Mavzu: GFR xo’jaligi.
REJA:
Metallurgiya sanoati
Transporti
Tashqi iqtisodiy aloqalari
4
|
Mustahkamlash
|
10
daqiqa
|
Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash.
O’z-o’zini baxolash
Xaritalar bilan ishlash
|
5
|
Yakuniy qism
|
daqiqa
|
O’quvchilarni baholash;
Uyga vazifa
|
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish
tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish
Honani darsga tayyorlash
O’quvchilar davomatini aniqlash
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari
2. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa.
O’tilgan mavzuni so’rab baholash:
Germaniya Federativ Respublikasining geografik o‘rni hamda tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligini baholab bering.
Germaniya mehnat resurslarining sifat ko‘rsatkichlari yuqori darajaga ega ekanligi qanday omillar bilan bog'langan?
Germaniya — Yevropada eng rivojlangan davlat, iqtisodiy rivojlanganligi darajasi bo‘yicha jahonning uchinchi mamlakati ekanligi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
Yangi mavzu bayoni
Hozirgi Germaniya — jahonning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri. Ichki yalpi mahsulot va sanoat ishlab chiqarish hajmi bo'yicha u rivojlangan davlatlar ichida AQSH va Yaponiyadan keyingi uchinchi o'rinni egallaydi. Tashqi savdo aylanmasining hajmi bo‘yicha jahonda AQSH dan keyin ikkinchi o'rinda turadi.
Germaniya energetikasi o‘z ehtiyojlarining yarmidan ko‘pini import hisobiga qondiradi. Nefl va gaz asosiy ahamiyatga ega. Ко‘mirning hissasi 30% ga yaqin.
Neft tankerlarda va neft quvurlari orqali Shimoliy dengiz, Rossiya, Afrika davlatlari (Nigeriya, Liviya), Fors ko‘rfazi davlatlaridan keltiriladi. Neftni qayta ishlash zavodlari mamlakat bo‘ylab bir tekis joylashgan. Eng yirik markazlar — Gamburg, Kyoln, Karlsrue, Shvedt va boshqalar.
GFR da elektroenergiyaning asosiy qismi issiqlik elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi. IES lar Rur va Saar havzalarida, port shaharlarida — ko‘mirda, neftni qayta ishlash markazlarida — mazutda ishlaydi, boshqa IES lar esa aralash yoqilg‘ida ishlaydi. Keyingi vaqtda mahalliy ko‘mirga nisbatan Avstraliyadan arzon bahoda olib kelinayotgan ko‘mirning ahamiyati oshib bormoqda.
AES larda elektr quwatining 30% i ishlab chiqariladi (ular ko‘mir havza- larining chegarasidan tashqarida qurilgan). GES lar asosan mamlakatning janubida (tog‘ daryolarida) joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |