A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/294
Sana28.01.2023
Hajmi10,8 Mb.
#904200
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

11.10-jadval
Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblash
A m ortizatsiya
ajratmalari
yillari
Am ortizat
siya-
lanadigan
qiym at
Yillik am ortizatsiya
summ asi
Jam g‘arilgan
am ortizatsiya
1-yil
60 000
000
(5 /1 5 x 6 0 000 0 0 0 )=
20
000 000
20 000 000
2-yil
60 000
000
(4/15 x 60 000 000) =
16 000 000
36 000 000
3-yil
60 000
000
(3/15 x 6 0 000 000) =
12 000 000
48 000 000
4-yil
60 000
000
(2/15 x 60 000 000) =
8000 000
56 000 000
5-yil
60 000
000
(1/15 x 60 000 000) =
4000 000
60 000 000
Yillar summasi 
usulida (kumulyativ usulda) amortizatsiya 
ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar obyektining tugatish 
qiymati ayirilgan holda boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan hamda 
sur’atida obyektni foydali ishlatish muddatining oxiriga qadar qoladigan
351


yillar soni, maxrajida esa - obyektni foydali ishlatish muddati yillari soni 
summasining nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
11.7. Asosiy vositalami hisobdan chiqarishni aks ettirish tartibi
Asosiy vositalar zarur hollarda bir korxonaning ichida bir tarkibiy 
bo‘linmadan boshqa bir tarkibiy bo ‘linmaga o ‘tkaziladi, shuningdek har 
xil sabablarga ko‘ra boshqa korxonalarga chiqib ketadi.
Asosiy vositalar obyektlari korxonaning tarkibiy bo‘linmalari 
o ‘rtasida o ‘zaro biridan ikkinchisiga o ‘tkazilishi asosiy vositalar 
obyektlarining chiqib ketishi deb tan olinmaydi va buxgalteriya 
yozuvlari amalga oshirilmaydi, analitik hisob kartotekasida inventar 
kartochkasi obyekt joylashgan tarkibiy bo‘linmadan berilgan bo‘linmaga 
olib q o ‘yiladi. Shuningdek asosiy vositalar obyektlarini berish bo‘yicha 
operatsiyalar chiqib ketish deb tan olinmaydigan hollarga quyidagilar 
kiradi:76
- garovga berish;
- korxonaning shu’balariga, vakolatxonalariga, bo‘linmalariga va 
boshqa ajratilgan (yoki ajratilmagan) tarkibiy bo‘linmalariga berish;
- mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq ishonchli 
boshqaruvchilarga berish;
- birgalikda 
amalga 
oshiriladigan faoliyat 
shartnomasiga
ishtirokchining ulushi sifatida kiritish. Ushbu shartnomaga muvofiq ope­
ratsiyalar 
birgalikda 
amalga 
oshiriladi va 
aktivlar 
birgalikda
foydalaniladi;
- operativ ijara shartnomasi bo‘yicha berish;
- korxona rahbariyatining tegishli ko‘rsatmasiga asosan bir tar­
kibiy b o iin m a tomonidan boshqa tarkibiy bo ‘linmaga berish;
- aktivga egalik huquqini bermaslik bilan amalga oshiriladigan 
operatsiyalar.
Agar asosiy vositalar mahsulot ishlab chiqarish, ishlami bajarish 
yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud m a’muriy va ijtimoiy-
76 O rtiqov A. va boshqalar. 0 ‘zbekiston R espublikasi buxgalteriya hisobining m illiy standartlariga sharhlar
to'plam i. Т.: Norm a. 2010. 348-b
352


madaniy vazifalami amalga oshirishda har doim foydalanilmasa, 
m e’yorlarda belgilangan foydalanish muddatidan oldin eskirsa, shuning­
dek ulami ta ’mirlash yoki modemizatsiya qilish maqsadga muvofiq 
bo‘lmasa va boshqa sabablarga ko‘ra korxona ulami hisobdan chiqaradi.
Chiqib ketayotgan asosiy vositalar obyektlarining qiymati 
balansdan chiqariladi. Asosiy vositalar quyidagilar natijasida korxona 
balansidan chiqariladi:
- tugatilishi;
- sotilishi;
- ayirboshlash (almashtirilishi);
- bepul (tekinga) berilishi;
- ustav kapitaliga ta ’sischining ulushi ko‘rinishida berilishi;
- moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilishi. Asosiy vositalar 
operativ ijara shartnomasi bo‘yicha berilganda aoosiy vositalami 
balansdan chiqarish amalga oshirilmaydi;
- kamomad yoki y o ‘qotishlar aniqlanishi;
- yuridik shaxs ta ’sischilari tarkibidan ta’sischining chiqishida 
asosiy vositalar bilan hisob-kitob qilinishi.
Asosiy vositalar obyektlarining chiqib ketishidan moliyaviy natija 
(foyda yoki zarar) asosiy vositalaming chiqib ketishidan olingan 
daromaddan ulaming qoldiq (balans) qiymatini, asosiy vositalaming 
chiqib ketishi bilan bogMiq bo‘lgan bilvosita soliqlar va xarajatlami 
chegirib tashlash orqali aniqlanadi. Asosiy vositalar obyektlarining 
chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) 9210 “Asosiy 
vositalaming chiqib ketishi” schyotida aniqlanadi.
Asosiy vositalaming chiqib ketishidan moliyaviy natijani (foyda 
yoki zarami) aniqlashda oldingi qayta baholashlardan hosil bo‘lgan 
asosiy vosita obyektlari qiymati oshishi summasining qoldig‘i, y a’ni 
ushbu asosiy vosita obyektining qayta baholashlar natijasida bahosining 
oshgan summasi bahosining pasaygan summasidan oshgan qismi asosiy 
vositalaming chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotning kreditiga olib 
borilib, bir vaqtning o ‘zida 8510 “Uzoq muddatli aktivlami qayta
353


baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotini kamaytiradi.
Korxonaning asosiy 
vositalari 
qiymatini 
amaldagi 
narxlar 
darajasiga muvofiq keltirish maqsadida ulami qayta baholash amalga 
oshiriladi.
Asosiy vositalami qayta baholash deganda asosiy vositalar 
obyektlarining tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga 
moslash maqsadida ulami vaqti-vaqti bilan aniqlashtirish tushuniladi. 
Amaliyotda asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymati 0 ‘zbekiston Res­
publikasi hukumati qarorlari bo‘yicha qayta baholanishi (shu jumladan 
vaqti-vaqti bilan) mumkin77.
Asosiy vositalam ing to ‘liq tiklash qiymati, tashkilotning hohishiga 
qarab, alohida obyektlar qiymatini baholanayotgan obyektlarga aynan 
o ‘xshash yangi obyektlarga doir hujjatlarga asoslanib tasdiqlangan va 
qayta baholash o ‘tkazilayotgan yilning 1 yanvar sanasida shakllangan 
bozor narxlari bo‘yicha to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri qayta hisoblash yo‘li bilan 
(to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri qayta baholash usuli) yoki asosiy fondlar turi 
bo‘yicha va ulam ing xarid qilinganlik davriga bog‘liq bo ‘lgan asosiy 
fondlar qiymati o ‘zgarishining tabaqalashtirilgan indekslarini q o ilagan
holda alohida obyektlaming dastlabki (tiklash) qiymatini indekslash 
yo‘li bilan (indeks usuli) asosiy vositalaming to ‘liq tiklash qiymati 
belgilanadi.
Indekslash y o ‘li bilan asosiy vositalami qayta baholashda, bux­
galteriya hisobida qayta baholashni o ‘tkazish sanasidagi holat bo‘yicha 
qayd etilgan asosiy vositalar (shu jumladan ularga doir eskirish to ‘la 
hisoblab yozilgan obyektlar)ning eskirish summasi ulami tiklanish 
qiymatiga qayta hisoblashda asosiy vositalar qiymatini o ‘zgartirishning 
tegishli indekslariga ko ‘paytirilishi kerak. Asosiy vositalami to ‘g ‘ridan- 
to ‘g‘ri qayta baholash usuli bilan qayta baholashda buxgalteriya 
hisobida qayd etilgan eskirish summasi qayta baholashdan keyingi 
tiklanish qiymatining qayta baholashgacha b o ig a n qiymatga nisbati
77 Ortiqov A. va boshqalar. 0 ‘zbekiston R espublikasi buxgalteriya hisobining m illiy standartlariga sharhlar
to ‘plami. Т.: Norma. 2010. 298-b
354


bilan hisoblab chiqariladigan qayta hisoblash koeffitsiyenti bo‘yicha 
indekslanishi kerak.
Qayta baholash natijasida asosiy vositalar obyektini qo‘shimcha 
baholash summasi rezerv kapitali tarkibidagi 8510 “Uzoq muddatli 
aktivlami qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotiga hisobga 
kiritiladi. Qayta baholash natijasida asosiy vositalar obyekti narxining 
arzonlashgan 
(kamaygan) 
summasi 
aw alg i 
hisobot 
davrlarida 
o ‘tkazilgan ushbu obyektni qo‘shimcha baholash summalari doirasida 
8510 “Uzoq muddatli aktivlami qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” 
schyotiga rezerv kapitalining kamayishiga kiritiladi.
Asosiy vosita bo‘yicha aw alg i qayta baholash (qo‘shimcha 
baholash) summasidan oshgan narxini arzonlashgan (kamaygan) 
summasi xarajat sifatida tan olinadi va 9430 “Boshqa operatsion 
xarajatlar” schyotida aks ettiriladi.
Asosiy vositalami buzish va qismlarga ajratish natijasida olingan 
va boshqa asosiy vositalami ta ’mirlashga yaroqli b o ig a n qismlar, 
detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallar tegishli schyotlarga 
kirim qilinadi va ular asosiy vositalami tugatish komissiyasi o ‘m atgan 
foydalanish mumkin bo‘lgan baholarda hisobga olinadi. Yaroqsiz deb 
topilgan qismlar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallar 
ikkilamchi xomashyo (metallolom, chiqindi, о ‘tin va hokazo) sifatida 
kirim qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibda korxona yoki 
tashkilotning xohishi bo‘yicha foydalaniladi.
Asosiy vositalaming sotilishi munosabati bilan chiqib ketishi 
buxgalteriya hisobida 0 ‘zR AV tomonidan 2004-yil 29-avgustda 1401- 
son bilan ro‘yxatga olingan “Asosiy vositalami balansdan hisobdan 
chiqarish tartibi to ‘g ‘risida”gi nizom va 21-son BHMSga muvofiq aks 
ettiriladi.
Asosiy 
vositalar 
obyektlari 
qiymatini 
hisobdan 
chiqarish 
buxgalteriya hisobida 9210-“Asosiy vositalaming chiqib ketishi” 
hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Bunda yozuvlar yoyilgan tarzda amalga 
oshiriladi:
355


- 9210-“Asosiy vositalaming chiqib ketishi” hisobvarag‘ining 
debetida asosiy vositalami hisobga oluvchi hisobvaraqda hisobga 
olinadigan obyektning boshlang‘ich qiymati, 
shuningdek asosiy 
vositalaming chiqib ketishi bilan b o g iiq bo ‘lgan xarajatlar aks ettiriladi. 
Dastlab ular yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi 
hisobvaraqda jamlanishi mumkin;
- 9210-“Asosiy vositalaming chiqib ketishi” hisobvarag‘i kreditida 
- hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi, asosiy vositalar 
obyektlarini sotishdan tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Joriy hisobot davrida 9210-“Asosiy vositalaming chiqib ketishi” 
hisobvarag‘i b o ‘yicha debet qoldiq (zarar) 9430-“Boshqa operatsion 
xarajatlar” hisobvarag‘iga, ushbu hisobvaraq bo‘yicha kredit qoldiq 
(foyda) esa 9310-“Asosiy vositalaming chiqib ketishidan foyda” 
hisobvarag‘iga hisobdan chiqariladi.

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish