19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
471
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. “STEAM ta`lim tizimi nima?”
https://www.integer.uz/steam
2.
“STEAM
education
for
English
learners”
http://exclusive.multibriefs.com/
content/steam-education-for-english-
learners/education
3. “English Teachers: How You Can Use STEAM in Your Classroom By
Jennifer Gunn” https://resilienteducator.com/classroom-resources/steam-
lessons-englishclassroom/
19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
472
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA SIFATNING QIYOSIY
DARAJASI O‘RNI
Jo‘raqulov Ogahiy Yashin o'g'li
Muborak tuman 25-maktabi ingliz tili o‘qituvchisi
Asosan narsa-buyumning, qisman harakatning belgisini bildiruvchi
darajalanuvchi so‘z sifat deyiladi. Boshqa so‘z turkumlari ham belgi ifodalaydi.
Ammo sifat barqaror va turg‘un belgi ifodalash jihatidan ulardan ajralib turadi.
Sifat anglatadigan belgi boshqa turkumlar anglatadigan belgidan darajalanish
xususiyati bilan farqlanadi. Darhaqiqat, sifatlar belgining ortiq yoki kamligi
jihatidan farqlanib darajalarga bo‘linadi. o‘zbek tilida ham, Ingliz tilida ham
sifat darajalari mavjud bo‘lib, ular bir biriga juda o‘xshash. Olimlarimiz
tomonidan o‘zbek adabiy til grammatikasi hozirgi davrda ikki xil an’anaviy va
sistem ko‘rinishda o‘rganib kelinmoqda.
Sifat turkumining darajalarga bo‘linishi ham bu ikki yondashuvda xilma-
xillik kasb etgan. Masalan, an’anaviy tilshunoslikda sifat darajalari to‘rtga –
oddiy, qiyosiy, orttirma, ozaytirma darajalariga bo‘linsa, sistem tilshunoslikda
qiyosiy daraja ozaytirmaga qo‘shib yuborilgan. Ingliz grammatikasida esa
sifatlar oddiy (positive degree), qiyosiy (comparative degree), orttirma
(superlative degree) darajalar sifatida tasniflanadi. Oddiy daraja ikkala til
grammatikasida ham bir xil narsa predmetning belgi xususiyati qanday bo‘lsa
shundayligicha hech qanday o‘zgarishlarsiz, qo‘shimchalarsiz ko‘rsatiladi.
Orttirma daraja esa o‘zbek tilida to‘rt xil usulda hosil qilinadi. Bular oddiy
darajadagi sifatlarning birinchi bo‘g‘inidagi oxirgi undoshning M yoki P
undoshiga almashtirish orqali (ko‘m-ko‘k, tip-tiniq), tarkibidagi birinchi yoki
ikkinchi unlini cho‘zish orqali ( uzun, u-u-u-zun), sifat oldidan juda, g‘oyat.
nihoyatda, behad so‘zlari kelib, ma’noni kuchaytirish orqali (g‘oyatda go‘zal,
juda chiroyli), oddiy darajani chiqish kelishigi qo‘shimchasi yordamida
takrorlash orqali (kattadan katta, ko‘pdan ko‘p) yasash usullaridir. Ingliz
Do'stlaringiz bilan baham: |