Adabiyot.
Shayboniyxonning o’zi ham umri jang-u jadallarda o’tishiga qaramay, she’riyat va tarix fani bilan shug’ullanishga vaqt topgan. Uning she’riy devon tuzgani ma’lum. U hatto xattotlik bilan ham shug’ullangan. O’zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasida (tartib raqami 844) Kamoliddin Binoniy qalamiga mansub "Shayboniynoma" asarining Shayboniyxon ko’chirgan nusxasi saqlanadi. Ubaydullaxon ham ilmli va ma’rifatli hukmdor edi. U fors va turk she’riyatini yaxshi bilardi. Ayni paytda, o’zi "Ubaydiy" taxallusi bilan o’zbek, fors, arab tillarida ijod qilgan, she’rlar bitgan. Uning uch tilda bitgan she’rlaridan iborat uch devoni bir kitobga jamlangan. Ubaydiyning o’zbek tilidagi devoni 306 g’azal, 435 ruboiy, 25 qit’a, 13 tuyuqdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |