19. Mevali daraxtlar ko‘p hosil qilsa, qish qattiq keladi. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lagan vositani aniqlang.
20. Shunday yashaylikki, hamma havas qilsin. Bosh gapdagi ko‘rsatish olmoshi qaysi gap bo‘lagi vazifasini bajaryapti?
21. Shu mo‘jaz uyimda yonsin deb chiroq,
Ne aziz zotlarga yondoshdim gohi. Qoshma gap tarkibidagi sodda gaplar qaysi vosita yordamida bog‘lanyapti?
22. Ko‘makchili qurilmalar ergashgan qo‘shma gapning qaysi gapi tarkibida keladi?
23. Aytar so‘zingni bilib ayt, chunki uni ortga qaytara olmaysan. Qoshma gapni bog‘lovchi vositani aniqlang.
24. Ergashga qo‘shma gap qanday qismlardan tashkil topadi?
25. Ilmsiz inson – mevasiz daraxt, shuning uchun hamisha ilmlilar safida bo‘lishga intil. Qoshma gap turini aniqlang.
Javoblar
19. Shart mayli shakli
20. Aniqlovchi
21. “deb” so‘zi
22. Bosh gap tarkibida
23. Ergashtiruvchi bog‘lovchi
24. 2 qismdan: bosh va ergash gapdan
25. Ergashgan qo‘shma gap
Do'stlaringiz bilan baham: |