Mehnatga haq to‘lash shakllari
31 F in a n cia l a n d m a n a g e ria l a c c o u n tin g , 12e, C a rl S. W a rre n , J a m e s M .R e e v e , J o n a th a n E .D u c h a c , 1 0 8 -p ag e, 2 0 1 4
32 F in a n cia l a n d m a n a g e ria l a c c o u n tin g , 12e, C arl S .W a rre n , J a m e s M .R e e v e , Jo n a th a n E .D u c h a c , 1 0 8 -p ag e , 2 0 1 4
195
Mehnat haqining ishbay shaklida ish haqi haqiqatda bajarilgan ish
uchun yoki bir birlik ishga belgilangan amaldagi narxlarda yaratilgan
mahsulot miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
Mehnatni tashkil etish yo ‘llaridan kelib chiqib ishbay ish haqi
yakka tartibda va jam oat turlariga bo‘linadi.
Yakka tartibdagi ishbay ish haqi shaklida ishchining mukofoti o ‘zi
yaratgan mahsulot miqdori, uning sifati va ishbay narxlarga to ‘liq
bog‘liq boMadi.
To‘g‘ri ishbay
shaklida ish haqi belgilangan ishbay narxlarga
muvofiq haqiqatdan bajarilgan ish (mahsulot tayyorlash) bo‘yicha
aniqlanadi. Masalan, ishchi bir oyda 110 ta mahsulotni bitkazdi. Har bir
mahsulotga 10000 so ‘m narx belgilangan. Mehnatga haq to ‘lashning
oddiy ishbay shaklida ish haqi belgilangan ishbay narxlarga muvofiq
haqiqatdan bajarilgan ish bo‘yicha aniqlanadi. 0 ‘z navbatida, ishchining
oylik ish haqi 1100000 so ‘mni (110x10000) tashkil etadi.
Mehnatga haq to ‘lashning
ishbay - mukofot shaklida
ish haqini
hisoblashda
oddiy
ishbay
narxlardan
tashqari
belgilangan
ko‘rsatkichlami bajarganligi yoki ortigM bilan bajarganligi uchun
qo‘shimcha ravishda mukofot hisoblanadi. Ishbay ish haqiga asosan
mukofot haqiqatda ishlagan vaqtga nisbatan hisoblanadi. Masalan,
ishchi bir oyda 120 dona buyum ishlab chiqardi, buyumning mehnat
sig‘imi - 1,7 kishi/soat, mahsulot birligining narxi 10000 so ‘m; ishlab
chiqarish normasini bajarish bo‘yicha ishbay ish haqidan 5%, har bir
normadan ortiqcha bajarilgan foizga ishbay ish haqidan 1% mukofot
nazarda tutilgan. Ishchi 8 soatdan 24 smena ishladi. 0 ‘z navbatida
ishbay ish haqi 1200000 so ‘mni (120x10000) tashkil etdi.
Qismlami qayta ishlashga 192 soat (8 soatdan 24 smena)
sarflangan. Buyumning mehnat sig‘imi - 1,7 kishi/soat, shu sababdan
vaqt normasi 106,3% ((120xl,7)/(24x8)xl00) bajarilgan.
Normani bajarganligi uchun ishbay ish haqidan 5% miqdorida,
ya’ni 60000 so ‘m (1200000x5%) mukofotni to'lash talab etiladi. Reja
196
6,3% ga ortig‘i bilan bajarilganligi uchun qo‘shimcha ravishda yana
mukofot 75600 so‘m (1200000x6,3%) to ‘lanadi.
Ishchining
umumiy
ish
haqi
1335600
so ‘mni
(1200000+60000+75600) tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |