Kelgusi rejalar.
O’qituvchi: olgan bilimlarini xuddi shunday guruhlarga yetkazadi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).
Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo’linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so’zlari yozilgan shakllar.
Baholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar.
Mavzu: Fransiyaning ichki siyosati.
Uchinchi Respublika ichki siyosati. Respublika hukumati ichki siyosatda bir qator muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Chunonchi, 1881-1882-yillarda ta’lim to’g’risida qonunlar qabul qilindi. Unga ko’ra maktab cherkovdan ajratildi. Ta’limning dunyoviyligi ta’minlandi. 13 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun majburiy bepul ta’lim joriy etildi. Maktablarda ta’lim maxsus davlat dasturlari asosida olib boriladigan bo’ldi. Oliy pedagogik bilim yurtlarida o’qituvchi kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Majburiy ta’lim dasturida o’g’il bolalar uchun gimnastika majburiy deb belgilandi. Bundan o’smirlarni bo’lajak harbiy xizmatga jismonan yetuk qilib tayyorlash maqsadi ko’zda tutilgan edi. Qiz bolalar uchun litseylar ochildi. Maxsus oliy o’quv yurtlarida ayol o’qituvchilar tayyorlana boshlandi. 1884-yilda kasaba uyushmalarining erkin faoliyatiga hamda ish tashlashga ruxsat etuvchi qonun ham qabul qilindi. Ishchilar o’z kasaba uyushmalari va mehnat birjalarini tuzdilar. Ular ishsizlar va ish tashlovchilar haqida g’amxo’rlik qila boshladilar. Munitsipal kengashlarga o’z merlarini saylash huquqi berildi. Bungacha ular markaziy hokimiyat tomonidan tayinlanar edi. Siyosiy ahvol. Mamlakatda Respublikani mustahkamlash tobora chuqur qaror topa bordi. 1876-yilgi Senatga bo’lgan sayovlarda respublikachilar qo’li baland keldi. Mak Magon iste’fo berdi. Jyul Grevi prezident etib saylandi. Monarxiyani tiklashga urinishi behuda ketdi. Ichki siyosiy hayotning o’ziga xos bir xususiyati-bu, ko’pfirqalikning qaror topganligi bo’ldi. Ularning ichida Radikal, Sotsialistik va Respublikachilar firqasi yetakchi nufuzga ega edi. 1887-yilgi siyosiy tanglikdan keyin Jyul Grevi o’rniga Sadi Karno (1887-1894) prezident bo’ldi.
Chunonchi, mehnat qonunlari Kodeksiga ko’ra, ish vaqtida olingan jarohat uchun to’lov to’lanadigan bo’ldi. Haftada bir kun-dam olish kuni joriy etildi.1910-yilda esa pensiya haqida qonun qabul qilindi. Unda pensiya yoshi 65 yosh deb belgilandi (bu ko’rsatkich Germaniya va Angliyada 70 yosh edi). Ijtimoiy harakatda ikki asosiy oqim mavjud edi. Ularning biri-jamiyatni parlament yo’li bilan (islohotlar orqali) qayta qurish, ikkinchisi esa noqonuniy yo’l bilan (qurolli qo’zg’olon) qayta qurish yo’li edi. Ikkinchi yo’l bora-bora o’z ta’sirini butunlay yo’qotdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |