A 1029 ta b 1018 ta c 683 ta d 792 ta



Download 24,89 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi24,89 Kb.
#11744
1-Variant

1. Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tuzgan yulduzlar jadvalida nechta yulduz koordinatalari va yulduz kattaliklari qayd etilgan?

A) 1029 ta B) 1018 ta C) 683 ta D) 792 ta

2.Quyidagi qaysi javobda Turkiston Muxtoriyati hukumati a`zolari va ular egallagan vazifa bir-biriga muvofiq kelmaydi?

A) Obidjon Maxmudov – maorif ishlari vaziri

B) Ubaydulla Xo`jayev – harbiy ishlari vaziri

C) Muhammadjon Tanishboyev- bosh vazir

D) Mustafo Cho`qayev – tashqi ishlar vaziri

3. Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”da “ Oshlig`I vofir , mevasi farovon , qovun va uzumi yaxshi bo`lur ” deb qaysi shahar haqida ma`lumot bergan?

A) Agra B) Samarqand C) Qobul D) Andijon

4. Respublikamizda faoliyat olob borayotgan qaysi partiya Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 18-fevralda ro`yhatga olindi?

A) XDP


B) “Adolat” SDP

C) “Milliy tiklanish” DP

D) “Fidokorlar” MDP

5. Xiva xonligida XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ayrim tumanlari hunarmandchilikka ixtisoslashib , qoplar va arqonlar asosan qaysi shaharlarda tayyorlanar edi?

A) Yangi Urganch B) Xo`jayli C) Xazovot D) Gurlan

6. Qutayba Samarqandni egallagandan so`ng G`urakni qayerlarga hokim etib tayinlagan?

A) Buxoro, Poykand va So`g`dga

B) Samarqand , Choch va Isfijobga

C) Choch, Farg`ona va Samarqandga

D) Samarqand, Kesh va Naxshabga

7. O`rta Osiyoning qaysi sulola vakillari Jo`jixon naslidan sanalgan?

A) mang`itlar, qoraxoniyar, ashtarxoniylar

B) mang`itlar, somoniylar , shayboniylar

C) shayboniylar, ashtarxoniylar

D) qo`ng`irotlar , qoraxitoylar

8. Quyidagi berilgan qaysi shaharda YXHTning XXI asr arafasida yalpi xavfsizlik modelini yaratish xususidagi 1996 yil dekabrda tashkil etilgan sammiti bo`lib o`tdi?

A) Amsterdamda B) Brusselda C) Parijda D) Lissabonda

9. Javoblarning qaysi birida Muhammad Shayboniyxon topshirig`iga ko`ra unga atab tarixiy asar yozgan tarixchilar berilgan?

A) Abdulloh ibn Muhammad, ibn Ali Nasrulloh, Kamoliddin Binoiy

B) Kamoliddin Binoiy , Mulla Shodiy , Muhammad Solih , Fazlulloh ibn Ro`zbehxon Isfaxoniy

C) Sultonali Samarqandiy , Kamoliddin Binoiy , Muhammad Solih

D) Hofiz Tanish Buxoriy , Kamoliddin Binoiy, Sultonali Samarqandiy

10. Amir Temur 1395 yilgi To`xtamish bilan bo`lgan jangda qanday harbiy usulni qo`llaydi?

A) harbiy fillarni jangga solish

B) ortga chekinib , pistirmadan hujumga o`tish

C) otdan tushib kamondan o`qqa tutish

D) to`lg`ama

11. Kaspiyorti temir yo`li qurilgan yilni aniqlang

A) 1885-yil B) 1887-yil C) 1889-yil D) 1888-yil

12.Eftalitlar davlati yerlariga turkiylarning bostirib kirishida, ularga eronliklar qanday yordam ko`rsatgan?

A) Ular betaraf bo`lib turdilar

B) Eron shohi o`z qoshinlarining uchdan birini turkiylarga yubordi

C) Eronliklar Balxga hujum qildilar

D) Eron shohi turklarga moddiy yordam ko`rsatdi

12. Sharqda Abu Ali ibn Sino qanday nom bilan shuhrat topgan?

A) Avitsenna B) Shayx ur-rais C) Birinchi muallim D) Ikkinchi muallim

13. Zardushtiylar hayotining asosiy mazmuni ……iborat bo`lgan.

A) adolatli turmush tarsi va taqvodan

B) diniy marosimlarini ochiq havoda , gulxan yonida ado etishdan

C) ezgu fikr, ezgu so`z va ezgu amaldan

D) olov, yer , suv, oy , yulduzlarga sigi`nishdan

14.Javoblarning qaysi birida O`zbekiston SSRda Sovetlar tomonidan yer-suv islohati o`tkazilgan yillar to`g`ri berilgan?

A) 1925-1929 yy. B) 1928-1932 yy. C) 1920-1925 yy. D) 1924-1928 yy

15. Quyidagi qaysi javobda Buxoro amirligida inoqning vazifasi to`g`ri berilgan?

A) amir farmonlarini beklardan boshqa tabaqaga yetkazish

B) amirlik hududidagi do`stona yoki dushmanlik munosabatida bo`luvchlar haqida ma`lumot yig`ish

C) shahar fuqorolari arzlarini amirga yetkazish

D) amirga in`om etilgan buyumlar va harbiy anjomlarni ro`yxatga olish

16. Qaysi lavozim egasi Buxoro amirligida fatvo tarzida diniy –huquqiy masalalarni izohlab berish bilan shug`ullangan?

A) Qozikalon B) Shayxulislom C) Muhtasib D) Muftiy

17. Qoraqalpoq adabiyotining ko`zga ko`ringan vakillaridan biri Kun xo`ja Ibrohim o`g`li qalamiga mansub asarlarni aniqlang.

A) “Mening bolam”, “El bilan”

B) “Boy bolasi” ”, “Tuyani ber”

C) “O`roqchilar ”, “Xayr endi do`stlar”

D) “Xon yonida to`ralar” , “Bo`zatov”

18. Javoblarning qaysi birida Shayboniylar davrida Buxoro va Eron munosabatlari to`qnashgan asosiy hudud to`g`ri ko`rsatilgan?

A) Ko`histon B) Xuroson C) Hirot D) Samarqand

19. 1864-1866 yillarda ruslar tomonidan bosib olingan hududlarda ……. Tuzildi.

A) Turkiston viloyati B) Sirdaryo viloyati C) Qurama uyezdi D) Toshkent viloyati

20. Shosh o`zining qanday mahsulotlari bilan mashhur bo`lgan (Somoniylar davrida)?

A) kumush va qo`rgoshin konlari bilan

B) zarbof hamda shoyi matolari bilan

C) yuqori sifatli qog`ozi bilan

D) ko`nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan

21. Javoblarning qaysi birida “Najot” gazetasining muharriri to`g`ri berilgan?

A) Abdurauf Fitrat B) Munavvar Qori C) Z.Validiy D) Abdumalik hoji Nabiyev

22. Javoblarning qaysi birida Buxoro amirligi davlat boshqaruvida amirlik hujjatlarini yuritishga ma`sul bo`lgan lavozim egasi to`g`ri berilgan?

A) Otaliq B) mirzaboshi C) Mushrif D) ko`kaldosh

23. Muhammad Shayboniyxonga nufuzli temuriy amirlaridan ……homiylik qilgan.

A) Sulton Ali Mirzo

B) Darvish Muhammad Tarxon

C) Sulton Ahmad Mirzo

D) Muhammad Mazid Tarxon

24. Somoniylar davrida isyon ko`targan Ibrohim kimning yordamida Buxoro taxtini egallagan?

A) Nuh ibn Nasr B) Foyiq C) Sabuqtegin D) Abu Ali Chag`oniy

25. Toshkent XIX asrning o`rtalarida quyidagi qaysi dahalarga bo`lingan?

A) Qorasaroy, Kamolon, Sebzor , Labzak

B) Sag`bon , Chig`atoy , Ko`kcha ,Shayxontohur

C) Beshyo`g`och , Ko`kcha ,Shayxontohur, Sebzor

D) Labzak, Taxtapul , Beshyo`g`och , Sebzor

26. Egar –jabduq yasash kasb o`rta asr hunarmandchiligida qanday nomlangan?

A) degrezlik B) najjorlik C) chilangarlik D) sarrojlik

27. Yangi usul maktablari uchun “Adibi avval”, “Adibi us-soniy ” kabi darsliklar quyidagi qaysi adib yozib qoldirgan?

A) Behbudiy B) Cho`lpon C) A.Avloniy D) Munavvarqori

28. Respublikamizning qaysi shahrida YuNESKO qaroriga ko`ra 1995-yilda Markaziy Osiyo tarixini tadqiq qilish xalqaro instituti tashkil etilgan?

A) Xivada B) Toshkentda C) Samarqandda D) Buxoroda

29. O`rta Osiyo jadidlarining “otasi” deb kimga nisbatan yuritiladi?

A) Behbudiy B) I.G`aspi ali C) A.Avloniy D) Munavvarqori

30. Javoblarning qaysi birida Buxoro amirligida rus qishloqlari paydo bo`la boshlagan yil to`g`ri berilgan?

A) 1886-yil B) 1880-yil C) 1890-yil D) 1888-yil

31.II-jahon urushidan so`ng Yaponiya aholisining qancha qismi ishsiz qolgan edi?

А) 30 mln kishi

B) 15 mln kishi

C) 10 mln kishi

D) 35 mln kishi

32. II-jahon urushidan so`ng Yaponiya armiyasi demobilizatsiya qilinishi natijasida quyidagi qaysi jarayonlar amalga oshirildi ?

1) Harbiy muassasalar tarqatib yuborildi; 2) militaristik tashkilotlar taqiqlandi; 3) demokratik siyosiy partiyalar tugatildi; 4) kasaba uyushmalar faoliyati tiklandi; 5) harbiy va siyisiy jinoyatchilar ozod etildi;

А) 1, 5 , 3; B) 1, 2, 5; C) 4 ,3, 5; D) 1, 2, 4;

33.Eron neftini milliylashtirish Eronning ichki ishini ta`kidlagan shaxs kim edi?

А) M.Mosaddiq B) M.Rizo Pahlaviy C) O.Humayniy D) Zohidiy

34. Eron Xalqaro neft konsorsiumi bilan shartnoma imzolagandan keyin qaysi davlatning kompaniyalari yetakchi mavqeyga ega bo`ldi?

А) AQSH va Buyuk Britaniya B) Buyuk Britaniya va Eron

C) AQSH va Eron D) Turkmaniston va Eron

35. Eron Xalqaro neft konsorsiumi bilan shartnoma imzolagandan keyin Eron nefti necha yil muddat bilan Xalqaro konsorsium ixtiyoriga berilgan ?

А) 23 yil B) 25 yil C) 15 yil D) 32 yil

36. 1955 –yilda Eron AQSHdan qaysi mahsulotni sotib ola boshladi?

А) Neft B) Qurol yarog` C) G`alla D) Texnik uskunalar

37. To’rtinchi hokimiyat tushunchasi nimani anglatadi?

A) Ijro etuvchi hokimiyat

B) Qonunchiqaruvchi hikimiyat

C) Ommaviy axborot vositalarini

D) Sud hokimiyatini .

38. Tоshkеnt shаhrining 2200 yilligi qаchоn nishоnlаndi?

А) 2007 yil B) 2008 yil C) 2009 yil D) 2006 yil

39. Germaniyaning “Simens” firmasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ajratgan kredit hisobidan……….

A) Farxod GRESining 9 ta bloki ta`mirlandi

B) Sirdaryo GRESining 8 ta bloki ta`mirlandi

C) Chorvoq GRESining 7 ta bloki ta`mirlandi

D) Yangi Angren GRESining 9 ta bloki ta`mirlandi

40. “O`zDAEWOOavto” qo`shma korxonasining birinchi navbati ishga tushirilgan yilning iyul oyida qaysi rusumdagi avtomobil ishlab chiqarish boshlangan? A) Damas

B) Tiko

C) Neksiya



D) Matiz

41. Abbos Bakirov nomidagi yoshlar va bolalar teatri qaysi viloyatda faoliyat yuritadi?

A) Namangan B) Xorazm C) Qashqadaryo D) Andijon

42. Qachon O`zbekiston o`z mahsulotlarini Fors ko`rfazigacha, Turkiyagacha hamda Yevropa mamlakatlariga yetkazish imkoniyatiga ega bo`lgan?

A) 1996 yil may B)1997 yil aprel C) 1998 yil mart D) 1999 yil iyun

43. Toshkent metrosining 1984-1991 yillarda qaysi yo`nalishi qurilib ishga tushirilgan?

A) Chilonzor yo`nalishi B) Yunusobod yo`nalishi

C) O`zbekiston yo`nalishi D) bu davrda hech bir yo`nalish foydalanishga topshirilmagan

44. Kurash bo`yicha birinchi jahon chempionati qaysi shaharda bo`lgan?

A) Astanada B) Samarqandda C) Janubiy Koreyaning Pusan shahrida D) Toshkentda

45. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarning aksiyadorlik asosidagi ko'ngilli birlashmasi nima deyiladi?

A) Konsern B) Uyushma C) Korporatsiya D) Xolding

46. 1999-yilda Ajiniyoz tavaluddining … nishonlandi.


  1. 175 yilligi

  2. 120 yilligi

  3. 130 yilligi

  4. 150 yilligi

47. Quyidagi jamoat jamg’armalaridan “Amir Temur yili” da tashkil etilganlarni aniqlang.

1) “Kamolot” 2) “Oltin Meros” 3) “Umid” 4) “Mahalla” 5)“Iste’dod” 6) “Nuroniy”



  1. 1,2,6

  2. 1,3,4

  3. 2,4,6

  4. 3,4,5

48. O'zbekistonda qachondan «Lasetti» avtomobili ishlab chiqarish boshlandi?
A) 2003-yil B) 2004-yil C) 2002-yil D) 2005-yil
49. O'zbekistonda neftni qayta ishlash komplekslarining barpo etitishida hissa qo'shgan «Marubeni» va «Jey-Ji-Si» kompaniyalari qaysi davlatga tegishli?
A) AQSh B) Janubiy Koreya C) Xitoy D) Yaponiya
50. Turkiya to'qimachilik kompaniyalari ishtirokida qaysi shaharda «Kateks» to'qimachilik majmuasi barpо etildi?

A) Qarshi B) Qo'qon C) Nukus D) Namangan


51. 1998-yil Germaniya bilan hamkorlikda «Pfaff-Zinger» qo'shma korxonasi qayerda qurilgan edi?

A) Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida

B) Farg'ona viloyatining Yozyovon tumanida

C) Andijon viloyatining Xonobod tumanida

D) Toshkent viloyatining Angren tumanida
52. Mamlakatimizda 2000-yil qanday nomlangan edi?
A) «Sog'lom avlod yili» B) «Oila yili» C) «Ayollar yili» D) «Onalar va bolalar yili»
53. O'zbekiston Respublikasining sog'liqni saqlashga oid quyidagi qonunlarini ular qabul qilingan yili bilan to'g'ri belgilang:

1) «OITS bilan kasallanishning oldini olish to'g'risida»; 2) «Davlat sanitariya nazorati to'g'risida»; 3) «Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish to'g'risida»; 4) «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to'g'risida».

a) 1991-yil; b) 1992-yil; c) 1996-yil; d) 1997-yil.

A) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a

B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d

C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c

D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
54 . Yetim bolalar va farzandsiz oilalarning ko'pchiligi uy-joyli va bus-butun oila bo'lib yashash Imkoniyati qaysi davlat loyihasi asosida amalga oshirilmoqda?
A) Vengriya B) Turkiya C) Yaponiya D) Avstriya

55. Qaysi shaharda tankchi komandir-muhandislar tayyorlaydigan oliy harbiy bilim yurti tashkil etilgan?


A) Chirchiqda B) Jizzaxda C) Termizda D) Toshkentda
56. 1998-yil 23-oktyabrda ...

A) O'zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risidagi Qonunga o'zgartirishlar kiritish haqida»gi Qonuni qabul qilindi

B) Respublika «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi huzurida «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg'armasi tuzildi

C) Marg'ilonda islom huquqining asoschilaridan biri Burhoniddin al-Marg'inoniy tavalludi nishonlandi

D) Buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy- qamariy taqvim bo'yicha 1225 yilligi nishonlandi
57. 1996-yil 27-sentyabrda ...

A) Respublika Vazirlar Mahkamasining «Oltin meros» xayriya jamg'armasini qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi qarori qabul qilindi

B) Respublika «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi huzurida «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg'armasi tuzildi

C) «Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazi ishini yanada takomillashtirish to'g'risida»gi Prezident Farmoni chiqdi

D) Toshkent shahrida «Qatag'on qurbonlari xotirasi» muzeyi foydalanishga topshirildi
58. Nuroniy» jamg'armasi tashabbusi bilan yaratilgan 34 jildlik «Xotira» kitobiga qancha vatandoshlarimizning nomlari kiritilgan?

A) 500 mingdan ortiq

B) 250 mingga yaqin

C) 400 mingga yaqin

D) 450 mingdan ortiq
59. Toshkentda 2002-yil iyul oyida qaysi xalqaro oliy o'quv yurti tashkil etildi?

A) Vestminster universiteti

B) Moskva davlat universitetining filiali

C) Moskva neft-gaz universitetining filiali

D) Singapur menejmentni rivojlantirish institute
60. O'zbekistonning ta'lim muassasalariga ko'mak berayotgan KOIKA - Xalqaro hamkorlik agentligi qaysi davlatga tegishli?

A) Rossiya

B) Shvetsiya

C) Fransiya

D) Janubiy Koreya

61.Pokiston qaysi prezident davrida Isroilnig arab davlatlariga qarshi agressiyasini qoraladi?

А) M.Ayubxon B) Yahyoxon C) Z.A.Bxutto D) M.Huseyn

62. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 1950-1954 yillar davomida 65 mln dollar miqdorida yordam olgan davlatni aniqlang

А) Hindiston B) Pokiston C) Yaponiya D) Turkiya

63. Qaysi yili Turkiya qarzlarini to`lay olmasligni bildirib , o`zini bankrot deb e`lon qildi?

А) 1956 yil B) 1958 yil C) 1972 yil D) 1961 yil

64. 1961-1965 yillar davomida Turkiyada necha marotaba hukumat almashgan edi?

А) 3 marta B) 4 marta C) 5 marta D) 16 marta

65. 1980- yil Turkiyada siyosiy partiyalar tarqatib yuborilib, ularning raxbarlariga necha yil davomida siyosiy faoliyat bilan shug`ullanish man etildi?

А) 3 yil B) 5 yil C) 10 yil D) man etilmagan

66. 1995- yilda Turkiyaning tashqi qarzi 50 mlrd dollarni tashkil etishining sababi quyidagi qaysi omil bilan izohlanadi?

А) tashqi savdoda import eksportdan ustun turishi

B) harbiy harajatlarning o`sishi

C) mamlakat hayotini G`arbiy Yevropacha model asosida to`la qayta qirishga muvaffaq bo`lmadi

D) davlat iqtisodiyotini qattiq markazlashtirdi

67. Quyidagi qaysi davlatlarning II jahon urushidan so`ng AQSH bilan munosabatlari yaxshi bo`lgan?

1) Yaponiya 2) Hindiston 3) Xitoy 4) Pokiston 5) Turkiya

А) 2 , 4; B) 1, 4, 5 ; C) 1, 4 ; D) 2, 4 ,5 ;

68. Kipr muammosi keskinlashgan yili …..

А) Pokiston Konstitutsiyasi qabul qilindi

B) Hindistonda sug`urta ustidan nazorat o`rnatildi

C) AQSH Prezidenti A.Nikson Xitoyga tashrif buyurdi

D) Pokiston Bangladesh Respublikasini tan oldi

69. Buxorodagi “Vardonze” korxonasi qaysi davlat yordami bilan qurilgan?

А) Hindiston B) Pokiston C) Yaponiya D) Turkiya

70. Eron neftini milliylashtirish Eronning ichki ishini ta`kidlagan shaxs kim edi?

А) M.Mosaddiq B) M.Rizo Pahlaviy C) O.Humayniy D) Zohidiy

71. Eron Xalqaro neft konsorsiumi bilan shartnoma imzolagandan keyin qaysi davlatning kompaniyalari yetakchi mavqeyga ega bo`ldi?

А) AQSH va Buyuk Britaniya B) Buyuk Britaniya va Eron

C) AQSH va Eron D) Turkmaniston va Eron

72. Eron Xalqaro neft konsorsiumi bilan shartnoma imzolagandan keyin Eron nefti necha yil muddat bilan Xalqaro konsorsium ixtiyoriga berilgan ?



А) 23 yil B) 25 yil C) 15 yil D) 32 yil
Download 24,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish