Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliyqism: Salomlashish,davomatnianiqlash,sinftozaliginikuzatish,diyorimizdavadunyodabo`layotganvoqealarbilano`quvchilarnitanishtirish.
II.O`tilganmavzunitakrorlash: O`tilgan mavzuni takrorlash uchun o`quvchilarga tarqatma savollar beriladi.
1.Fransiya tarixida birinchi va ikkinchi respublika o`rnatilgani qachon?(birinchi 1792-1804,ikkinchi-1848-1852 yillar)
2.Inqilob bu- …(jamiyat hayotidagi yuz bergan tub o`zgarishlar)
3.Fransiyada inqilob natijasida qanday hukumat tuzildi?(general Troshyu boshchiligida Muvaqqat Milliy mudofaa hukumati tuzildi.)
4.1870-yil 18-mart kuni Parij mehnatkashlari qo`zg`olonining sababi nimada?(Tyerning milliy gvardiyani qurolsizlashtirishga bo`lgan buyrug`i)
5.Parij Kommunasi,bu…
6.Kommunasi bu …
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Iqtisodiy ahvol
2.Hokimyat uchun. 3.Uchinchi Respublikaq Konstitutsiyasi.
XIX asr so'nggi choragida Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashdi. Chunonchi, dunyoda sanoat ishlab chiqarish hajmi bo'yicha ikkinchi o'rindan to'rtinchi o'ringa tushib qoldi.Xo'sh, Fransiya iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashuvining asosiy sabablari nimalardan iborat edi?Avvalo, Fransiyaning hamon mayda tovar ishlab chiqaruvchilar davlati bo'lib qolayotganligi import hajmining eksportdan ortiq bo'lishiga olib kelgan.Bu esa o'z navbatida ichki bozorning cheklanishiga sabab bo'lgan.Ikkinchidan, Fransiya tabiiy boyliklari kam davlat edi.Uchinchidan, Prussiya bilan bo'lgan urush Fransiyaga juda katta moddiy talafot yetkazdi.Urushda Fransiya 13 mlrd.frank zarar ko'rdi. To'rtinchidan, ichki siyosiy vaziyatning beqarorligi mamlakat iqtisodiy ahvoliga katta salbiy ta'sir ko'rsatdi.Beshinchidan, dehqonlar xarid quvvatining pastligi sanoat ishlab chiqarishi o'sishiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan edi.Oltinchidan, Fransiya chetga ko'p kapital chiqarib yuborgan edi.Bu sarmoyadorlarga katta foyda keltirardi.Shuning uchun ham sarmoyadorlar (kapitalistlar) o'z sarmoyalarini (kapitalini) mamlakat ishlab chiqarishiga emas, balki chetga (katta foiz evaziga, albatta) chiqarishni afzal ko'rgan.1875-yil Uchinchi Respublika Konstutsiyasi qabul qilindi.Unga ko'ra prezidentlik lavozimi saqlab qolindi. Ayni paytda ikki palatali (Deputatlar palatasi va Senat) parlament (Milliy Majlis) tashkil etildi. Uning vakolat muddati 4 yil etib belgilandi.
Hukumat a'zolarini prezident tayinlasa-da, ular parlament oldida javobgar edi.„Marselyeza" qo'shig'i mamlakat madhiyasi etib belgilandi.Buyuk fransuz inqilobi boshlangan (1789-yil) 14-iyul fransuz xalqining Milliy bayram kuni deb e'lon qilindi. O'sha davr uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan qator huquq va erkinliklar e'lon qilindi. Xususan, matbuot va yig'ilish o'tka- zish, siyosiy tashviqot bilan shug'ullanish kabi erkinlik va huquqlar shular jumlasidandir. Lekin, xotin-qizlarga saylov huquqi berilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |