Limfa tizimi.
Limfa tizimi qon tomirlar sistemasiga qo`shimcha bo`lib,
ularning kapilyariga so`rila olmaydigan moddalarning to`qima va
hujayralaridan chiqarib turadigan qo`shimcha tomirlar tizimidir.
Limfa kapilyariga malekla ogirligi va hajmi katta bo`lgan moddalar
so`riladi.
Limfa to`qimalari qonning shaklli elementi bo`lgan limfotsit
ishlab chiqaradi.
Limfa tizimining quyidagi tarkibiy qismlari bo`ladi: limfa
kapilyari, limfa kapillyar to`ri, limfa tomiri, limfa tuguni, asosiy limfa
yo`li. Limfa kapilyari to`qimalardan qovuzloq shaklida berk
kengayma holatidan; boshlanuvchi naychalar tizimidan iborat, qon
tomir kapilyarlariga esa aksincha arteriyalar va venulalar bilan
bog`lanuvchi ikki tarafi ochiq naychadir.
Qon tomir kapilyari singari limfa kapilyarining devori ham bir
qator endoteliy hujayralaridan tuzilgan, lekin limfa kapilyarining
diametri kattaroq bo`ladi.
Ular quyidagi sohalarda uchraydi: bosh va orqa miyada, tog`ay
moddalarida, terining epidermis qavatida, ichki a`zolarning epiteliy
katlamida . Limfa kapilyari berk holatda boshlanib, bu limfa
kapilyarining to`rini hosil qiladi. Undan limfa tomiri boshlanib bu
tomirlar devori kalinlashadi va u sillik mushak tolalaridan tuzilgan
bo`lib, uning ichida limfa suyuqligini bir tomondan oqishini
ta`minlovchi klapanlar bo`ladi. Yirik limfa tomir vena qon tomiri
bilan birga joylashib ularning nomi bilan ataladi.
Limfa tomirlari ma`lum joylarda limfa tugunlariga bo`linadi.
Qo`lning limfa tomirlari asosiy limfa tomirlarida quyilguncha 5-8
marotaba limfa tugunlariga bo`linadi, oyoqda esa 8-10 marotaba limfa
tugunlariga bo`linib, so`ngra asosiy limfa yo`llariga quyiladi. Limfa
tugunlarining miqdori tuban darajadagi sut emizuvchi hayvonlardan
primatlarga qarab oshib boradi.Ular odamda ayniqsa ko`p bo`lib jag`
osti tutqichida, chov sohasida, qo`ltiq osti, tirsak va tizza osti
chuqurchasiga
uchraydi.
Limfa
tugunlari
zich
biriktiruvchi
to`qimalardan tuzilgan, kapsula bilan o`ralgan, bu kapsula limfa
tugunlarining ichiga to`siqlar chiqaradi, to`siqlar orasida limfosit va
magiz moddasi shaklida joylashadi, har bir limfa tugunchasiga bir
necha limfa keltiruvchi tomir quyiladi. Bu limfa keltiruvchi tomir
kapsulani teshib o`tadi, sinuslarga ochiladi. Limfa tugunlarida hosil
bo`lgan limfotsit qushilib tugunlardan chiqib ketuvchi tomirlardan
o`tadi. Olib chiqib ketuvchi limfa tomirlarini miqdori kamroq lekin
diametri katta bo`ladi. Lima tugunlarining vazifasi:
1. Limfotsit yetishadi
2. Limfa suyuqligi tozalanadi.
3. Antitela ishlab chiqaradi.
4. To`qimalar ushlanib qolib mexanik filtr vazifasini o`taydi.