10-sinf ona tili va adabiyotdan kirish testi
1.Adabiy tilning qanday shakllari mavjud?
A) xalq shevalari va adabiy til B) og’zaki adabiy til va yozma adabiy til
C) so’zlashuv,ilmiy,badiiy, rasmiy uslublar D) milliy til va adabiy til
2.Ichiqora, haqqi yo’q, mazza kabi birliklar asosan qaysi uslubga xos?
A) so’zlashuv uslubiga B) publitsistik uslubga
C) badiiy uslubga D) rasmiy uslubga
3.Quyidagi so’zlarning qaysi biri faqat badiiy uslubga xos?
A) kabi B) yanglig’ C) misoli D) singari
4.Quyidagi gaplardan ilmiy uslubga tegishlisini belgilang.
A) Qani endi, barchasi ham senga o’xshasa.
B) Mayin shamol daraxt yaproqlarini asta tortqilaydi.
C) Mushfiq onaning hasratlari bir dunyo edi.
D) Yonishning tashqi belgisi issiqlik va yorug’lik chiqishidir.
5.Uslubiy jihatdan betaraf so’zlar qatorini belgilang.
A) ajoyib, ajib,dushvor, udum B) iltijo, chehra, zurriyot, hozirlamoq
C) aytmoq, odat, odam, yorug’ D) mushkul, bashara, sohib, xasta
6.Quyidagi so’zlarning qaysi biri takrorlanganida g’iybat ma’nosi yuzaga keladi?
A) bor B) yo’q C) dedi D) ochiq
7.Quyidagi matn qaysi uslubga xos?
Bo’yginangdan onang o’rgilsin! Baxtingga tasadduq bo’lay, bolaginam! Aspiranturang bitdimi?
publitsistik uslub B) so’zlashuv uslubi C) ilmiy uslub D) rasmiy uslub
8.Borolmadim: ishim chiqib qoldi. Erta boraman. Ushbu gaplar qaysi uslubga xos?
A) badiiy B) so’zlashuv C) rasmiy D) publitsistik
9.Obrazlilik, tasviriy ifoda vositalariga boylik qaysi uslubga xos xususiyat?
A) rasmiy B) so’zlashuv C) badiiy D) publitsistik
10.Qaysi javobda publitsistik uslubga to’g’ri ta’rif berilgan?
A) atamalarga tayanib, fikrni aniq va ixcham shaklda bayon qiluvchi uslub
B) voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali ifodalash uslubi
C) ommaviy axborot vositalari uslubi
D) ish yuritish qog’ozlari uslubi
11.”Sen bu kun sinfda shod yurak bilan Sinov navbatini kutib turasan.
A’lo mamlakatning a’lo farzandi, Bilib qo’yki, seni Vatan kutadi!”
She’r muallifi qaysi javobda berilgan?
A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov C) G’afur G’ulom D) Muhammad Yusuf
12.”Rustamxon dostoni yakunida o’z xatolarini tushunib yetgan hamda xotini va o’g’lidan kechirim so’ragan qahramon qaysi qatorda berilgan?
A) Rustamxon B) Sultonxon C) Hasanxon D) Go’ro’g’li
13.”Rustamxon” xalq dostonlarining qaysi turiga mansub?
A) qahramonlik dostoni B) jangnoma doston
C) tarixiy doston D) ishqiy-sarguzasht doston
14.”Rustamxon” dostonida “Ajab suratli bir qiz, jamoli kunni xira qilguday, har kim husnini ko’rsa, aqli ketib, otdan yiqilib qolguday”, deya ta’riflangan qahramon kim?
A) Huroyim B) Oftoboy C) Guloyim D) Oqqiz
15.Ovqat, taom, oziq,tomoq, xo’rak, yemish, ne’mat. Ushbu sinonim so’zlardan qaysi biri faqat odam iste’mol qiladigan ovqatni ifodalash uchun qo’llanadi?
16.Yog’iy, isnod, g’o’ch so’zlarining ma’nolarini aniqlang.
17.Ma’dan, imon,guhar,gulshan,samara so’zlarining ma’nolarini izohlang.
18.”To’nyuquq” bitiktoshida oltin, kumush, tuyaga nisbatan qanday sifatlashlar qo’llangan?
19.”Rustamxon” dostonida Sultonxon farzandi tug’ilsa, oldiga:”Suyunchi”, - deb chiqqan kishiga qaysi mansabni berishini aytadi?
20.Toshbitiklar nima uchun O’rxun Enasoy nomi bilan atalgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |