A ‘ L u m o t – a X b o r o t h u j j a t L a r I


-mavzu.  M A’ L U M O T N O M A



Download 484 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana01.02.2022
Hajmi484 Kb.
#420888
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
SOATOVA NASIBA

7-mavzu. 
M A’ L U M O T N O M A 
Bo‘lgan voqеa yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot bеrish mazmunida 
ifodalaydigan hujjat 
ma’lumotnoma
deyiladi. Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va 


mazmuniga ko‘ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga 
bo‘linadi.
X i z m a t m a ‘ l u m o t n o m a s i - muassasa faoliyatiga doir voqеa-
hodisalarni rasmiy ravishda aks ettiradi va tasdiqlaydi, axborot xususiyatiga ega 
bo‘lgan xilma-xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli 
jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishlab 
chiqarish va moliyaviy faoliyat, xodim (shtat)lar soni, topshiriqlarning bajarilishi, 
moddiy-tovar boyliklarining saqlanishi, mеhnat intizomining ahvoli haqida va 
boshqa xilma-xil masalalar to‘g‘risida hozirlanadi. 
Bunday ma’lumotlarga matn mazmunini ochuvchi sarlavha qo‘yilishi lozim. 
Masalan: «Kontrakt to‘lov asosida tahsil olayotgan talabalar soni haqida» kabi. 
Sarlavhadan so‘ng (ba’zan uning tarkibida) xabarga oid sana ko‘rsatiladi. Masalan: 
«2009- yil 1-oktabrdagi holatga ko‘ra» kabi. 
S h a x s i y m a ‘ l u m o t n o m a - muassasalar tomonidan fuqarolarning 
turmushi va ish faoliyatidagi aksar voqеa-hodisalar va holatlarni tasdiqlab 
bеradigan hamda talab qilingan joylarga ko‘rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Shaxsiy 
ma’lumotnomalar quyidagilarga berilishi mumkin: 
- muassasa xodimga uning qayеrda, kim bo‘lib va qancha maosh olib ishlashi 
haqida;
- o‘quvchi va talabaga esa qayеrda o‘qishi haqida;
- fuqarolik holatlari hujjatlarini qayd qilish (FHHQ - ZAGS); 
- notarial idoralari hamda fuqarolar yig‘inlari raislari shaxsning tug‘ilganligi yoki 
vafot etganligi to‘g‘risida nikoh bo‘lganligi yoki ajralganligi haqida (hujjatlar 
yo‘qolganda);
- tuman va shahar ijtimoiy ta’minot bo‘limi shaxsning nogironligi, nafaqasining 
miqdori, avtomobilga ega emasligi haqida; 
- shifoxonalar kishining sog‘lig‘i (kasal emasligi) haqida;
- mahalla qo‘mita yig‘inlari yoki uy-joy boshqarmalari shaxsning yashash joyi, 
egallab turgan uy-joyining maydoni yoki oila a’zolarining soni haqida 
ma’lumotnomalar bеradi.


Shaxsiy ma’lumotnomalar muassasa, idoralar tomonidan fuqarolarning 
oilaviy yoki ish faoliyatidagi holatlarni tasdiqlovchi hujjat sanaladi. Xizmat 
ma’lumotnomalaridan farqli ravishda shaxsiy ma’lumotnomalarda ular yo‘llangan 
idora yoki shaxs nomi ko‘rsatilmaydi. Buning o‘rniga matn so‘ngida 
ma’lumotnomaning qayerga berilganligi yoziladi. Masalan: «Uy-joydan 
foydalanish boshqarmasiga taqdim etish uchun berildi» kabi. Asosiy matnda shaxs 
haqida barcha ma’lumotlar aniq nisbatdagi hozirgi-kelasi zamon fe’l shakli orqali 
ifodalanishi lozim (Ishlaydi, yashaydi, o‘qiydi kabi). 
M A’ L U M O T N O M A 
2007-2008 o‘quv yilining ikkinchi yarmida talabalar turar joyida yashovchi 
324 ta talabadan 56 ta atiza va shikoyat tushdi. Bulardan 34 tasi ariza va 12 tasi 
shikoyat hisoblanadi. 
Arizalar moddiy ehtiyoj hisoblangan narsa va turli jihozlar berilishini so‘rab 
yozilgan bo‘lib, bu ehtiyojlar o‘z vaqtida qondirilgan. 
Shikoyatlardan 10 tasi ko‘rib chiqilgan, 2 tasi ko‘rish jarayonidadir. 
Shikoyatlar yotoqxona Nizomi qonun-qoidalariga muvofiq tarzda ko‘rib chiqilgan. 
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati 
shu’ba raisi
(imzo)
B. Mahkamov 

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish