9-sinf uchun ona tili va adabiyot fanidan olimpiada savollari
1.Bog’langan qo’shma gap berilmagan qatorni toping.
A)Shu onda chiroq o’chdi va birdaniga o’q uzildi
B)Mana,sen ketding-u,bo’ldim xayolkash
S)Kishini tabiat vujudga keltiradi,ammo uni jamiyat kamol toptiradi
D) Yo`lchining ko`ngli quvonch bilan to`la, chunki Gulnor yonida edi.
2.Quyidagi gaplarning qay birida yuklama bog’lovchi vazifasida qo’llangan?
A)To’lagan ro’molchasini cho’ntagidan oldi va boshqatdan qatladi-da ,yana cho’ntagiga solib qo’ydi.
B)Yo’q , faqat meni bilishmaydi ,lekin boshqalarni,jumladan,seni ham,yaxshi bilishadi.
S)Gapni cho’zma,chunki hayot qisqadir. D)Mehnat qilsang, baxting ochiladi.
3.Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni aniqlang.
A)To’satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev paydo bo’ldi.
B)Bu daraxtning bo’yi baland,lekin mevasi kam.
S)Uzoqlardan keng vodiy quchog’idan goh ko’m-ko’k o’t bosib yotgan yaylovlar ko’rinadi,goh qop-qorong’u daralar ko’zga tashlanadi
D)Rejadagi zarur ishlarni amalgam oshirishga vaqt yetkaza olmayapman,sen bo’lsa faqat dam olaylik deysan
4.Ergash gapli qo’shma gap berilgan qatorni aniqlang
A)Tong paytida esadi yellar va soylarda suvlar shovullar.
B)Kamtar bo’l,chunki kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi
S)Nodon mol-dunyo yig’adi,aqlli odam bo’lsa boshqalarga yordam berib,bundan rohatlanadi.
D)Aziz Sultonov minbarga ko`tarildi hamda ta`sirli nutq so`zladi.
5.Bitta kesimlik belgisiga,mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo’lgan gap…
A)qo’shma gap S)murakkab qo’shma gap
B)sodda gap D) atov gap
6.Qanday gaplar tarkibida bosh gaplar mavjud bo`ladi?
A. Bog`langan qo`shma gaplarda
B. Ergashgan qo`shma gaplarda
S.Bog`lovchisiz qo`shma gaplarda
D.Qo`shma gaplarning barcha turlarida
7.Qo’shma gap qismlarini aniqlang.
A)so’z birikmasi S)sodda gaplar
B)so’z (gap bo’laklari) D)undalma
8.Kitob insondan hech narsani tilamaydi,
U odob-axloqning koni bilimning bulog’idir.Mazkur sodda gaplarni qaysi bog’lovchi vosita yordamida qo’shma gapga aylantirish mumkin?
A)Chunki S)-sa
B)shuning uchun D)deb
9.Qanday holatga ko’ra qo’shma gaplarni guruhlarga bo’lamiz?
A)mazmuniga ko’ra
B)qismlarning qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanishiga ko’ra
S)gap bo’laklarining ishtirokiga ko’ra
D)tuzilishiga ko’ra
10.”Alpomish” dostonida Boysaribiyning Boysun-Qo`ng`irot elida qancha yilqisi bor edi?
A. 90 to`qay B. 100 to`qay S. 10 000 ta D. 50 000 ta
11. “Qissasi Rabg`uziy” asarida Iblis nima uchun Ollohga osiy bo`lib, unung huzuridan quvildi?
A. Kibrga berilgani uchun B. Hasadgo`yligi uchun
S. Yolg`onchiligi uchun D. Ayyorligi uchun
12.“... Ana endi 16 urug’ qo’ng’irot elida bir chupronto’y bo’ldi . Xaloyiqlarni , elatiyalarni to’yga xabar qildi ...” “ Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada “ elatiyalar” deb kimlar nazarga tutilmoqda ?
A) Elatiya aholisi S) Elatiya qullari
B) ko’chmanchi chorvadorlar D) jazoga hukm etilganlar
13.A.Navoiy ilk devonini aniqlang?
A).Navodir un- nihoya B)Badoye ul-bidoya
S)Hayrat ul-abror D)Navodir-ush shabob
14. .A.Navoiy va Boburning aruz vazniga bag`ishlangan asarlarni ko`rsating?
A)“Muhokamatul-lig`atayin”,“Muxtasar” B)”Mezon ul-avzon”,”Mubayyin”
S) “Majolis-un nafois”, “Muxtasar “ D)“Mezon ul-avzon”,“Muxtasar”
15.A.Navoiy “Xamsa”dostonlarini yoza boshlagan va Bobur tug`ilgan yili – ikki o`zbek dahosiga tegishli sana qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
A)1483 B)1485 S)1476 D)1482
16. Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridagi hajm jihatdan eng katta doston qaysi?
A. “Farhod va Shirin” B.”Layli va Majnun”
S. “Sab`ai sayyor” D.”Saddi Iskandariy
17. Zahiriddin Muhammad Bobur g`azallariniung aksari qanday xususiyatga ega?
A. Vatan haqida B. Muhabbat haqida
S. Hasbi hol xususiyatiga ega D. Yo`l xotiralari haqida
18.Qaysi yuklamalar ba`zan biriktiruv bog`lovchilari bajargan vazifani bajaradi?
19. Bog`langan qo`shma gapda qiyoslanuvchi bo`lakdan so`ng keladigan so`zlar?
20. Ko`makchili qurilmalar qaysi gap tarkibida keladi?
21. Ergash gaplar bosh gapdan qanday tinish belgi bilan ajratiladi?
22..Navoiyning so`nggi asari nomini yozing?
23.”Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolotida qaysi mavzu haqida fikr yuritilgan?
24.”Sab`ai sayyor” asari qanday doston?
25.Farhodning ustozlari kimlar bo’lgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |