Lekin bulaming birortasi so'zning asosiy belgilarini o'zida
mujassamlashtira olmagan. Ta’rifda so'zning barcha muhim
tomonlari o'z ifodasini topishi kerak. Umuman, so'zni
quyidagicha izohlash mumkin: so‘z borliqdagi hodisa va
narsalaming ma’nosini ifoda etuvchi, grammatik jihatdan shakl-
langan va jamiyat a’zolari tomonidan bir xil tushuniladigan,
tovush formasida ifodalangan mustaqil va markaziy til birligidir.
Bu ta’rifda so‘zning ikki tomonlama biriik ekanligi, ya’ni uning
tovushlar orqali ifodalangan tomoni va ma’no jihati mujassam-
lashgan.
Til birliklari ichida so‘z alohida o ‘rin egallaydi. Uning bu
xususiyati, ayniqsa, grammatik jihatdan qaralganda ko'rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |