A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti


Tijorat banklarida aktiv va passivlarni boshqarishning «Farq» usuli



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

6.6.Tijorat banklarida aktiv va passivlarni boshqarishning «Farq» usuli 
 
Tijorat banklari faoliyatida aktiv va passivlarni boshqarishda muhim vosita 
bo‘lib, aktiv va passivlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalar bo‘lib xizmat qiladi. 
Tijorat banklari faoliyatini sof foizli marja yoki spred ko‘rsatkichlari boshqarish 
mumkin. Banklarda aktiv va passivlar bo‘yicha foiz stavkalar o‘rtasidagi farq 
orqali banklar faoliyatini boshqarish bugungi kunda keng tarqalgan usullardan 
hisoblanadi.
Mazkur usulni chuqur o‘rgangan Fransiyalik tadqiqodchi SSF banki xodimi 
Patrik Berjere tomonidan 1991 yilda «aktiv va passivlarning qaytish darajasi va 
«farq» tahlili» nomli o‘zining uslubini ishlab chiqdi. Mazkur uslubning eng muhim 
tomoni shundan iboratki, bu uslub to‘la kompyuter texnologiyasiga asoslangan, 
ammo oddiy YeXSEL dasturida yaratilgan, bank balansini to‘la tahlilini o‘z ichiga 
qamragan dastur hisoblanadi. 
Bugungi kunda Rossiya iqtisodiy adabiyotlarida bu uslub turg‘un holat tahlili 
sifatida qaralmoqda. Jumladan, Ye.Stroganova va O.Zaxarovalar
20 
Farq(GAP) 
20
Строганова Е. «Управление процентнiм риском - одна из основуспешного развития банк». ст. журнал 
«Бюллетень финансовой информации» № 1-2 (44-45), январь-февраль, М.: -1999 г. стр - 90-97. О.Захарова. 
«Как восстановить ликвидность российских банков». cт. журнал. «Бюллетень финансовой информации» № 
10 (41), октябрь, М.: -1998 г. cтр - 14-17. 


94 
tahlilini «statik holat» va «matematik tahlil» sifatida qaraydilar. Biz bu 
mulohazalarga qo‘shila olmaymiz. Chunki bu boshqaruv – tahlil usulubi «dinamik 
tahlil» hisoblanadi. 
Bu dasturda yakuniy natija olishdan oldin balansning har bir bandi chuqur 
o‘rganilib chiqiladi. Shunga ko‘ra aniq qaytish grafigiga ega bo‘lgan aktiv va 
majburiyatlar bo‘yicha kutilayotgan aniq to‘lov muddatlari borasida raqamlarga 
ega bo‘linadi. Qaytish grafigiga ega bo‘lmagan beqaror aktiv va majburiyatlar 
bo‘yicha esa taxminlar kiritilib kelajakdagi holat o‘rganiladi. Shu bilan birga bir 
hisobot shakli bilan bank bir xaftalik, o‘n besh kunlik, oylik, yarim yillik, yillik va 
hohlasa joriy balans ma’lumotlariga asoslangan holda bir necha yillik aktiv va 
passivlarning hamda likvidlik holati tahliliga ega bo‘lishi mumkin. 
Banklarda aktiv va passivlarni boshqarish, avvao bank likvidligini optimal 
boshqarish, mijozlarga o‘z vaqtida, sifatli xizmat ko‘rsatishning garovi bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan bank uchun ishonchli kredit mablag‘larining manbaini tashkil 
etish demakdir. Ammo tijorat banki uchun kecha yopilgan balans bo‘yicha turg‘un 
likvidlik holatini o‘rganish emas, balki kutilayotgan likvidlik riskini oldindan 
bilish muhim. 
Bugungi kunda har tijorat banki o‘zining aktiv va passivlarni boshqarish 
bo‘yicha alohida o‘z siyosatini va strategiyasini ishlab chiqadi. Markaziy bank 
tomonidan iqtisodiy me’yorlar o‘rnatilishi jarayonida tijorat banklarining likvidlik 
darajasi inobatga olingan. Jumladan, 30 kungacha muddatga joylashtirilgan likvid 
aktivlar 30 kungacha bo‘lgan qisqa muddatli majburiyatlarni (talab qilib olgunga 
qadar depozitlar va 30 kungacha to‘lov muddati keladigan muddatli omonatlar) 
qoplashi lozim. Mazkur me’yorning o‘rnatilgan darajasi 30% ni tashkil qiladi. 
Demak bank o‘z likvid aktivlari bilan qisqa muddatli majburiyatlarini (talab qilib 
olgunga qadar hisob raqamidagi depozitlar va 30 kungacha to‘lov muddatli 
omonatlar) to‘liq qoplash imkoniyatiga ega. Boshqa tomondan esa bank ortiqcha 
likvid mablag‘larni tutib turibdi va bu esa daromadlilik darajasining kamayishiga 
sabab bo‘ladi. 
Farq (GAR) bu – bank likvidligining holati (mablag‘larning yetarliligi yoki 
kamomadini) ifodalab, tijorat banklari aktiv va passivlari o‘rtasidagi muvofiqlikni 
qaydarajada ekanligini ko‘rsatadi. Tijorat banklari aktiv va passivlari o‘rtasidagi 
o‘zaro mutanosiblik “Farq”ni ko‘rsatadi. Ushbu GEP ikkiga bo‘linadi: 
1. Salbiy Farq (-GAR) bankning likvid mablag‘larga bo‘lgan talabi 
mavjudligini ifodalaydi;
2. Ijobiy Farq (+GAR) esa likvid mablag‘larning ortiqchaligini ifodalaydi.
Bu yerda asosan salbiy farq (-GAR) bankda mablag‘lar tanqisligini, ijobiy 
farq (+GAR) esa mablag‘larning ortiqchaligini ko‘rsatadi. Bunday holatda mazkur 
salbiy farq (-GAR) ni yopish, ijobiy farq (+GAR)ni daromad keltiruvchi aktivlarga 
taqsimlash orqali kelajakda foydaning miqdori taxmin qilinadi. Mazkur ijobiy 
farqni (+GAR) daromad keltiruvchi aktivlar o‘rtasida qayta taqsimlashda 
aktivlarning daromadlilik darajasiga e’tibor beriladi. Salbiy farqni (-GAR) qoplash 
uchun jalb qilinadigan mablag‘larning eng yuqori foiz darajasi (M
max
) asos qilib 
olinadi. Jalb qilinadigan mablag‘larning eng yuqori foiz darajasi (M
max
) tanqis 


95 
bo‘lgan mablag‘larni tashqi bozordan sotib olishning eng yuqori tannarxini 
ko‘rsatadi. Jalb qilinadigan mablag‘larning eng yuqori foiz darajasiga (M
max
) foiz 
darajalarning kelajakdagi taxminiy darajasini (%
F
) qo‘shish orqali haqiqiy tannarx 
aniqlanadi. Foiz darajalarining kelajakdagi taxminiy darajasini hisoblash 
yordamida yoki bir qancha chet mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda bir 
nechta aktiv operatsiyalarning elastik foiz darajalarini asos qilib olgan holda 
belgilash mumkin.
Bu xil jarayonning qanchalik samarali olib borilayotganini kuzatish uchun 
aktivlarning daromadlilik koeffisenti AKD(ROA) ko‘rsatkichini kuzatib borish va 
amalga oshirilgan aktiv va passivlarning boshqarish samarasini va daromadlilik 
darajasini ko‘rish mumkin. Boshqa tomondan aktiv va passivlarni boshqarish 
samarasi aktivlarning sifatiga va majburiyatlarning shakliga ko‘p tomondan 
bog‘liq. Bank o‘z zimmasiga oladigan majburiyatlari qanchalik ko‘p va arzon 
bo‘lsa bankning daromadlik darajasi shunchalik ortib boradi. Bunday holatda bank 
likvidligini boshqarish asosiy strategik maqsad bo‘lishi lozim.
Bank o‘z sarmoyasiga mos qanchalik majburiyat olishi mumkinligini va bu 
majburiyatlarni 
qanday 
aktivlarga 
joylashtirishi 
lozimligini 
aktivlarning 
daromadlilik koeffisenti (ROA) va Leveraj ko‘rsatkichlari orqali kuzatilib boradi. 
Bu ko‘rsatkichlarning sifati bankning o‘z sarmoyasini orttirish imkonini beradi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, bank kapitali qanchalik yirik bo‘lsa, bu bank 
shunchalik tavakkalchilikka asoslangan holda daromadligi yuqori bo‘lgan 
investisiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab - quvvatlash imkoniga ega bo‘ladi. Bank 
olgan daromadning qancha miqdori bank ixtiyorida bank kapitalini orttirish 
maqsadida qolishini kapitalning daromadlilik koeffisenti (ROE) ko‘rsatkichi 
yordamida ko‘rishimiz mumkin. 
Mazkur uslubda bankning likvidlik holati eng qulay holatlar hisobga olingan 
holda tahlil qilinib, iqtisodiy sharoit bank uchun qulay bo‘lganda bank foydasining 
maksimal ortish darajasi bilan iqtisodiy holat noqulay bo‘lganda bank zararining 
eng quyi nuqtasiga tushish holati solishtirilib bankning bozordagi imkoniyat 
chegarasi ham o‘rganiladi. Bu jarayonda eng muhim muammo salbiy Farq (-
GAR)ni yopish masalasi bo‘lib, tahlillar noqulay sharoit hisobga olingan holda 
olib boriladi. Chunki bank uchun mablag‘lar jalb qilgan holda barqaror 
mablag‘larni shakllantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi omillar ta’sir 
ko‘rsatadi: 

pul emissiyasining qisqarishi hisobiga iqtisodiyotda jamg‘armalarning 
kamayishi. 

nominal foiz darajalarining va majburiy zaxiralar fondiga ajratmalar 
darajasining ortishi hisobiga bank bozoridagi mablag‘lar tanqisligi. 

korxona va tashkilotlarning byudjet oldidagi to‘lovlarning ortishi va 
muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarning ortishi qarzlarning o‘sishi. 
Agar bankda likvid aktivlar ortiqchaligi kuzatilsa, bank mablag‘lar bozoriga 
sotuvchi sifatida chiqadi va foiz darajalari ko‘tarilish holatida yuqori foizda likvid 
mablag‘larini daromad keltiruvchi aktivlarga joylashtirish hisobiga foyda oladi.
Bundan tashqari bank foyda mikdorining foiz darajasidagi o‘zgarishlarga 


96 
nisbatan elastikligini tahlili juda muhim. Bu tahlil bank boshqaruviga likvid 
aktivlarida kamomad kuzatilgan paytda foiz darajasidagi o‘zgarishlarni hisobga 
olgan holda jalb qilinadigan mablag‘larning qisqa muddatga yoki uzoq muddatga 
jalb qilinishi, likvid aktivlar ortiqcha bo‘lgan paytda esa bu mablag‘larni qisqa 
muddatga yoki uzoq muddatga joylashtirish borasida qaror qabul qilishida foydali 
hisoblanadi. 
Mazkur ko‘rsatkichni topish uchun ortiqcha likvid mablag‘larni jalb qilishda 
yoki likvid mablag‘larni qoplashda foiz darajasining 2 foizga o‘zgarishi taxmini 
asosida foyda miqdoridagi o‘zgarish kuzatilib, bu o‘zgarish miqdorining yillik 
foyda tarkibidagi salmog‘i aniqlanadi. Mazkur ko‘rsatkich elastiklik koeffisienti 
deb atalib quyidagi formula bilan topiladi: 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish