9-sinf NAZORAT ISHI 3
1. Qaysi kimyoviy element hayvon hujayralarida biologic katalizatorlar tarkibida biokimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradi? A) Ca B) Mg C) Fe D) P
2. Mikroskopning ko'rish kuchi qanday aniqlanadi?
A) ikki nuqtani farq qilish uchun zarur bo'lgan maksimum masofa bilan
B) ikki nuqtani farq qilish uchun zarur bo'lgan minimum masofa bilan
C) obyektivva okulyardagi sonlarning ko'paytmasi bilan
D) obyektiv va okulyardagi sonlarning yig'indisi bilan
3. Mikroskop ko'rish kuchining chegarasi nimaga teng?
A) yorug'lik to'lqin uzunligining yarmiga
B) yorug'lik to'lqin uzunligining 1/3 qismiga
C) obyektiv bilan preparat orasidagi masofaga
D) obyektiv va okulyardagi sonlarning ayirmasiga
4. Qanday organizmlarda DNK sitoplazmada joylashgan bo'lib membrana bilan o'ralmagan?
A) prokariot B) eukariot C) zamburug’da D) o’simlikda
5. Faqat prokariot hujayrada uchraydigan organoid qanday nomlanadi?
A) plazmidaB) mezosoma C) hivchin D) valkuol
6. Qaysi organizmlarning DNKlari oqsillar bilan birga komplekslar hosil qilmaydi?
A) achitqi B) vertitsill C) bakteriya D) zamburug'
7. Nerv hujayralarida hosil bo'ladigan qo'zg'alishlarning o'tishi qaysi kimyoviy elementlarga bog'liq?
A) Na, K, CI B) Na, K, Ca C) Fe, Mg, K D) Na,K, Fe
8. Qaysi element jinsiy gormonlarning faolligini oshiradi?
A) Ca B) Zn C) FeD) Na
9. Qon hosil bo'lishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan elementni belgilang.
A) Fe B) Zn C) MgD) Na
10. Ca va P tuzlarining asosiy qismi qaysi to'qimani hosil qilishda ishtirok etadi?
A) muskulB) nerv C) suyakD) epiteliy
11. Mitoxondriya tarkibidagi qanday moddaning mavjudligi ularni bo'linish yo'li bilan tezda ko'payishiga imkon yaratadi?
A) DNK B) DNK,RNK C) oqsil D) DNK, oqsil
12. Transpiratsiya nima?
A) o'simliklardan suv bug'lanishi B) moddalarning membrana orqali o'tishi
C) oqsil haqidagi axborotning DNKdan i-RNKga ko'chirilishi D) hayvonlaming migratsiyasi
13. Qaysi ilmiy-tadqiqot usuli biologiyada qo'llanishi Darvinning nomi bilan bog'liq?
A) kuzatish B) tarixiy C) taqqoslash D) experimental
14. Jonsiz tabiatdagi jismlarga xos bo'lmagan xususiyatni belgilang.
A) oqsillartiklanib turadi B) tashqi muhit ta'sirida o'zining sifat ko'rsatkichlarini yo'qotadi
C) o'zgarishlarga uchraydi, yangi sifat belgilarni hosil qiladi
D) tashqi muhit bilan o'zaro ta'sir ularning yemirilishiga olib keladi
15. Tiriklikning qaysi xususiyati gomeostaz bilan bog'liq?
A) o’zini-o’zi idora etish B) o’zini-o’zi tiklash C) o'sish va rivojlanish D) qo'zg'aluvchanlik
16. Nima sababdan barcha tirik organizmlar ochiq tizim hisoblanadi?
A) tashqi muhit bilan moddalar, energiya va axborot almashuniviga ega
B) tashqi muhitdan organik moddalar olganligi uchun
C) o'z-o'zidan ko’payishi sababli
D) tashqimuhitga anorganik moddalarni ajratganligi uchun
17. ... tiriklikning tuzilish darajalarini tashkil qilmaydi. 1) molekula; 2) atom; 3) hujayra; 4) turkum;
5) to'qima; 6) sinf; 7) biosfera; 8) biogeosenoz; 9) avlod;
A) 2, 4, 6, 9 B) 1, 3, 5, 7, 8 C) 1, 2, 3, 4 D) 5, 6, 7, 9
18. Hujayra tuzilish darajasiga ko'ra barcha tirik organizmlar ... bo'linadi.
A) virus va prokariotlarga B) virus va eukariotlarga
C) faglar va zamburug'larga D) bir va ko'p hujayralilarga
19. Qaysi olim hujayrasiz hayot yo'qligi haqida fikr yuritgan?
A) R. Virxov B) YA. Purkinye C) B. Broun D) M. Shleyden
20. Qaysi usul yordamida organoidlarning fazoviy uch o'lchamli tasvirlarini olish imkoniyati paydo bo'ldi?
A) elektron mikroskopiya B) sitokimyo C) sentrifugalash D) yorug'lik mikroskopiyasi
21. Bakteriyalarning irsiy axboroti hujayraning qaysi qismi bilan bog'fiq va u qayerda joylashgan?
A) bitta aylana shakldagi DNK molekulasi bilan bog'liq,sitoplazmada joylashgan
B) ikkita aylana shakldagi DNK molekulasi bilan bog'liq, yadroda joylashgan
C) bitta ipsimon DNK molekulasi bilan bog'liq, sitoplazmada Joylashgan
D) bir nechta uzun DNK va RNK molekulalari bilan bog'liq, tashqi membranada joylashgan
22. Amyobasimon shaklli hujayrani aniqlang.
A) leykotsit B) eritrotsit C) gepatotsit D) trombotsit
23. Hujayra kiritmalarining organoidlardan farqini aniqlang.
A) yadroning doimiy qismi B) sitoplazmaning doimiy bo'lgan, malum vazifani bajaradigan qismi
C) hujayraning hayot faoliyati jarayonida goh paydo, goh yo'qbo'lib turadigan, sitoplazmaning doimiy bo'lmagan qismi
D) sitoplazmatik membrananing o'simtalari
24. Bakteriofag nima?
A) bakteriyaning shakli B) bakteriyalar chaqiruvcbi kasallik nomi
C) bakteriya virusi D) bakteriyaning to'payish turi
25. O'z-o'zidan ko'paya oladigan organoidni aniqlang. A) lizosoma B) ribosoma C) sentriola D) golji majmuasi
Do'stlaringiz bilan baham: |