A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Hujjatlar rekvizitlari va ularni rasmiylashtirish



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/294
Sana28.01.2023
Hajmi10,8 Mb.
#904200
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

5.3. Hujjatlar rekvizitlari va ularni rasmiylashtirish
Har bir hujjat shunday rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerakki, unda 
amalga oshirilgan muomalalar haqida to‘la - to ‘kis fikrga ega bo‘lish va 
uning isbotlovchi kuchini ta ’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha 
m a’lumotlar 
mavjud 
bo‘lsin. 
Hujjatlaming 
tarkibiy 
unsurlari 
hisoblangan bu m a’lumotlar uning 
rekvizitlari
deb nomlanadi. Rekvizit 
(lotincha reqnisitum) - bu kerakli, talab qilinadigan degan m a’noni 
anglatadi.
Rekvizitlar quydagicha turkumlash mumkin:
Hujjatlaming rekvizitlari 
hisob obyektlariga nisbatan
belgi 
rekvizitlari va mazmun rekvizitlariga bo‘linadi.
Belgi rekvizitlari
hisob obyektlarini (asosiy vositalar, nomoddiy 
aktivlar b.) aks ettiradi. 
M azmun rekvizitlari
hisob obyektining tavsifini 
ochib beradi (o ‘lchovi, navi, hajmi va b.). 
Ahamiyatliligi bo'yicha
rekvizitlar majburiy va qo‘shimcha rekvizitlarga bo‘linadi. Majburiy 
rekvizitlami har biri dastlabki hujjatda boMishi shart.
“Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risi”dagi Qonunga binoan dastlabki 
hujjatlaming zamriy rekvizitlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- korxonaning nomi;
- hujjatning nomi va nomeri, uning tuzilishi, sanasi hamda joyi;
- xo'jalik muomalalarini nomi, mazmuni va miqdoriy o ‘lchovi 
(natura va pul ko‘rinishida);
90


5.2-rasm. 
Hujjatlar rekvizitlarining turkumlanishi
- m a s ’uliyatli shaxslaming shaxsiy imzolari.
Shuningdek, 
0 ‘zbekiston Respublikasining “Elektron 
hujjat 
aylanishi to ‘g ‘risida”gi qonuning 6-moddasiga muvofiq 
elektron
hujjatning majburiy rekvizitlari
quyidagilardan iborat: 
s
elektron raqamli imzo;
S
elektron hujjatni j o ‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki
elektron hujjatni jo ‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, 
ismi,
otasining ismi;
J
elektron hujjatni j o ‘natuvchining pochta va elektron manzili;
s
hujjat yaratilgan sana.
Zarur hollarda hujjatlarga 
q o ‘shimcha rekvizitlar
kiritilishi 
mumkin. Bular: mazkur xo‘jalik muomalasida ishtirok etayotgan 
korxona (tashkilot, muassasa, bank, xaridor) nomi va manzili xo‘jalik
91


muomalasining amalga oshirish uchun asos bo ‘luvchi hujjat va sh.o‘.
Amal qilish muddatiga ko‘ra rekvizitlar quyidagilarga bo‘linadi:
✓ doimiy rekvizitlar;
✓ shartli doimiy rekvizitlar;
✓ o ‘zgaruvchan rekvizitlar.
Doimiy rekvizitlarga muayyan korxona doirasida uzoq vaqt 
davomida o ‘zgarmaydigan rekvizitlar kiradi. Doimiy rekvizitlar matbaa 
usulida bosilgan bo‘ladi. Ularga asosan quyidagilar kiradi:
✓ korxonaning nomi va manzili;
✓ hisob-kitob schyoti;
✓ xodimlaming tabel raqamlari va b.
0 ‘zgaruvchan rekvizitlarga xo‘jalik muomalalarining vaqtinchalik 
miqdor va sifat mazmunini belgilaydigan rekvizitlar kiradi. Bularga 
quyidagilami kiritish mumkin:
✓ xo ‘jalik muomalasining sodir bo‘lgan vaqti;
у
ishlab chiqarishga berilayotgan materiallar miqdori;
✓ xodimlarga hisoblangan ish haqi summasi va b.
Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan sharoitda axborotlarga
ishlov berish uchun dastlabki hujjatlaming rekvizitlari xos raqamlar 
bilan belgilangan (kodlashtirilgan) bo‘lishi mumkin.
“Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risi”dagi Qonunda shu narsa alohida 
ta’kidlanadiki, dastlabki hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxs, 
ulami o ‘z vaqtida tuzilganligi, to‘g ‘riligi, ishonchliligi, shuningdek 
ulami buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda 
topshirish bo‘yicha javobgardir.
Buxgalteriya hujjatlarini tuzishga ham m a’lum talablar qo‘yiladi. 
Barcha hujjatlar o ‘z vaqtida, qoidaga ko‘ra, muomala sodir bo‘layotgan 
daqiqada yoki muomala tugagach, sifatli tuzilishi, ularda ishonchli 
m a’lumotlar bo ‘lishi hamda barcha majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi 
kerak.
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobida avtomatlashtirish vositalari 
borgan sari ko‘proq qo‘llanilayotganligi tufayli, hujjatlar shuningdek
92


hujjatlashtirish talablariga javob beradigan tartibda joylashtirilgan 
(joylanishining ketma - ketligi, zaruriy m a’lumotlaming maxsus ajratib 
ko‘rsatilganligi va hokazo) rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak. Ayrim 
rekvizitlaming shifrlari (raqamli belgilari) hujjatda ular tegishli matn 
mazmuni bilan birgalikda ko‘rsatilishi kerak.
Agar y ig‘ma hujjat kompyuter yordamida tuzilsa, unda bu hujjatda 
uning mazmunini tavsiflovchi sarlavha, undagi m a’lumotlaming 
isbotlovchi hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlovchi shaxslaming imzolari 
keltiriladi. Isbotlovchi hujjatlaming vazifasi axborotni kompyuterda 
bajarganda, u qo‘l bilan tayyorlanganga o ‘xshash isbotlovchi hujjatning 
barcha rekvizitlariga ega bo‘lishi kerak. Hisob axborotini u yoki bu 
mashinali tashuvchisida avtomatik tarzda qayd etilgan muomalalar 
majmuasi to ‘g ‘risidagi yakuniy m a’lumotlar keyinchalik barcha 
majburiy rekvizitlarga ega boMgan tegishli hujjatni tuzish bilan 
tasdiqlanishi kerak.
Hujjatlami siyoh, kimyoviy qalam bilan, yozuv mashinkalari yoki 
kompyuterlar yordamida yozib berishga ruxsat etiladi.
Hujjatlar batartiblik bilan tuzilishi, matn va raqamlar shunday aniq 
va ravshan yozilishi kerakki, undan rasmiylashtirilgan muomalaning 
mazmuni va hajmini osonlik bilan tushunib olish mumkin bo‘lsin. 
Hujjatdagi imzolar ravshan bo‘lishi kerak. Hujjatdagi matnda ham, 
raqamli m a’lumotlarda ham hech qanday tozalashlar, dog‘ va 
izohlanmagan to‘g ‘rilashlarga ruxsat etilmaydi. Kirim va chiqim kassa 
orderlarida umuman hech qanday to ‘g ‘rilashlarga y o ‘l qo‘yilmaydi. 
Hujjatlardagi m a’lumotlaming ishonchliligi va ulaming yuqori sifatli 
tuzilganligi uchun ularga imzo chekkan xodimlar (sex boshliqlari, 
omborchilar, kassirlar va boshqalar) javob beradi.
Hujjatlardan ikki marta (qayta) foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik 
maqsadida ulardan ba’zilari o ‘chiriladi. Bu kirim va chiqim orderlarga 
biriktiriladigan barcha hujjatlar (arizalar, ishonchnomalar va shu 
kabilar)ga tegishlidir.
93



Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish