artikulyatsion-akustik xususiyatiga ko‘ra har xil talaffuz etiladi:
jarangsiz undoshdan keyin /s /, sirg‘aluvchi undoshlardan keyin
/-iz / va jarangli tovushga tugagan so‘zlarda / z / talaffuz etiladi
maps /maeps/ — “xaritalar”, box /boksiz/ — “qutilar”, beds
/bedz/ “krovatlar” kabi. Bu tovush almashinuvlarida assimila
tsiya muhim ahamiyatga ega.
Ba’zi tovushlar almashinuvi tarixiy faktlar asosida tasdiqla-
nishi mumkin. Shu sababli ulami
tarixiy tovush almashinuvlari
deyiladi. 0 ‘zbek tilidagi ba’zi affikslar tarixiy jihatdan har xil
bo‘lgan: -gil, -g‘il,
-qil, -kil, -gali, -g‘ali, -kali, -qali shaklida
yozilgan va shunday talaffuz etilgan g-k-q tovushlari almashi
nuvi ana shunday tarixiy jihatdan shakllangan altematsiyaga
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |