1) Ishlab chiqarish sohasida monopoliyalarning vujudga kelganligi.
Monopoliya-ishlab chiqarish yoki savdoning bir sohasida yakka hukmronligi egallab olingan ulkan korxona yoki shunday korxonalar birlashmasi edi. Monopoliyalar industrial davlatlarning barchasida vujudga kelgan edi. Ular Kartel, Sindikat, Trest va Konsern shaklida mamlakat xo’jaligining u yoki bu sohasida hukmron edilar. Masalan, 1893-yilda Germaniyada tashkil topgan Reyn-Vestfaliya ko’mir sindikati mamlakatda qazib olinadigan va sotiladigan ko’mirning 86,7% ni o’z qo’lida to’plagan. 1896-yilda Germaniyada monopoliyalar soni 250 tadan ortiq edi. 1900-yilda AQShda esa 185 ta monopoliya faoliyat ko’rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |