qismi fonotaktika deyiladi. Har bir tilda fonemalar birikmalari
o'ziga xos tartib va xususiyatlarga egadir.
Fonologik birliklar hisoblanuvchi fonema, bo'g'in, urg'u va
intonatsiya tilda quyidagi funksiyalami bajaradi:
1) ular tildagi ma’nodor birliklar hisoblanuvchi yirik birlik-
lami tashkil etuvchilik funksiyasini bajaradi. Masalan, so‘zlar
bo'g'inlardan, morfemalar fonemalardan tuzilgan bo‘lib, ular
o‘z urg‘usiga egadir. Frazalar uchun intonatsiya zarur tashkil
etuvchilik vazifasini bajaradi;
2) ular farqlovchilik yoki differensial funksiyani bajaradi.
Masalan, tol — qol, bil — bel, so‘z va morfemalari (t-k), (i-e)
fonologik oppozitsiyalari yordamida farqlanadi. Shuningdek
Do'stlaringiz bilan baham: |