A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar


 Muomala uchun zarur bo‘Igan naqd pullar



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

4.5. Muomala uchun zarur bo‘Igan naqd pullar
miqdorini aniqlash asoslari
Naqd pul muomalasini tartibga solishning 
asosiy vazifasi, bu -
muomalaga chiqarilishi yoki olinishi lozim bo 'Igan naqd p u l miqdorini
aniqlashdan iboratdir.
Ushbu vazifa muomala uchun zarur naqd pul 
mablaglariga boigan talabni aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Ma’lumki, naqd pullar kichik hajmdagi chakana va uyushmagan 
savdo hamda naqd pulli xizmatlar uchun tolovlarda qollaniladi. Yoki,
91


naqd pul aylanmasining umumiy pul aylanmasidagi ulushi yuqorida 
ko‘rsatilgan naqd pulli to‘lovlaming jami tolovlardagi ulushi bilan 
aniqlanadi.
Demak, naqd pulga bo‘lgan talab umumiy pul massasiga bo‘lgan 
talabning bir qismidir. Lekin, umumiy pul massasiga nafaqat tovarlar va 
xizmatlar hajmi, balki pulning aylanish tezligi va bank foiz 
stavkalarining darajasi ham ta’sir etadi. Ushbu omillar nazariy jihatdan 
olimlar tomonidan allaqachon asoslanib ulgurilgan va bugungi kunda 
juda ko‘p mamlakatlaming iqtisodiyotini boshqarishda pulga bo‘lgan 
talab va taklifini tartibga solish mexanizimi sifatida qollanilmoqda. 
Fanda bu usul monetarizm (pulning miqdoriy nazariyasi) nomi bilan 
mashhur bo‘lib ketgan.
Bunda shuni qayd etib o‘tish lozimki, klassik - dastlabki 
monetarizm asoschilari muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini 
asosan muomaladagi mavjud tovarlar qiymati va turli pulli to‘lovlar 
yig‘indisidan kelib chiqqan holda aniqlashga uringanlar.
Keyinchalik kapitalistik tovar ishlab chiqarish rivojlangani sari 
muomaladagi pul miqdorini belgilovchi yangi obyektiv omillar vujudga 
kela boshlagan. Ayniqsa, pul muomalasi banklar tomonidan tartibga 
solina boshlangandan so‘ng pulga boigan talab va taklif banklaming 
ssuda foizlari darajasiga ko‘proq boglanib borishi kuzatilgan. Natijada, 
iqtisodchi olimlar tomonidan pulga boigan talab va taklifni boshqarish 
bilan bogliq yangi zamonaviy monetarizm vujudga kelgan.
Albatta, ushbu bobda naqd pul muomalasi uchun zarur pul 
miqdorini aniqlash bo‘yicha olimlar tomonidan bugungi kungacha 
yaratilgan barcha nazariyalami taxlil qilib chiqish mumkin emas. Lekin, 
Markaziy banklar tomonidan amalga oshirilayotgan zamonaviy naqd pul 
siyosatining negizini chuqurroq tushunish uchun ulaming ayrimlarini 
keltirib olamiz.
Masalan, ingliz iqtisodchisi U. Petti (1623 - 1687) muomala uchun 
zarur boigan naqd pullar miqdori aholining bir haftalik pul daromadlari, 
yer ijarasi uchun tolanadigan haqning yarmi va barcha eksport 
qilinadigan tovarlar summasining to‘rtdan bir qismining yiglndisiga 
teng bo‘lishi lozim deb hisoblagan.
Ingliz faylasufi J. Lokk (1632 - 1704) muomala uchun zarur 
boigan naqd pullar miqdorini ish haqining ellikdan bir qismi, yer ijara 
haqining to‘rtdan bir qismi va yillik tovar aylanmasining yigirmadan bir 
qismlarining yiglndisi sifatida topishni taklif qilgan.
92


