A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/294
Sana28.01.2023
Hajmi10,8 Mb.
#904200
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

15.11-jadval
Mulkni qayta baholashda paydo boigan rezervlarning aks ettirilishi
T/r
M uom alalar m azm uni
Debet
Kredit
1.
K o rx o n a m u lk in i q o ‘sh im ch a b ah o lash su m m asi (saldo) 
ak s ettirilishi
0100;
0400
8510
2 .
M u lk narx in in g arzonlashgan su m m asi a w a l g i q o ‘sh im ch a 
b ah o lash sum m alari d o irasid a aks e ttirilish i
8510
0100;
0400
3.
C h iq ib ketay o tg an asosiy v o sitalar, n o m o d d iy aktivlar 
q o ‘shim cha b aholash su m m asin in g h iso b d a n ch iq arilish i 
a k s ettirilishi
8510
9210;
9220
4.
M u lk narx in in g avvalgi q o ‘sh im ch a b a h o la sh sum m asidan 
o sh g an arzo n lash g an su m m asi aks e ttirilish i
9430
0100;
0400
Asosiy vositalami qayta baholash hukumat yoki korxona 
mulkining egalari (ta’sischilar)ning qarori bo‘yicha, nomoddiy aktivlar,
503


qimmatli qog‘ozlar va boshqa uzoq muddatli investitsiyalami bozor 
qiymatiga qadar qayta baholash aktivlaming bozor qiymatining aniq 
belgilanishi sharti bilan korxonaning hisob siyosatiga muvofiq amalga 
oshiriladi.
Agar qayta baholash natijasida m ulklaming qiymati kamaysa, 
kamaygan summa o ‘sha mulkning navbatdagi qiymati oshishi hisobiga 
to‘ldiriladi va u 8510 “Uzoq muddatli aktivlami qayta baholash bo‘yicha 
tuzatishlar” schyotining debetida aks ettiriladi. Shu mulkning aw algi 
qayta baholashdagi qiymatidan oshgan arzonlashtirilgan summa xarajat 
sifatida tan olinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida aks 
ettiriladi.
Masalan, transport vositasining boshlang‘ich qiymati 45000 ming 
so‘mga, eskirish qiymati 9000 ming so‘mga teng. 1,1 koeffitsiyent bilan 
qayta baholash natijasida transport vositasining boshlang‘ich qiymati 
49500000 so‘m (45000000 x l,l)gacha, eskirishi qiymati esa 9900000 
so‘m (9000000 x l,l)g ach a oshgan. Transport vositasining boshlang‘ich 
qiymati o ‘rtasidagi farq 4500000 so‘m (49500000-45000000)ga, 
eskirish qiymati o ‘rtasidagi farq 900000 so‘m (9900000 - 9000000)ga 
teng.
Ushbu muomalalar hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 0160 
4500000 so‘m;
Kredit 8510 
4500000 so‘m,
Debet 8510 
900000 so‘m;
Kredit 0260 
900000 so‘m.
Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar obyektlari chiqib ketishida 
8510-“Uzoq muddatli aktivlami qayta baholash b o‘yicha tuzatishlar” 
schyotidagi qayta baholash saldosi daromadga kiritiladi hamda unga 
foyda solig‘i va yagona soliq to ‘lovi solinadi. Asosiy vositalami 
tugatish (hisobdan chiqarish) chog'ida olingan daromadlar yagona soliq 
to ‘lovi hisob-kitobida soliq solinadigan bazadan chegiriladi (Soliq 
kodeksining 356-moddasi).
Mulkni qayta baholash bo'yicha jam langan summaning ta’sischilar 
o ‘rtasida taqsimlanishi 8510 “Uzoq muddatli aktivlami qayta baholash
504


bo‘yicha tuzatishlar” schyotining debetida 6620 “Chiqib ketayotgan 
ta’sischilarga ulushlari b o‘yicha qarzlar” schyoti bilan bog‘langan holda 
aks ettiriladi.
8520 “Rezerv kapitali” schyoti korxona tomonidan ta ’sis hujjatlari 
va 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etilgan rezerv 
kapitalining 
holati 
va 
harakati 
to‘g‘risidagi 
m a’lumotlami 
umumlashtirish uchun m o‘ljallangan.
Rezerv 
kapitali 
m ab lag iari 
imgiyozli 
aksiyalar 
bo‘yicha 
dividendlar to ia sh , aksiyadorlaming talabiga binoan aksiyalami sotib 
olish, aksiyadorlik jam iyati obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, 
umumiy balans zararini, biror-bir noordinar operatsiyalar bo‘yicha 
kutilayotgan xarajatlami qoplash uchun hamda qoplashning boshqa 
imkoniyatlari mavjud bo‘lmaganda qarzlami hisobdan chiqarish va 
boshqa maqsadlarga ishlatilishi mumkin 
.
8520 “Rezerv kapitali” schyoti korxona tomonidan ta ’sis hujjatlari 
va 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etilgan rezerv 
kapitalining 
holati 
va 
harakati 
to‘g ‘risidagi 
m a’lumotlami 
umumlashtirish uchun m o‘ljallangan.
Rezerv kapitali m ablag‘lari korxona zararlarini qoplash va boshqa 
qoplash 
manbalari 
bo‘lmagan 
boshqa 
maqsadlarga 
sarflanishi 
m um kin114.
Rezerv 
kapitalining 
shakllanishi 
8520 
“Rezerv 
kapitali” 
schyotining kreditida 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi 
(qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bogMangan holda aks ettiriladi.
8530 “Tekinga olingan mulklar” schyoti korxona tomonidan 
tekinga olingan mulkni hisobga olish uchun m o‘ljallangan.
Tekinga olingan m ulklar 8530 “Tekinga olingan mulklar” 
schyotining kreditida korxona mulklarini hisobga oluvchi schyotlar bilan 
b o g ian g an holda aks ettiriladi. Tekinga olingan mulklar qiymati soliqqa 
tortish maqsadida umumiy korxona umumiy daromadiga qo‘shiladi.
113 G a d o y e v E. v a b o sh q . Y illik h iso b o t-2 0 0 8 . Т .: N O R M A , 2 0 0 9 . 3 5 5 -b et.
114 0 ‘z b e k is to n R e sp u b lik a si A d liy a v a z irlig i to m o n id a n 2 3 .1 0 .2 0 0 2 y ild a № 11 8 1 b ilan r o ‘y x a tg a o lin g a n 2 1 -so n
B H M S “X o ‘j a lik y u ritu v c h i s u b y e k tla r m o liy a v iy - x o ‘j a l i k f a o liy a tin in g b u x g a lte riy a h iso b i sc h y o tla ri re ja s i v a uni 
q o ‘Ilash b o 'y ic h a Y o ‘r iq n o m a ” 3 -§ 3 5 3 -b a n d .
505


Bepul olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar soliq to‘lovchining 
daromadi hisoblanadi. Soliq solish maqsadida daromadlar bozor qiymati 
bo‘yicha belgilanadi. Mol-mulk, mulkiy huquqlaming bozor qiymati 
hujjatlar bilan yoki baholovchi tomonidan tasdiqlanadi. Quyidagilar 
hujjatli tasdiqnoma deb e ’tiro f etiladi:
- yuklab j o ‘natish (yetkazib berish) hujjatlari;
-yetkazib beruvchilam ing narxga oid m a’lumotlari (prays- 
varaqlar);
- ommaviy axborot vositalaridan olingan m a’lumotlar;
- birja m a’lumotlari;
- davlat statistika organlarining m a’lumotlari.
Beruvchi tomonda qo ‘shilgan qiymat solig‘i to ia s h majburiyatlari 
yuzaga keladi. 
Bunda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va 
tugallanmagan qurilish obyektlarini bepul berish realizatsiya bo‘yicha 
aylanma hisoblanmaydi va unga qo‘shilgan qiymat solig‘i solinmaydi.
Tekinga olingan mulk korxonaning hisob siyosatiga muvofiq 
amortizatsiyalanadi (agar bu amortizatsiyalanadigan aktiv b o isa ) hamda 
mol-mulk s o lig in i hisoblashda hisobga olinadi.
Keyinchalik qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida sotib olingan 
xususiy aksiyalam ing holati va harakati to ‘g ‘risidagi axborotlami 
umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy”;
8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli”.
Sotib olingan xususiy aksiyalami hisobga oluvchi schyotlar 8300 
“Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar”ga nisbatan kontrpassiv 
schyot hisoblanib, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitali miqdorini 
kamaytiradi va balansda ustav kapitali summasidan chegiriladigan 
summa sifatida k o ‘rsatiladi.
Emitent tomonidan sotib olingan xususiy aksiyalaming qiymati 
8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy” va 8620 “Sotib olingan 
xususiy aksiyalar - imtiyozli” schyotlarining debetida haqiqiy sotib olish
506


bahosida pul mablagMarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogMangan 
holda aks ettiriladi.
Sotib olingan xususiy aksiyalami sotib olish bahosidan yuqori 
bahoda qaytadan sotganda o ‘rtadagi farq summasi 9590 “Moliyaviy 
faoliyatning boshqa daromadlari” schyotiga kreditlanadi. Agarda sotib 
olingan xususiy aksiya sotib olish bahosidan past bahoda qayta sotilsa 
o‘rtadagi farq summasi 9690 “Moliyaviy faoliyat bo ‘yicha xarajatlar” 
schyotining debet tomonida ko ‘rsatiladi.
Nominal qiymatidan past bahoda sotib olingan xususiy aksiyalami 
bekor qilishda ushbu qiymatlar o ‘rtasidagi farq 9590 “Moliyaviy 
faoliyatning boshqa daromadlari” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Agar bekor qilingan sotib olingan xususiy aksiyalaming qiymati 
ulam ing nominal qiymatdan yuqori boMsa, unda farq 9690 “Moliyaviy 
faoliyat bo ‘yicha boshqa xarajatlar” schyotining debetida aks ettiriladi.
M as’uliyati cheklangan jamiyatlar, sherikchilik va boshqalar sotib 
olingan xususiy aksiyalami hisobga oluvchi schyotlar (8600)ni korxona 
tomonidan o ‘matilgan tartibda boshqa qatnashuvchilarga yoki uchinchi 
shaxsga berish uchun sotib olingan ustav kapitalidagi ulushni hisobga 
olish uchun foydalanadi.

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish