Topshiriqning umumiy tavsifi
Ushbu topshiriqda termoregulyatsiya bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot kelti-
rilgan bo‘lib, o‘quvchilar uzoq masofaga yuguruvchi sportchilar duch kela-
digan havo harorati va havoning namlik darajasi, shuningdek, sportchining
suv ichishi yoki ichmasligini simulyatsiyadan foydalangan holda boshqa-
rishlari mumkin.
O‘quvchi havo harorati, havo namligi va sportchining suv ichish-ich-
masligi (ha/yo‘q)ni tanlaydi. Simulyatsiya ishga tushirilganidan keyin ek-
randa sportchining ter hajmi, suv yo‘qotilishi va tana harorati aks etadi.
Suvsizlanish va issiq urishini keltirib chiqaradigan, salomatlik uchun xavfli
holatlar ekranda ajratib ko‘rsatilgan.
3. ISSIQ HAVODA YUGURISH
3. ISSIQ HAVODA YUGURISH
Interfaol topshiriq
77
Issiq havoda yugurish
Kirish
Kirish qismini o‘qing. So‘ngra KEYINGISI tugmasining ustiga bosing.
ISSIQ HAVODA YUGURISH
Uzoq masofaga yugurish davomida tana harorati ko‘tariladi va terlash yuzaga keladi.
Agar sportchilar terlash orqali yo‘qotilgan suvning o‘rnini qoplash uchun yetarlicha
suv ichishmasa, ularning tanasi suvsizlanishi mumkin. Tana massasiga nisbatan 2% va
undan ko‘p suv yo‘qotilishi suvsizlanish holati deb baholanadi. Ushbu foiz suv yo‘qotilishini
o‘lchaydigan quyida ko‘rsatilgan asbobda belgilangan.
Agar tana harorati 40
0
C va undan yuqoriroq ko‘tarilsa, sportchilar issiq urishi deb
ataladigan hayot uchun xavfli holatni boshdan kechirishlari mumkin. Bunday harorat quyida
ko‘rsatilgan tana haroratini o‘lchaydigan termometrda belgilangan.
Suvsizlanish
Suv yo‘qotilishi
(%)
Tana harorati
(°C)
Issiq
urishi
Interfaol topshiriq
Issiq havoda yugurish
Simulyatsiyani qanday ishga tushirish
Ushbu topshiriqni bajarishdan avval o‘quvchilarga simulyatsiyadagi
boshqaruv elementlari haqida qisqacha ma’lumot va har bir boshqaruv
elementidan foydalanishni mashq qilishga imkon beriladi. Agar o‘quvchi
1 minut davomida so‘ralgan xatti-harakatlarni amalga oshirmasa, ekranda
yordamchi xabar paydo bo‘ladi. Agar o‘quvchilar 2 minut davomida
hech qanday xatti-harakatni amalga oshirishmasa, boshqaruv elementlari
belgilangan tartibda o‘rnatilganda simulyatsiya qanday ko‘rinishda bo‘lishi
ko‘rsatiladi. Topshiriqda tushuntirilishicha, boshqaruv elementlaridan
qanday foydalanish haqidagi eslatma, shuningdek, natijalar qatorini tanlash
yoki o‘chirish uchun keyingi sahifalardagi “Simulyatsiyani qanday ishga
tushirish” ilovasini bosish yo‘li bilan tanishish mumkin.
78
Do'stlaringiz bilan baham: |