Ingliz iqtisodchisi R. Kantilon (1680 - 1734) muomala uchun zarur 
bo‘lgan naqd pullar miqdori mamlakatdagi mavjud mahsulotlar 
qiymatining to‘qqizdan bir qismi yoki yer ijarasi uchun toianadigan 
haqning uchdan bir qismiga teng boiishi lozimligini e’tirof etadi.
Shotland iqtisodchisi A. Smitt (1723 - 1790) ushbu ko‘rsatkichni 
aniqlash mumkin emas deb hisoblagan b o isa ham, lekin ko‘pgina 
olimlar uni yillik umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining 
beshdan, o‘ndan, yigirmadan va oltizdan bir qismiga teng bolishini 
ta’kidlaganlarmi eslatib o‘tadi.
Agar e’tibor berilgan b o isa yuqorida sanab o‘tilgan nazariyalar 
klassik, ya’ni dastlabki monetarizmga taalluqli ekanligini sezish qiyin 
emas.
Zamonaviy monetarizm nazariyasining ilk namoyondalaridan 
boigan ingliz iqtisodchisi A. Marshall (1842 - 1924) muomala uchun 
zarur boigan naqd pullar miqdori aholining qolida pul ushlab turish 
istagi va ulardan daromad ololmaslik xavfi bilan olchanishini o‘rtaga 
tashlagan. Yoki A. Marshall fikricha, odamlar qolidagi ortiqcha naqd 
pullardan hech qanday naf ololmaslik hissi muomala uchun zarur 
boigan naqd pul miqdorini belgilashda asosiy omil b oiib hizmat qiladi.
Miqdoriy pul nazariyasining yorqin namoyondalaridan boigan 
mashhur ingliz olimi J. Keyns (1883 - 1946) ilk bor muomala uchun 
zarur pul miqdorini bank foizlari darajasi bilan bogiiq ekanligini 
aniqlashga muvaffaq boldi. Uning fikricha, bank foizlari stavkasi tushib 
ketsa, odamlar pullarini banklarda saqlashdan ko‘ra o‘z qollarida 
ushlab turishni maqul ko‘radilar va muomalada pulga boigan talab 
oshib boradi. Agar, bank foiz stavkasi ko‘tarilsa, odamlar qo‘lidagi 
pullarini daromad olish maqsadida banklarga qo‘yishdan manfaatdor 
boladilar va muomalada pulga boigan talab pasayib ketadi. Ko‘rinib 
turibdiki, J. Keynsning pulga boigan talabni aniqlash talim oti uchun 
«foizlar nazariyasi» asos boiib xizmat qilgan.
Shundan kelib chiqqan holda J. Keyns, muomala uchun zarur 
boigan pul miqdori mamlakat milliy boyligining o‘ndan bir qismidan 
tortib to ellikdan bir qismigacha boigan oraliqda olchanishi mumkin 
deb hisoblagan. J. Keynsning bu fikrini inkor qilib bolmasada, lekin 
uning nazariyasiga ko‘ra muomala uchun zarur boigan naqd pulning 
aniq miqdorini aniqlash mumkin emas edi.
Shu sababli, naqd pul muomalasini samarali boshqarish usullarini 
qidirish bo‘yicha ilmiy ishlar muntazam davom ettirilgan va iqtisodchi
93


olimlar tomonidan pul miqdorini aniq kolsatkichlariga erishish 
bo‘yicha bir qancha yangi nazariyalar yaratildi.
Bulardan diqqatga sazovorlisi, ikki amerikalik olim U. Baumol va J. 
Tobinlar tomonidan bir - biriga bog‘liq bolmagan holda yaratilgan 
«portfel tanlovi» nazariyasidir.
Ushbu nazariyaga asosan bitimlami amalga oshirish uchun naqd 
pulga boigan talab odamlaming kassa shaklida (qolida) saqlanadigan 
naqd pullar bo‘yicha vujudga keladigan altemativ xarajatlarini (bank 
foizlari sifatida olinishi mumkin boigan daromadlarini yo‘qotilishi 
nazarda tutilmoqda) hisobga olgan holda aniqlanadi. Yoki, mualliflar yil 
davomida baholar barqaror va xarajatlar bir xil boigan hollarda, 
odamlar rejalashtirilgan tolovlami amalga oshirish uchun qancha naqd 
pullami o‘z qolida saqlab turishlari maqsadga muvofiq ekanligini 
aniqlashni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan va uni quyidagi 
formula orqali ifodalashgan:
N= 

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish