.
Aniq tizimlarda topologik bog‘lanishlarni tanlash turli talablar bilan asoslanadi: narxi, ishonchliligi, unumdorligi va hokazo. Shuning uchun kommutatorlarga va uning asosida qurilgan topologiyalarga yuqori о‘tkazish xususiyat, yaxshi moslashuvchanlik, yaxshi narx va hokazolar ziddiyatli talablar qо‘yiladi.
Topologiyalarni juda kо‘p sonli variantlari mavjud, masalan, 3.5,a-rasmda ikki о‘lchamli panjara turidagi topologiya tasvirlangan, u Intel Paragon tizimida ishlatilgan. Uning tabiiy rivojlantirilgani ikki о‘lchamli tora (3.5,b-rasm) Dolphin Interconnection Solution kompaniyasining hisoblash tizimida joriy etilgan. Ikki о‘lchamli panjaradan ikki о‘lchamli toraga о‘tish xuddi umumiy shinadan halqaga о‘tish kabi, panjaraning har bir aloqa yо‘lini tutashtirib halqa qilish orqali amalga oshiriladi. 3.5,c-rasmda yana bitta qiziq topologiyaga misol keltirilgan – ikkilik tо‘rtо‘lchamli giperkub. Ikki о‘lchamli giperkub - bu oddiy kvadrat (tо‘rtta tugundan iborat bо‘lgan), uch о‘lchamli – bu odatdagi kub sakkizta tugunli.



Download 6,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish