A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Moliyaviy hisobotlarini tuzish va taqdim etish



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/294
Sana02.12.2022
Hajmi10,8 Mb.
#877055
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

18.2. Moliyaviy hisobotlarini tuzish va taqdim etish
Birinchi navbatda, shuni aytish joizki, korxonalar (xorijiy 
investitsiyali korxonalardan tashqari) majburiy tartibda quyidagi 
foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi:
• ta ’sis hujjatlariga binoan mulkdorlar (mulkni boshqarish 
b o ‘yicha vakolatli organlar, ta’sischilar);
• davlat soliq inspektsiyasiga;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi 
qonunchiligiga binoan korxona 
faoliyatini ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish 
vazifalari yuksaltirilgan boshqa davlat organlariga.
0 ‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risida”gi 
Qonuniga binoan: - barcha korxona va muassasalar uchun hisobot yili 1
576


yanvardan 31 -dekabrgacha b o ‘lgan davr hisoblanadi.
- yangi tashkil etigan korxona va muassasalar uchun birinchi 
hisobot yili bo‘lib, ular yuridik huquqqa ega boMgan sanadan shu yilning 
31 dekabrigacha bo‘lgan davr hisoblanadi. 1-oktyabrdan keyin tashkil 
etilgan (tugatilgan, qaytadan tashkil etilgan) korxonalar va ulaming 
stmkturaviy 
bo‘linmalari 
asosida 
tashkil 
etilganlardan tashqari 
korxonlara uchun ulaming yuridik huquqqa ega bo‘lgan sanadan keyin 
yilning 31-dekabrigacha bo‘lgan davmi birinchi hisobot yili davri 
hisoblashga ruxsat beriladi.
- korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini 
0 ‘zbekiston Respubilkasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan 
muddatlarda topshiradilar.
Shuni ham eslatib o ‘tish kerakki, korxonaning xo‘jaIik faoliyati 
natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to‘g ‘risidagi yillik buxgalteriya 
hisoboti foydalanuvchilar (biija, xaridor, mol yurituvchi va boshqalar) 
uchun ochiq bo‘lib nashr etilishi mumkin. Nashr etilgan hisobotning 
to‘g ‘riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
Hisobot buxgalteriya hisobining natijasi bo‘lib, subyektning 
moliyaviy bo ‘g ‘indagi o ‘zgarishlarini aniqlab beradi131.
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi tizimining yakuniy natijasi 
sifatida moliyaviy hisobot subyektining moliyaviy holatini va uning 
moliyaviy ahvolidagi o ‘zgarishlami ko ‘rsatadi. Bunday axborotlardan 
ko‘plab iste’molchilar quyidagi maqsadlardla foydalanadi:
a) kreditlar berish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va investitsion 
qarorlar qabul qilish uchun;
b) subyektning kelgusidagi pul oqimlarini baholash;
c) subyektning resurslari, majburiyatlari va ulardagi o ‘zgarishlar 
to‘g ‘risida tasaw urga ega bo‘lish.
Moliyaviy hisobotning tarkibi «Buxgalteriya hisobi to ‘g‘risida»gi 
Qonunning 22-moddasi va 1-son BHM Sning 12-bandida k o ‘rsatilgan.
X o‘jalik subyektlarining (kichik korxona va mikrofirmalardan 
tashqari) yillik moliyaviy hisobotlari quyidagilardan tashkil topadi:
131 Financial and m anageri accounting, 12 e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve, Janathan 1109 page
577


- «Buxgalteriya balansi» (1-shakl);
- «Moliyaviy natijalar to ‘g ‘risida hisobot» (2-shakl);
- «Pul oqimi to ‘g ‘risida hisobot» (4-shakl);
- «Xususiy kapital to ‘g ‘risida hisobot» (5-shakl);
- izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Moliyaviy hisobotlarda quyidagi axborotlar to ‘liq aks ettirilishi 
kerak:
1.Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik 
manzili, identifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun 
zarur bo‘ladigan boshqa rekvizitlar;
2. X o ‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik 
manzili, indentifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun 
zarur b o ‘ladigan boshqa rekvizitlar;
3.Moliyaviy hisobot bir 
korxonanikimi 
yoki 
bir 
guruh
korxonanikimi;
4. Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar qaysi davami o ‘z 
ichiga olishi;
Topshirilgan hisobot axborotlarini to ‘g ‘ri tushunish uchun 
quyidiga rekvizitlar keltirilishi lozim;
1. Moliyaviy hisobotda qo‘llanilgan valyuta turi;
2.H isobotda foydalanilgan raqamlaming aniqlik darajasi, masalan, 
keltirilgan raqam lar ming hisobida yoki million hisobida ekanligi va h.k.
X o‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarini keyingi 
yilning 15 fevraldan kechiktirmasdan topshirishlari kerak.
Bir shaharda joylashgan subyektlar uchun moliyaviy hisobotni 
topshirgan kuni deb uni tegishli joyga haqiqiy taqdim etgan kuni 
hisoblanadi. Boshqa shaharlarda joylashgan subyektlar uchun moliyaviy 
hisobotni pochta orqali j o ‘natgan kuni hisoblanadi (bu kun pochta 
korxonasini qo‘ygan shtampasida m a’lum).
Basharti hisobotni j o ‘natgan sana dam olish kuniga to‘g ‘ri kelsa, 
hisobot topshirish sanasi dam olish kunidan keyingi kunga ko‘chiriladi.
Choraklik yoki yillik hisobotlami o ‘z vaqtida tuzishni ta ’minlash 
uchun 
buxgalteriyaning 
barcha 
boiim larini 
ishlami 
bajarish
578


muddatlarini ko‘rsatib yig‘ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi 
quyida yuritilsa, grafik bilan belgilangan muddatlarda ju m al - 
orderlaming jami chiqariladi, zarur bo‘lsa bir registrdagi summa boshqa 
registrlarga o‘tkaziladi va korrespondentlanuvchi schyotlar o ‘zaro 
muqobil tekshiriladi.
Moliyaviy 
hisobotga 
tushuntirishlaming 
asosiy 
maqsadi 
korxonaning moliyaviy ahvoli va uning mahsulot, tovar, ish va xizmatlar 
bozoridagi o ‘mi to ‘g ‘risida to ‘liqroq axborotlar olish uchun hisobot 
shakllarining mazmunini to ‘ldirishdan iborat.
Tushuntirish xatining mazmuni korxonaning joriy investitsion va 
moliyaviy 
faoliyatining 
asosiy 
texnik-iqtisodiy 
k o‘rsatkichlarini, 
jumladan korxona ixtiyorida qoladigan foydaning taqsimlanishi yoki 
taqsimlanmasligi to ‘g ‘risidagi m a’lumotlarni o ‘z ichiga oladi. Hisob 
siyosatining tovar-moddiy zaxiralami baholash, ulaming tayyorlanishi 
va ishlatilishi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha 
amortizatsiya hisoblash hamda ular faol qismidan foydalanishning 
samaradorligini tahlil qilish, mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasidan 
olinadigan tushumlami hisoblash variantlari, yangi mahsulotlami ishlab 
chiqishga doir turli investitsion loyihalaming rejalashtirilish va amalga 
oshirilishi, uning sifatini yaxshilash va hokazolar bo ‘yicha batafsil 
m a’lumot beriladi.
2015-yilga qadar soliq to ‘lovchilar qay tarzda hisobot taqdim 
etishni o ‘z xohishlariga qarab tanlashlari mumkin edi - shaxsan olib 
borib berish, pochta orqali buyurtma xat bilan yoki Internet tarm og‘i 
orqali elektron hujjat tarzida. Biroq, 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab 
barcha tadbirkorlik subyektlari soliq hisobotlarini faqat elektron hujjat 
tarzida taqdim etishlari lozim.
Moliyaviy hisobot shakllariga rahbar va bosh buxgalter imzo 
chekadi, imzolar muhr bilan tasdiqlanadi.
Moliyaviy hisobotda o ‘chirish va ustiga yozishlar bo‘lmasligi 
kerak. Xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ulami 
moliyaviy hisobotlarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish 
sanasini ko‘rsatadilar.
579


Joriy 
hamda 
o ‘tgan 
yil 
hisobot 
m a’lumotlaridagi 
(ular 
tasdiqlanganidan keyin) tuzatishlar uning m a’lumotlarini buzishlar 
aniqlangan hisobot davri uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi, 
bunda tuzatishlar hisobot davri (chorak, yil boshidan) uchun 
m a’lumotlarga kiritiladi.

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish