94. Fuqarolik huquqi va munosabatlari O’z Res ning fuqorolari, yuridik shaxslari ishtirokidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy hamda Tovar-pul munosabatlarini tartibga solib turuvchi normalar yig’indisidan iborat alohida huquq soxasi bo’lib, ularning yuridik tengligi, mulkiy mustaqilligi hamda iroda erkinligiga tayanadi. Fuqorolik huquqi mulkchilik munosabatlarni, iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining shartnomaviy aloqalarini ya’ni (oldi-sotdi).
pudrat, sug’urta va h.k.), yetkazilgan zararni qoplash bilan bog’liq bo’lgan intellectual mulk, merosga oid munosabatlarni tartibga soladi.
Fuqorolik huquqi mulkiy hamda unga chambarchars bog’liq bo’lgan shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Mazkur munosabatlarning ishtirokchilari ya’ni subyektlaridan biri fuqaro(jismoniy shaxs) hisoblanadi. Fuqarolarning fuqarolik huquqiga oid munsabatlarda ishtirok etishning eng dastlabki sharti ularning huquqiy layoqati, ya’ni fuqarolik huquqi hamda majburiyatlariga ega bo’lish qobilyati hisoblanadi.
95.Jismoniy shaxslar.
Huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi bo’lgan alohida fuqaro(chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar)ni ifodalovchi tushuncha. U jamoviy tuzilma bo’lgan yuridik shaxsdan farq qiladi: Jismoniy shaxs bevosita o’z nomidan ish yuritadi – faoliyat yurgizishi uchun jamoaviy tuzilma-tegishli firma yoki korxonani qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan yurgizishi shart emas, jismoniy shaxsning huquq va muomala layoqatining vujudga kelishi hamda barham topishi tartibi ham yuridik shaxslardan farqlanadi. Jismoniy shaxs mulk huquqi asosida mol mulkka ega bo’lishi, uni vasiyat qilib qoldirishi va meros qilib olishi; bankda o’z jamg’armasini saqlashi; tadbirkorlik, fermer xo’jaligi bilan; qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyat bilan shug’ullanishi; yollanma mehnatdan foydalanishi; yuridik shaxs tashkil etishi; shartnoma, bitim tuzishi va majburiyatlarni bajarishi; o’ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning qoplanishini talab qilishi, mashg’ulot turini va yashash joyini tanlashi; fan, adabiyot va san’at asarlari, qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat samaralarining muallifi huquqiga ega bo’lish mumkin. O’z Res da fuqarolar – J.Sh.larning huquq va burchlariga oid qonun-qoidalar FK da belgilab berilgan (16 – 38- moddalar).
96. Yuridik shaxslar. Fuqarolik huquq va majburiyatlarning sub’yektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar. O’z Res fuqorolik qonunchiligiga ko’ra, Yuridik shaxs o’z mulkida, xo’jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol- mulk bilan javob beradigan, o’z noidan mulkiy va shaxsiy nomlukiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilotdir. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishi kerak.
97.Ko’chma va ko’chmas narsalarga egalik. Mulk huquqi ayrim shaxslar yoki jamoaga tegishli moddy boyliklarni, shuningde, mulkchilikka oid iqtisodiy munosabatlarni qo’riqlash va tartibga solishga qaratilgan huquqiy normalar yig’indisidir. Mulk huquqi mol-mulkka egalik qilish undan foydalanish va uni tasarruf etish kabi subyektiv huquqlardan iborat.
98.Fuqorolarning shaxsiy nomulkiy huquqlari. Shaxsdan ajratib, begonalashtirib bo’lmaydigan, mulkiy harakterda bo’lmagan huquqlar. Odatda, Shaxsiyh.ni fuqarolik huquqining boshqa obʼyektlari singari tovarlarning umumiy ekvivalenti hisoblangan pulga (muayyan summadagi pulga) almashtirib, tenglashtirib boʻlmaydi. Shaxsiyh.ga shaxsning hayoti va sogʻligʻi, shaʼni va qadrqimmati, shaxsiy daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri, nomga, tasvirga boʻlgan huquqi, mualliflik huquqi kabilar kiradi. Oʻzbekiston Respublikasining FKga koʻra, Shaxsiyh. yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli boʻlgan boshqa nomoddiy neʼmatlar tortib olinmaydi va oʻzga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi. Vafot etgan kishiga tegishli boʻlgan Shaxsiyh. va boshqa nomoddiy neʼmatlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda boshqa shaxslar, shu jumladan, huquq egasining vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya etilishi mumkin (98-modda).
Amaldagi qonunchilikka koʻra, fuqaro yoki tashkilot shaʼniga dogʻ tushiradigan va qadrqimmatini, ishchanlik obroʻsini pastga uradigan maʼlumotlar yuzasidan, basharti bunday maʼlumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbot qila olmasa, sud orqali raddiya talab qilishga haqlidir. Qonun shaxsiy huquqlarni himoya qilishda shaxsning jamiyatda oʻz mehnati bilan tutgan oʻrni, topgan obroʻsini nazarda tutadi. Fuqarolik qonunchiligida bunday qoidalarning boʻlishi shaxslarning huquqlari yana ham kengroq himoya qilinishiga alohida eʼtibor berilganligini bildiradi.
Fuqaroning shaʼni, qadrqimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar qaysi ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, ayni shu ommaviy axborot vositalarida raddiya berilishi lozim. Bunday maʼlumotlar tashkilotdan olingan hujjatda uchrasa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi. Basharti, sudning hal qiluv qarori bajarilmasa, sud qoidabuzarga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan jarima solishga haqlidir. Oʻzining shaʼni, qadrqimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar tarqatilgan fuqaro bunday maʼlumotlar rad etilishi bilan bir qatorda ularni tarqatish oqibatida yetkazilgan zararlar va maʼnaviy ziyonning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqlidir.
99. Fuqorolarning mulkiy va mulkiy bo’lmagan huquqlarini himoya qilish usullari. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni fuqarolik-huquqiy himoya qilish deganda – bu huquqlarga qarshi qilingan buzilishlarni bartaraf etish, mulkdorning mulkiy manfaatlarini tiklash va himoya qilishga qaratilgan fuqarolik qonunchiligida belgilangan vositalar yigʻindisi tushuniladi.
Mulk huquqini uchinchi shaxslar tomonidan buzilishining xarakteri va mazmuniga qarab mulk huquqini himoya qilish turli usullarga turkumlanadi. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish quyidagi guruhlarga boʻlinadi. 1.Mulk huquqini ashyoviy huquqlar bilan himoya qilish. 2.Majburiyat-huquqiy usullar bilanhimoya qilish. 3.Fuqarolik huquqining turli institutlari bilan himoya qilish. 4.Mulk huquqining bekor bo’lishini qonun hujjatlarda nazarda tutilgan asoslarda himoya qilish.
100.Oila huquqining predmeti.
Oila jamiyat va davlat bilan o’zaro bog’liq bo’ladiva ular bilan bir zamonda rivojlanadi. U qator demografik, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa muhim funksiyalarni bajaradi. Shu sabali jamiyat va davlat oilaning farovon bo’lishidan manfaatdor bo’ladi.
101.Oilaviy Munosabatlar.
Fuqarolar o’rtasida bo’ladigan va oilaviy huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan munosabatlar tushiniladi. Oilaviy munosabatlarda 3 element mavjud:
Sub’yekt
Sub’ektiv huquq va majburiyatlar.
Oilaviy huquqiy munosabatlarning sub’ekti bo’lib er-xotin, ota-ona, bolalar, vasiylar va homiylar, boshqa qarindosh urug’lar hamda oila qonunchiligi sohasida u yoki bu munosabatlarni xal etishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar, fuqarolar uyushmasi, muassasalar, organlar, ijtimoiy birlashmalar hisoblanadi.
102. Nikohni tuzish va bekor qilish tartibi, shartlari.
Nikoh tuzish shunchaki rasmiyatchilik emas. Davlatning nikohni qayd etishi yuridik faktdir. Aynan ruyxatga olingan nikoh yuridik nikoh hisoblanadi. Nikoh oilani vujudga keltiruvchi muhim asos sanaladi. Fuqarolar oilaviy turmush qurishda amaldagi qonunlarga rioya qilgan holda nikoh tuzsalar, bunday nikohni davlat ham, jamiyat ham qo‘llab-quvvatlaydi. Oila kodeksi normalari talablariga binoan tuzilgan nikoh, er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini, voyaga yetmagan bolalar manfaatlarini,
ma’muriy yoki sud tartibida qonunan himoya qilinishi kafolatlanadi. Nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab er-xotinlar o‘rtasida huquq va majburiyatlar vujudga keladi. Qonuniy asoslarga ko‘ra, nikoh tuzish bo‘lajak er-xotin uchun ham, jamiyat uchun ham g‘oyat muhim ijtimoiy-huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan holat hisoblanadi. Shu sababli, ham Oila kodeksida nikoh tuzish tartibi va shartlari belgilab qo‘yilgan. Ushbu talablarga, shartlarga qat’iy rioya qilish vujudga kelayotgan oila mustahkam, haqiqiy va barqaror bo‘lishini ta’minlaydi.
103.Turmush o’rtoqlarning huquq va majburiyatlari.
Oilada er va xotinning teng huquqliligi. Konstitutsiyaning 18-moddasiga asoslangan va tenglik tamoyilidan kelib chiqib, Oila kodeksining 19-moddasida oilada er va xotinning teng huquqliligi belgilab
qo‘yilgan. Barcha huquqiy munosabatlarda er-xotin huquqning teng subyekti hisoblanib, ularga bab-baravar huquqlar beriladi va tegishli majburiyatlar ham yuklanadi. Bu tamoyil to‘la amalga oshiriladi va
moddiy ta’minlangan. Er-xotin mulkiy huquqqa tegishli bo‘lmagan shaxsiy huquqlariga oid barcha masalalarni birgalikda hal qiladilar. Ular oilada hamma shaxsiy huquqlarda tengdirlar.
Oila kodeksining 20-moddasiga binoan, “Nikoh tuzish vaqtida er va xotin o‘z xohishi bilan eri yoki xotinining familiyasini umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ularning har biri nikohgacha bo‘lgan o‘z familiyasini saqlab qoladi. Er va xotindan birining o‘z familiyasini o‘zgartirishi boshqasining
ham familiyasi o‘zgarishiga olib kelmaydi”. Keyinchalik familiyani o‘zgartirishga faqat umumiy asoslarda, qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
104.Ota-onalar va bolalar o’rtasidagi huquqiy munosabatlar.
Er va xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini hal qilishi. Oila kodeksining 21-moddasida “Bolalar tarbiyasi va oilaviy turmush masalalarini er va xotin birgalikda hal qiladilar,”- deb
belgilangan. Ota-onaning asosiy vazifalaridan biri ─ farzand ko‘rish va tarbiyalashdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida “Otaonalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar,”- deb belgilab qo‘yilgan.
105.Ota-onalarning vazifalari.
Ota-onaning asosiy vazifalaridan biri farzandini tarbiyalash bo‘lib, bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiysianing 64-moddasida shunday deyiladi: “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarini rag‘batlantiradi”. Shundan kelib chiqib, Oila kodeksining 73-moddasida mazkur Konstitutsiyaviy qoida yanada mustahkamlandi. Unda otaonalarning o‘z bolalarini tarbiyalash huquqlari, shu bilan birga, otaonalarning o‘z bolalarini tarbiyalash majburiyati ham belgilangan.
106.Bolalarning majburiyatlari.
Oila kodeksi 66-moddasi 3-qismida favqulodda vaziyatlarga tushib qolgan bolaning o‘z ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan uchrashish huquqini amalga oshirish muammosi masalasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Oila kodeksi bolalarga qarab turish, qamoqqa olish, hibsga olish, davlat mussasasida bo‘lish va boshqa hollarni nazarda tutadi. Bu sanab o‘tilgan hollar mutlaq hisoblanmaydi. Har qanday holatda ham, bu favqulodda holatlar voyaga yetmaganni tashqi dunyodan, oiladan, ota-onadan, yaqin qarindoshlardan ajratilganligi bilan bog‘liqdir. Ular bilan uchrashish huquqi nafaqat o‘z mazmuni bo‘yicha insonparvarlik, shu bilan birga, tarbiyalashga, zarur hollarda esa, qayta tarbiyalashga xizmat qiladi.
107.O’z Res ning qonunchiligiga ko’ra oilani bekor qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 6-sonli qarorida ko‘rsatilishicha, “Bolaning otasi deb qayd etilmagan hollarda ham, er bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida xotinining roziligisiz nikohdan ajralish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqli emas. Ushbu qoida bola o‘lik tug‘ilgan yoki bir yoshgacha yashamay, vafot etgan hollarda ham tatbiq qilinishi lozim. Nikohdan
ajralish to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish uchun xotinining roziligi bo‘lmasa, sud eridan da’vo arizasini qabul qilishni rad etadi, agar qabul qilingan bo‘lsa, ish yurgizishni tugatadi. Xotin sudda ish qo‘zg‘atishdan oldin erining arizasi bo‘yicha nikohdan ajralishga rozilik berib, ishni ko‘rishda unga qarshilik bildirsa ham ishni yurgizishni tugatish lozim bo‘ladi. Ko‘rsatilgan holatlar xotinning o‘zi nikohdan ajratish
masalasini qo‘yishiga to‘sqinlik qilmaydi”. Bu ko‘rsatmadan ko‘zlangan asosiy maqsad ona va bolaning sihat-salomatligini muhofaza qilishdir. Shuningdek, ayolning boshqa erkakdan homilador bo‘lishi va undan bola tug‘ilishi ham erkakka bu xotindan ajralish uchun da’vo qilishga to‘siq bo‘lishi mumkin. So‘zsiz, bunday holatda er otalik to‘g‘risida hamma vaqt da’vo qilishi mumkin. Agar xotin
homiladorlik vaqtida yoki bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida ajralish haqida da’voga rozi bo‘lsa, erga da’vo qilishga haqli. Xotin homiladorlik vaqtida yoki bola tug‘ilganidan so‘ng bir yil mobaynida erning nikohdan ajralish to‘g‘risidagi da’vosiga xotinning roziligini olishning bir qancha usullari mavjuddir. Bu - nikohdan ajralish uchun birgalikda ariza berish, erning arizasiga uning rozi bo‘lishi va
nihoyat, bunday arizaning xotin tomonidan berilishidir.
108. Mehnat huquqi predmeti.
Mehnat huquqi huquqshunoslik tarmoqlari orasida etakchi orin tutadi. U ijtimoiy mehnatga oid munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar tizimidan iborat. Bu munosabatlar mehnat bozoriga amal qilish, mehnatni tashkil qilish va uni qollash jarayonida namoyon boladi. Mehnatga oid munosabatlar quyidagi oziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi: Mehnatga oid munosabatning subekti - xodim korxona, muassasa, tashkilotning mehnat jamoasi tarkibiga qoshiladi va oz mehnati bilan korxona jamoasi oldidagi vazifani bajarishga kirishadi. Ijtimoiy mehnat taqsimotiga kora, muayyan mehnat funktsiyasini bajarish xodim majburiyatlarining predmetini tashkil etadi. Muhimi shuki, bu ish bir qancha kishilar faoliyati bilan uyg’unlashgan, yani mehnat kooperatsiyasi doirasida bajariladi. Xodimning va mehnat jamoasi har bir azosining ish faoliyati muayyan rejim ornatilgan sharoitda amalga oshiriladi. Mehnatga oid munosabatlar subektlarining mehnatni tashkil etishga doir tartib-intizom, qoida - talablariga boysunishi mehnatga oid munosabatlarning izchilligi va samaradorligini belgilovchi zarur omillardan biri. Mehnatga oid munosabatlar ixtiyoriy harakterga ega bolsada, ular bevosita ishlab chiqarish doirasida namoyon boladi va muayyan maqsadlarni kozlab amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali faoliyat sanaladi.
Xulosa qilib aytganda, mehnat huquqining predmetini, yani mehnat shartnomasi boyicha ishlayotgan xodimlar mehnatining ishlab chiqarishda qollanishi tufayli paydo boladigan ijtimoiy mehnatga oid munosabatlar tashkil etadi. Ushbu munosabatlar mehnat huquqi predmetining yadrosi hisoblanadi. Ijtimoiy voqelikda mehnat huquqining predmetini tashkil etuvchi munosabatlar tizimi mehnatga oid munosabatlardan tashqari, ular bilan muayyan tarzda bog’langan boshqa munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu munosabatlar mehnat munosabatlaridan ilgariroq, ular bilan bir vaqtda, yoxud bevosita mehnat munosabatlaridan kelib chiqishi mumkin.
109.Mehnat munosabatlari tushunchasi.
Mehnat sohasidagi tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlarda, odatda, ish beruvchi bilan mehnat jamoasi, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari o`rtasida kelib chiqadigan munosabatlarni aks ettiradi.
110.Ishga qabul qilish tartibi.
Ishga joylashtirishga doir munosabatlar orta umutalim, hunar texnika bilim yurtlari, texnikumlarni tamomlagan yoshlarni, urush nogironlari va qatnashchilarini, harbiy xizmatni tugatib, istefoga chiqqanlarni, shuningdek jazoni otab bolgan shaxslarni, mehnat va ishlab chiqarishning qayta tashkil etilishi, korxonalarning bankrot bolishi oqibatida ishdan boshatilgan kishilarni hamda aholining boshqa toifalarini ishga joylashtirish kabi masalalarni qamrab oladi. Ishlab chiqarishda kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga doir munosabatlar asosan xodimlarning oqishi, muayyan kasb yoki mutaxassislikka ega bolishi, shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan oz malakasini oshirishi jarayonida shakllanadi. Mehnat muhofazasi va mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat qilishga doir munosabatlar. Bu kabi munosabatlar amalda vakolatli davlat idoralarining korxonalarda mehnatni muxofaza qilish va mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat qilish jarayonida namoyon boladi.
Mehnat nizolarini hal qilishga doir munosabatlar. Bunday nizolar asosan mehnatni tashkil qilish, shart - sharoitlarini belgilash va ishlab chiqarishga tadbiq etish jarayonida yuzaga keladi. Kopincha mehnat nizolari ish beruvchi bilan xodim ortasida vujudga kelgan kelishmovchilik oz vaqtida hal qilinmagan taqdirda ro`yobga chiqadi. Ammo mehnat nizolari jamoa shartnomasini qabul qilish yuzasidan ham kelib chiqishi mumkin.
111.Mehnat shartnomas tushunchasi.
Ozbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 72-moddasida korsatilishicha, mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi ortasidagi muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozimga oid ishni, ichki mehnat tartibiga boysungan taraflar kelishuvi, mehnat tog’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Mehnat shartnomasi mazmun-mohiyati jihatidan kop qirrali bo`lib, birinchidan, fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini amalga oshirish shakli; ikkinchidan, mehnatga oid huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaruvchi va muayyan vaqt davomida amal qilishni taminlovchi asos; uchinchidan, mehnat huquqining instituti sifatida namoyon boladi. Bundan tashqari, mehnat shartnomasi fuqarolarni ishga qabul qilish, boshqa ishga otkazish hamda ishdan boshatishga oid normalar majmuini tashkil etadi. Mehnat shartnomasi, avvalo, fuqarolar tomonidan ularni Konstitutsiyada belgilangan mehnat qilish huquqlarini amalga oshirishning asosiy shakli hisoblanadi. Mehnat shartnomasining tushunchasi muhim ahamiyatga ega bolib, u shartnomaning
asosiy belgilarini oz ichiga qamrab oladi. Shuni alohida takidlash lozimki, bu tushuncha mehnat shartnomasiga yaqin bolgan boshqa turdosh fuqarolik-huquqiy shartnomalaridan farqini ajratib olish imkoniyatini beradi. Darhaqiqat, mazkur shartnomalarning amalda qollanishi fuqarolarning mehnat faoliyati bilan
uzviy bog’liq bolgani sababli uni tuzgan hodimlarga nisbatan mehnat haqidagi qonunlar tatbiq
etiladi. Shunday qilib, mehnat shartnomasi, birinchidan, xodim hamda ish beruvchining erki va
maqsadini ifoda etuvchi kelishuvdir; ikkinchidan, kelishuvga muvofiq, xodim qandaydir bir ishni
bir marta bajarish majburiyatini emas, balki muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozim boyicha biror bir ishni, aniqroq aytganda, muayyan mehnat vazifasini bajarish majburiyatini oladi; uchinchidan, kelishuvga muvofiq, xodim malum mehnat vazifasini muayyan korxona, muassasa, tashkilotda bajarish majburiyatini oladi.
112. Mehnat nizolari.
Umumiy qoidaga kora, mehnat shartnomasida taraflar shartlashib qoygan mehnat shartlarini ozgartirishga faqat xodim bilan ish beruvchi ortasidagi kelishuv boyicha yol qoyiladi. Shuning uchun qonunda ish beruvchi bilan xodim faqat istisno tariqasida, muayyan holatlar mavjud bolgan taqdirdagina, mehnat shartlarini bir taraflama ozgartirilishi nazarda tutilgan. Mehnat shartnoma taraflaridan birining talabi bilan mehnat shartlarini ozgartirishga MKning 89, 90-moddalarida nazarda tutilgan hollardagina yol qoyiladi. MKning 89-moddasiga muvofiq, ish beruvchi xodimning roziligisiz mehnat shartlarini faqat texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishdagi ozgarishlar, ishlar hajmining qisqarishi kabi sabablar xodimlar soni yoki ish hususiyatini ozgartirishga olib kelishi oldindan aniq bolgan hollardagina ozgartirishi mumkin.
113.Ish haqi.
Yagona tarif setkasi har bir xodimga bajarayotgan ishining murakkabligi va malakasiga
bogliq oz mehnati shuningdek, bajariladigan ishning hajmi va murakkabligiga qarab har bir lavozim boyicha aniq maosh belgilash imkonini beruvchi muayyan razryadlar diapazoni ham nazarda tutilgan. Shunisi ham muhimki, yangidan belgilangan stavka va maoshlar asosida joriy etilgan tarif setkasida ilgari amalda bolgan barcha qoshimcha haqlar, ustamalar, shu jumladan, rayon koeffitsientlari boyicha belgilangan tolovlar ham saqlanib qolgan. Boshqacha aytganda, har bir xodim egallagan lavozimi va malakasiga qarab mehnatga haq tolashning muttasil osib
borishida kelajagini yaqqol korish imkoniyatiga ega boladi. YAgona tarif stavkasini joriy etishda xodimning ayni vaqtda oladigan ish haqi yangi tarif setkasi joriy etilishi natijasida hisoblanadigan ish haqidan kam bolgan hollarda, xodimlar mehnatiga tolanadigan haq ozgarishsiz qoladi.
114.Kasaba uyushmalarining mehnat munosabatidagi o’rni.
Oʻzbekistonda K.u.ning huquqiy maqomi OʻzR Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, "Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida"gi OʻzR qonuni (1992 y. 2 iyul) va b. bilan belgilanadi. K.u.ga mehnat, unga haq toʻlash va b. tayin masalalarni hal qilish sohasida huquqlar berilgan. K.u.ning ustavlari "Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida"gi OʻzR qonunida belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi. Barcha K.u. teng huquklardan foydalanadilar. K.u. oʻz faoliyatida davlat boshqaruv idoralaridan, xoʻjalik idoralaridan, siyosiy partiyalardan mustaqil, ular oldida hisobdor emas va ular tomonidan nazorat qilinmaydi (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno). K.u.ning huquqlarini cheklaydigan yoki shu huquqlarning amalga oshirilishiga toʻsqinlik qiladigan tarzdagi har qanday aralashuv man etiladi. K.u. oʻz ustavlarida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga muvofiq ravishda boshqa mamlakatlarning K.u. bilan hamkorlik qilish, oʻz xohishiga koʻra, xalqaro va boshqa K.u. birlashmalariga va tashkilotlariga kirish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |