undoshlar yordamida bo‘g‘in hosil qiladi.
Masalan: bo-la-lar-i-miz-ga so‘zida olti unli tovush qo‘shni
undoshlar yordamida olti bo‘g‘in hosil qiladi. Ingliz tilida esa,
bir undosh tovush ham bo‘g‘in hosil qila oladi: little /lit-1/ —
kichik, cattle /kaet-1/ — qozon kabi.
Tillar bo‘g‘inning tuzilishi strukturasiga ko‘ra farq qiladi.
Jahon tillarida eng ko‘p uchraydigan — bo‘g‘in turi “undosh-
unli” bo‘lib, u qulay talaffuzi bilan ajralib turadi (lo-la, qo-ra,
so‘-na kabi). Bo‘g‘inlami ulardagi oxirgi va boshidagi tovush
lariga qarab turlarga bo‘linadi: ochiq (unliga tugagan), yopiq
(undoshga tugagan), yarim ochiq (sonor undoshga tugagan) va
berkitilgan (undosh bilan boshlangan).
So‘zlar bir yoki undan ortiq bo‘g‘inlardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |