A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Tannarxni kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/294
Sana28.01.2023
Hajmi10,8 Mb.
#904200
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

Tannarxni kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli
2-bosqich. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash bazasi 
aniqlanadi. Bunda quyidagi bazalardan foydalanish mumkin:
- ishchilam ing ish haqiga nisbatan;
- sarflangan “kishi-soat” miqdoriga nisbatan;
- “mashina-soat” miqdoriga nisbatan va hokazo.
3-bosqich. 
Rejalashtirilayotgan 
davr 
uchun 
aniqlangan
416


umumishlab chiqarish xarajatlari summasi rejalashtirilgan ishlab 
chiqarish hajmiga boiinadi. Natijada soatda yoki boshqa istalgan 
ko‘rsatkichda aniqlanishi mumkin bo ‘lgan umumishlab chiqarish 
xarajatlarining normativ koeffitsiyenti vujudga keladi.
Ishlab chiqarish buyurtmalari chetdan mahsulotning m a’lum 
turlarini ishlab chiqarish uchun beriladi. Boshqa xarajatlar esa sex yoki 
korxona bo‘yicha hisob qilinadi, ayrim ishlab chiqarish buyurtmalari 
tannarxini kalkulyatsiyalashda ulaming tannarxi biron-bir ko ‘rsatkichga 
mutanosib ravishda taqsimlash y o i i bilan o ‘tkaziladi. Buyurtmali usulda 
xarajatlar hisobi va kalkulyatsiyalash obyekti ayrim ishlab chiqarish 
buyurtmalari hisoblanadi. 
Buyurtmaning haqiqiy tannarxi har oyda 
emas, balki buyurtma tayyor b o‘lganidan keyin aniqlanadi.
Sanoat sohasida ushbu usuldan, odatda, ishlab chiqarish jarayoni 
bir turda tashkil qilinadigan korxonalarda qo‘llaniladi. Bunday 
korxonalar odatda cheklangan iste’molga m o‘ljallangan buyumlami ish­
lab chiqarish uchun tashkil qilinadi. Tabiiyki, yirik buyurtmani ishlab 
chiqarish sezilarli darajadagi moddiy sarflami, mehnatni va boshqa 
xarajatlami taqozo etadi, ammo hamma vaqt ham korxonalaming 
quw atlarini to ‘liq hajmda ishlatish imkoniyati boim aydi. Shuning 
uchun ham, 
bir vaqtning 
o ‘zida boshqa buyurtmalami, 
turli 
konstmksiyadagi buyumlami ishlab chiqarish mumkin, lekin ulaming 
har biri cheklangan miqdorda bo ‘ladi.
T a’kidlash joizki, buyurtmali usul bo‘yicha hisoblashning foyda­
lanish sohasi sanoat ishlab chiqarish sohasi bilan cheklanmaydi. Ushbu 
usul qurilishda (loyihani muayyan hududga moslashtirish uchun), ilmiy- 
tekshirish institutlarida, sog‘liqni saqlash muassasalarida (bunda har bir 
bemorga qilingan operatsiya tannarxi, uning murakkabligi va qo‘yilgan 
tashxisga bog‘liq holda kalkulyatsiyalanadi) muvaffaqiyat bilan 
qo‘llaniladi.
Ushbu kalkulyatsiyalash usulining mohiyati quyidagidan iborat: 
barcha to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri xarajatlar (asosiy materiallarga xarajatlar, 
asosiy ishlab chiqarish ishchilarining mehnat haqi xarajatlari va u 
bo‘yicha ijtimoiy ajratmalar) kalkulyatsiyaning alohida ishlab chiqarish
4 1 7


buyurtmalari bo ‘yicha belgilangan moddalari doirasida hisobga olinadi. 
Boshqa ishlab chiqarish ustama xarajatlari ular pay do bo‘lgan joyda 
hisobga olinadi va taqsimlash stavkasining belgilangan bazasiga 
muvofiq alohida buyurtmalar tannarxiga kiritiladi.
Ushbu kalkulyatsiyalash usulida xarajatlami hisobga olish obyekti 
va kalkulyatsiyalash obyekti bo‘lib alohida ishlab chiqarish buyurtmasi 
hisoblanadi. Bunda, buyurtma deganda mijozning unga muayyan 
miqdordagi buyumlami maxsus yaratish yoki tayyorlash uchun 
murojaatnomasi tushuniladi. Odatda, buyurtmaning turi buyurtmachi 
(xaridor) bilan tuzilgan shartnomada belgilanadi. M azkur shartnomada 
mahsulotning buyurtmachi tomonidan to‘lanadigan qiymati, hisob- 
kitoblami amalga oshirish va mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni topshirish 
tartibi, buyurtmani bajarish muddati, sotishdan keyingi kafolatli xizmat 
ko‘rsatish muddati va boshqa shartlar ko‘rsatiladi.
Tannarxni aniqlashning ushbu usulida barcha xarajatlar buyurtma 
tugaguncha tugallanmagan ishlab chiqarish hisoblanadi. Boshqacha qilib 
aytganda, tannarxni kalkulyatsiyalashning buyurtma usulida ishlab 
chiqarishda foydalanilgan materiallarga, ishlab chiqarish ishchilari 
uchun mehnat haqiga xarajatlar va ular bo ‘yicha ijtimoiy ajratmalar, 
shuningdek, ishlab chiqarish (umumzavod) ustama xarajatlari har bir 
yakka tartibdagi buyurtmaga yoki mahsulotning ishlab chiqarish 
Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish