sifatini ifodalovchi tobe so'z qo'llanadi: qizil olma, qalin qor,
qiziq hikoya kabi. Tobe so'z biror narsani atasa va u asosiy
so'zga tegishli bo'lsa, narsaga tegishli (obyektiv) aloqadagi so'z
birikmasi deyiladi: roman yozmoq, maktabning kutubxonasi,
bozorga bormoq kabi. Aloqani ifodalovchi (relyativ) so'z birik-
malarida tobe so'z asosiy so'z ifodalagan narsaning belgisini ifo
dalaydi: sekin gapirmoq, tez uchmoq, a’lo o'qimoq kabi.
So'z birikmalarida ishtirok etgan asosiy so'zning xususi-
yatiga ko'ra awalo otlik va fe’llik so'z birikmalari farqlanadi.
Otlik so'z birikmalarida asosiy so'z ot bilan ifodalanadi: qizil
olma, chiroyli ko'ylak kabi. Fe’llik so'z birikmalarida asosiy
so'z fe’l bilan beriladi: chiroyli yozmoq, yaxshi so'zlamoq,
Do'stlaringiz bilan baham: |