A. A. Ismailov Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshi rish



Download 19,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/168
Sana13.02.2022
Hajmi19,38 Mb.
#446181
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   168
Bog'liq
Axborotnomaning 1-soni

1. SIGIR SUTI 
Sigir suti 
Kirish
 
Ba’zi mamlakatlarda, masalan, AQSHda sigir suti keng iste’mol qilinadi.
Tasavvur qiling, uchta o‘quvchi, Aziza, Karim va Salim, AQShdagi 
qahvaxonalarning birida o‘tiribdi. Qahvaxona egasi qahvaxona deraza oynasiga 
“5-apreldan keyin bu yerda sigir suti sotilmaydi. Sigir suti o‘rniga uning o‘rnini 
bosuvchi soyadan qilingan ichimlik sotiladi”, degan e’lonni osib qo‘ydi. Aziza, 
Karim va Salim qahvaxonada nima uchun sigir suti sotilmaslik sababini bilmoqchi 
bo‘ldi, shuning uchun Aziza smartfonidan foydalanib, internetdan “sigir suti” 
haqida ma’lumot olmoqchi bo‘ldi. Uchala o‘quvchi birinchi topilgan ma’lumotni 
o‘qib, uni muhokama qildi. 
Birinchi ma’lumotga o‘tish uchun “KEYINGISI” tugmasining ustiga bosing.
Ko‘rsatmani o‘qing. So‘ng KEYINGISI tugmasining ustiga bosing.
Mazkur topshiriqlar guruhi ssenariysida uch o‘quvchi AQShdagi 
qahvaxonalarning biridagi e’longa duch keladi. E’londa qahvaxonada 
bundan buyon sigir suti sotilmasligi, akchincha, sut o‘rniga uning o‘rnini 
bosuvchi soya ichimligi sotilishi haqida aytib o‘tilgan. Mazkur e’lon uchala 
o‘quvchini qiziqtirib qo‘yadi. Natijada, ular internetdan foydalanib sigir suti 
haqida ma’lumot qidiradilar va topilgan ma’lumotni muhokama qiladilar. 
Ushbu vaziyat shaxsiy vaziyat sifatida tavsiflanadi, chunki uchala o‘quvchi 
o‘zlarining shaxsiy qiziqishlarini qondirish maqsadida internet orqali 
topilgan ma’lumotni o‘qiydi. 
Bo‘lim matni ikkita veb-sahifadan iborat. Birinchi veb-sahifa sut 
mahsulotlarini sotadigan “Fermadan do‘kongacha” deb nomlangan korxona 
haqida. Ikkinchi veb-sahifa esa sog‘lom turmush tarzini yorituvchi veb-
sahifa bo‘lib, unda “Sigir sutini iste’mol qilmang!” nomli maqola berilgan. 
Ushbu matn ko‘p tanlovli, statistikaga oid, davomiy va muzokarali matn 
sifatida tasniflanadi.
Avvaliga, o‘quvchiga faqat “Fermadan do‘kongacha” veb-sahifasi beri-
ladi. Mazkur veb-sahifaning mazmuniga doir bir necha savollar beriladi. Ke-
yin ssenariyning yangilangan shakli berilib, o‘quvchi ikkinchi veb-sahi fa ga 
o‘tadi. Ikkinchi sahifani o‘qib bo‘lgach, o‘quvchi matnning faqat mazmuni-
ga qaratilgan bir qator savollarga javob beradi. So‘ngra o‘quvchiga har


101
ikkala veb-sahifalardan olingan ma’lumotlarni umumlashtirishga 
mo‘ljallangan topshiriqlar beriladi.
Mazkur usul o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirishga 
mo‘ljallangan yangi turdagi ko‘p tanlovli savollarda qo‘llanilgan. Bunday 
yondashuv o‘quvchilarga, avvaliga, ma’lum bir matnga aloqador savol-
larga javob berishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etishga 
va ko‘p tanlovli matnlardagi ma’lumotlarni o‘zlashtirishda shu bilimlaridan 
foy dalanish imkonini beradi. Bu juda muhim konstruktiv tuzilmali savol 
hisoblanadi, chunki alohida tartibda berilgan matn ko‘rinishidagi ma’lumot-
ni yoki ayni bir matn ichidagi bir nechta ma’lumotlarni o‘qib, tushunadi gan, 
ammo ko‘p tanlovli matnlarni umumlashtirishda qiynaladigan o‘quvchi-
lar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, mazkur tuzilma o‘quvchilarga 
kamida bo‘limdagi ba’zi topshiriqlarni bajarishda turli darajadagi bilim va 
ko‘nikmalar orttirish imkonini beradi.
“Sigir suti” nomli topshiriqlar guruhi o‘rtacha qiyinlikdagi savollar-
dan iborat.Topshiriqlar guruhi uchun keltirilgan ikkala veb-sahifa alo hi-
da bitta matnli topshiriqlar guruhiga qaraganda ma’lum bo‘lim tarkibi dagi 
topshiriqlarni bajarish uchun berilgan bir necha ma’lumotlarni qamrab 
olgan. Bundan tashqari, o‘quvchidan har ikkala veb-sahifada berilgan 
ma’lumotlarning bir biriga bog‘liqligini yoki bir-biridan farqlanishini 
aniqlashni talab etadi. Bunday aqliy mashqlar o‘quvchidan faqat bitta matn 
ichida barcha ma’lumotlarni jamlagan kattaroq hajmdagi matnga qaraganda 
ko‘proq e’tibor va bilimni talab etadi.

Download 19,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish