“Qanday boshlasam, shunday tugataman” o‘yini
Bu o‘yinning
boshlanishi va oxiri bir xil tovush bilan bo‘ladi. Bu so‘zlarning ma’nosi bir xil
yoki har xil bo‘lishi mumkin. Eng muhimi qanday tovush bilan tugagan bo‘lsa,
shunday tovush bilan boshlanishi shart.
O‘yinning samaradorligini oshirish uchun uni turkum doirasida o‘tkazish
maqsadga muvofiqdir. Buni ayrim turkumlar doirasida ko‘rib chiqamiz: ot
turkumiga oid so‘zlar: aka, bob, katak, archa, tut (daraxt nomi), yoy, atala,
qoshiq ...; fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlar: tort, dod, tut (fe’ldagi tutmoq), shosh
...; sifat turkumiga oid so‘zlar: nodon, qochqoq, kichik, qattiq, lol, ko‘k, qaynoq
... Bu o‘yin turi o‘quvchini tez fikrlashga, xotirasidan kerakli so‘zni zarur paytda
topishga, xotirani mustahkamlashda yordam beradi.
“Koptok kimniki” o‘yini.
Bu o‘yin o‘tilgan mavzuga oid bilimlarni
mustahkamlashda ham, yangi mavzuga oid bilimlarni sinash jarayonida ham
o‘tkazilishi mumkin. O‘yinni o‘tkazish tartibi quyidagicha bo‘ladi. Sinf
xonasiga oldin koptok olib kirilgan bo‘lib, o‘qituvchi yoki biror o‘quvchi
koptokni qo‘liga olib, mavzuga doir biror savolni aytadi va koptokni sinfdagi
biror o‘quvchiga uloqtiradi.
19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
289
Koptokni olgan o‘quvchi savolga javob beradi va o‘zi savol aytib, uning
javobini aytishi uchun boshqa bir o‘quvchiga koptokni oshiradi. Koptokni olgan
o‘quvchi ishni yuqoridagi tartibda bajarib, uni boshqa o‘quvchiga oshiradi.
O‘yin
shu ketmaketlikda davom etadi va yakunlanadi. Koptokni ilib olgan o‘quvchi
ikkita vazifani bajaradi:
1. Berilgan savolga javob beradi.
2. O‘zi savol tuzib, koptokni boshqa o‘quvchiga oshiradi.
O‘yinning muhim ahamiyati shundaki, koptokni ilib olish va savolga
javob berish, savol tuzib boshqa o‘quvchiga oshirish jarayoni o‘quvchidan
topqirlikni, sezgirlikni, zukkolikni talab qiladi. Shu bilan birga o‘yin davomida
o‘quvchilar ma’lum darajada dam oladilar va keyingi ish turlari uchun kuch
to‘playdilar.
“5*5” o‘yini.
Bu o‘yinni tilning barcha sathlarida qo‘llash mumkin.
Shuningdek, leksikologiya bo‘limini o‘rganishda qo‘llasa bo‘ladi. Bu o‘yin 5 ta
shartdan tashkil topgan bo‘lib, shartlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1-shart. “Kim chaqqon” deb nomlanib. har bir guruhdan bir o‘quvchi
chiqib,doskada zid ma’noli so‘zlar topshirig‘ini bajaradi. To‘g‘ri va chaqqonlik
bilan yozgan guruh g‘olib hisoblanadi. 2-shart. Guruhlardan keyingi ishtirokchi
chiqib, mana shu so‘zlar qatnashgan gap tuzish topshirig‘ini bajaradi. 3-shart.
Ishtirokchilar zid ma’noli so‘zlardan bog‘li matn tuzish topshirig‘ini bajaradilar.
4-shart.
Zid ma’noli so‘zlar qatnashgan gap tuzish, maqollar aytish topshirig‘i
bajariladi. 5-shart. Adabiyotda zid ma’noli so‘zlar qanday san’atni hosil qilishi
mumkinligi aytiladi va misollar keltiriladi.
Ta’lim jarayoni, uni rivojlantirish va o‘zgartirish o‘qituvchi va sinf
o‘quvchilarining o‘zaro ochiq muloqoti va ishonchi muhitida samarali bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida qo‘llanadigan o‘yinlar qisqa vaqtga mo‘ljallangan bo‘lib,
guruh bo‘lib mashq qilishga odatlantiradi, oldindan tayyorgarlikni talab etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |