9-Sinf jahon tarixi Tarix fani o’qituvchisi: 1-Mavzu



Download 0,6 Mb.
bet64/67
Sana29.12.2021
Hajmi0,6 Mb.
#82342
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
9 sinf jahon tarixi fanidan konspekt

Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa


I.Tashkiliyqism: Salomlashish,davomatnianiqlash,sinftozaliginikuzatish,diyorimizdavadunyodabo`layotganvoqealarbilano`quvchilarnitanishtirish.

II.O`tilganmavzunitakrorlash: O`tilganmavzunitakrorlashuchuno`quvchilarga topshiriqlar beriladi.


XIX asr o`rtalarigacha Angliya Davlati







Faol guruh va o`quvchilar baholanib boradi.



III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Irlandiya muammosi. 2.1911-yilgi parlament islohoti 3.Ijtimoiy haharakat

tushintirishBuyuk Britaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti AQSH va Germaniyaga nisbatan pasayayotgan bo'lsa-da, harbiy jihatdan hamon dunyoning eng qudratli davlati bo'lib qolayotgan edi. Qudratli har¬biy dengiz floti Buyuk Britaniyani dengizda tanho hukmron davlatga aylantirgan edi. Shu qudrat tufayli, Buyuk Britaniya XIX asrdan boshlab dunyoning barcha qit'alarida juda katta hududlarni bosib oldi va ularni o'z mustamlakasiga aylantirdi.XIX asr oxiriga kelganda, mustamlakalarga aylantirilgan hududlar 33 mln. kv. km.ni tashkil etdi. Ularda qariyb 370 mln.ki¬shilik aholi yashardi.

Mustamlakalardan keladigan daromad olinayotgan foydaning katta qismini tashkil etardi.

O'sha davr tarixchilari Buyuk Britaniya uchun mustamlakalarning ahamiyati haqida obrazli qilib bunday deb yozgan edilar: „Hindiston Buyuk Britaniyani boquvchi enaga. Misr esa Britaniya imperiyasi boshiga kiydirilgan tojdir".Britaniyaning dengizdagi tanho hukmronligi hatto mamlakat madhiyasida ham o'z ifodasini topgan edi. Buyuk Britaniyaning o'g'lonlari va qizlari madhiyadan o'rin olgan „Britaniya, dengizlarni boshqar, hukmronlik qil!" degan satrlarni mag'rurlik bilan ijro etardilar. Iqtisodiy jihatdan Buyuk Britaniyaning eng ilg'or mamlakat sifatidagi mavqeyining pasaya borishi uni yangi-yangi mustamlaka¬lar bosib olishni kuchaytirishga undadi.Ayni paytda esa, avvalgi mustamlakalarda o'z mavqeyini yanada mustahkamlashga intildi.1875-yilda dastlab Misr hukumatidan O'rtayer dengizidan Hind okeaniga chiqishga imkon beruvclii Suvaysh kanalining 45% aksiyasini sotib oldi.Tez orada, kanalning boshqa, xususiy kishilar qo'lida to'plangan aksiyalarini ham qo'lga kiritdi.Shu orqali Hindistonga chiqadigan dengiz yo'llari nazorati to'la Britaniya qo'liga o'tdi.1876-yilda esa Britaniya o'z qirolichasi Viktoriyani Hindistonning imperatori deb e'lon qildi.Shu tariqa, Buyuk Britaniya imperiyasi tashkil etildi.Endilikda Buyuk Britaniya imperiya deb, parlamenti esa imperiya parlamenti deb yuritiladigan bo'ldi.Buyuk Britaniya o'z oldiga O'rta Osiyoni ham egallash maqsadini qo'ygan edi.Ayni paytda, Yer sharining bu mmtaqasiga podsho Rossiyasi ham da'vogarlik qilmoqda edi. Podsho hukumatining maqsadi O'rta Osiyoni egallash orqali Afg'onistonga chiqish va shu orqali Hindistonga bevosita tahdid solib turish imkoniga ega bo'lish yo'li bilan xalqaro masalalarda Buyuk Britaniyani yon berishga majbur etish edi. Podsho Rossiyasi O'rta Osiyo davlatlarini bosib olish uchun harakat boshlagani Buyuk Britaniyani tashvishga solmay qolmadi.Nihoyat ikki davlat manfaatlarining o'zaro mushtarakligiga erishishdi. Ayniqsa, Germaniya bilan Buyuk Britaniya ziddiyatlari kuchaydi.Shunday sharoitda Buyuk Britaniya Germaniyaga qarshi boshqa davlatlar bilan „til topish" yo'lini izlashga majbur bo'ldi.1901-yilda Panama kanali masalasida AQSHga „yon berdi" va AQSH-Kanada chegara masalalarini hal etdi. 1902-yilga kelib, Yaponiya bilan shartnoma imzoladi va unga katta moliyaviy yordam ko'rsatdi. 1904-yili Buyuk Britaniya bilan Fransiya o'rtasida shartnoma tuzilib, u Antanta nomini oldi.1907-yilda Buyuk Britaniya-Rossiya bitimi tuzildi.1906-yilda Hindiston Milliy Kongressi partiyasi Hindistonga o'z-o'zini boshqarish huquqini berishni talab qilib chiqa bosh¬ladi.Uning da'vati bilan Britaniya tovarlariga boykot e'lon qilindi.Hind xalqiga qarshi terror siyosati kuchaytirildi.




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish