9 синф 2 variant
1. 1. Tilak bilan bitmagan bilim bilan bitar. 2. Omad kelsa, daraxtda ham non bitar. 3. Abdulla xatni chiroyli bitardi. Ushbu gaplarda qo‘llangan bitmoq so‘zlari ma’no munosabatiga ko‘ra o‘zaro qanday so‘z?
A) ma’nodosh so‘z B) so‘zning turli ma’nolarda qo‘llanishi C) ko‘p ma’noli so‘z D) shakldosh so‘z
2. Qaysi javobda mumtoz adabiyot janrlari ko‘rsatilgan? A) tuyuq, g‘azal, ruboiy. B) ruboiy, sonet, muxammas. C) libretto, g‘azal, sonet. D) tatabbu’, drama, muammo.
3. So‘z birikmasi berilgan qatorni toping.
A) ukam uchun B) imzo chekmoq C) men o‘qidim D) tor uy
4. "O‘git", "Yana yondim" she’rlari muallifi kim?
A) Fitrat B) G‘.G‘ulom C) Mirtemir D) U.Nosir
5. Qaysi gap tarkibida ikkita ibora qo‘llangan? A) O‘g‘lidan ko‘ngli to‘q bo‘lgach, yana nimanidir qidirmoqqa, tevaragiga alanglab qaramoqqa boshladi. B) Qizga o‘zbek qishlog‘ining bag‘ri keng odamlari juda yoqdi. C) Pilla xususida ko‘nglim to‘q, tili qisiqlik joyim yo‘q. D) Ikki g‘arib bir yoqadan bosh chiqargan edik.
6. Boshqaruv yo‘li bilan birikkan birikmani aniqlang.
A) tezda kelmoq B) mahallaning qariyalari C) go‘zal tabiat D) savat to‘qish
7. Qaysi javobda sof ko‘makchilar berilgan? A) kabi, tufayli, bo‘ylab B) tufayli, kabi, singari C) bilan, uchun, atab D) sayin, ko‘ra, qadar
8. "Po‘stagini qoqmoq " iborasining ma’nodoshi (sinonimi) ni belgilang.
A) talabchan bo‘lmoq B) ayovsiz tanqid qilmoq C) ozor yetkazmoq D) qattiq jazolamoq
9. Ajratilgan bo‘laklar qanday belgi bilan ajratib yoziladi? A) faqat vergul bilan ajratiladi B) faqat
tire bilan ajratiladi C) qo‘shtirnoq ichiga olinadi D) vergul yoki tire bilan ajratiladi
10. Vazifadosh ko‘makchilar berilgan qatorni toping. A) ost, ro‘para, bilan, kabi
B) ust, oldin, avval, qosh C) so‘ng, qarab, orqali, sari D) avval, qadar, bo‘ylab, deb
11. Chiqish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchilarni toping.
A) doir, qadar B) o‘zga, beri C) chog‘li, orqali D) uzra, tufayli
12. Shoir biror narsa yohud hodisani oldin sanab, so‘ng shu tartibda ularga tegishli o‘xshatishlarni tizib
chiqarsa qanday san’at hosil bo‘ladi? A) irsoli masal B) laf va nashr C) tanosib D) talmeh
13. Sof ko‘makchilar berilgan javobni toping. A) sari, sayin, so‘ng, boshida B) tomon, boshida,
uchun, orqali C) singari, misoli, haqida, bo‘yla D) sayin, sari, haqida, qadar
14. Bayon qilinayotgan fikrga so‘zlovchining xulosasini bildiruvchi so‘zlar qanday nomlanadi?
A) undov so‘z B) yuklama C) undalma D) modal so‘z
15. Bitishuv yo‘li bilan birikkan birikmani toping.
A) shahar ko‘chalari B) ilmga havas C) men uchun muqaddas D) fusunkor tabiat
16. Quyidagi misralarda qanday fikrlar ilgari surilgan? G`uncha ochilguncha o`tgan fursatni, Kapalak umriga qiyos etgulik. Ba`zida bir nafas olgulik fursat, Ming yulduz sonishi uchun yetgulik.
A) baxt haqida B) vaqt qadri haqida C) davr ruhi D) inson qqadri E) jamiyat ruhi
17. Quyidagi parcha qaysi asardan olingan? She`rim, yana o`zing yaxshisan. Boqqa kirsang gullar sharmanda. Bir men emas, hayot naqshisan, jonim kabi yashaysan menda.
A) Oybek, ,,Na`matak“ she`ridan B) Fitrat, ,,O`g`it“ she`ridan C) H. Olimjon, ,,O`zbekiston“ she`ridan D) Usmon Nosir, ,,She`rimga“ she`ridan E) to`g`ri javob yo`q
18. ,,Og`illardan yolchimagan benasib padar o`z shogirdlari o`gil deya topar tasalli.“
,,Mirzo Ulug`bek“ asaridan olingan bu misralarda kimlar nazarda tutiladi?
A) Umar Shayz Mirzo, Bobur Mirzo B) Amir Temur, Shohrux Mirzo C) Ulug`bek Mirzo, Ali Qushchi D) Bobur Mirzo, Xumoyun Mirzo E) Ulug`bek, Abdullatif
19. Quyidagi misralarda kimning kimga sog`inchi ifodalangan?
Kechqurun osh suzsang bir nasiba kam
Qo`msayman birovni, allakimimni
Doimo umidim bardam bo`lsa ham
Ba`zan vasvasalar bosar dilimni.
A) Onaning bolaga B) Do`stning do`stga C) Otaning bolaga D) Yigitning mahbubaga
E) Farzandning otaga
20. Uni o`lchash uchun “Oltindan tarozi, olmosdan tosh oz” bo`lgan qimmatli ne`mat nima?
A) Yaxshilik B) Vaqt C) Mehr D) Havo E) Sahovat
21. Cho`lpon ijodida she`riy to`plam qaysi?
A) ,,Maysalarni ayoz urganda” B) ,,Kuz taronalari” C) ,,Ko`ngil” D) ”Buloqlar”
22. Piri Zindoniyning asl ismi va kasbi nima?
A) Hasan, chilangar B) Piri Zindoniy, dehqon C) Yigitali, hunarmand D) Shahriyor, etikdo`z
E) Berdiyor, sipohiy
23. Cho`lponning ,,Kecha va kunduz“ romanidagi olamga hayrat ko`zi bilan qaragan sodda inson timsoli sifatida tasvirlangan qahramon kim?
A) Akbarali B) Qurvonbibi C) Zebi D) Sultonxon E) Poshshaxon
24. Inson ozodligi, erki masalasi Usmon Nosirning qaysi asarida ifodalangan?
A) ,,Bo`g`im” B) ,,Nil va Rim” C) ,,Naqshon” D) ,,Monolog” E) ,,Na`matak”
25. S. Ahmadning ,,Ufq” asarida qaysi xalq hayoti ifodalangan?
A) O`zbek xalqi B) Turkiy xalqlari C) Qadimiy turklar D) O`zbek va rus xalqi
E) A,S,D javob to`g`ri
Do'stlaringiz bilan baham: |