9 sinf. Fan: Geografiya Mavzu: Fanning maqsadi vavazifalari darsning texnologik xaritasi


Xalqaro geografik mehnat taqsimoti



Download 167,89 Kb.
bet26/42
Sana02.06.2022
Hajmi167,89 Kb.
#630893
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
Bog'liq
9-sinf konspekt 0

Xalqaro geografik mehnat taqsimoti ayrim mamlakatlami ma’lum turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga, shular bilan keyinchalik ayirboshlashga ixtisoslashganligini anglatadi.
Geografik mehnat taqsimotining eng asosiy natijasi — bu xalqaro ixtisoslashuv tarmog‘idir. Ayrim mamlakatlaming ma’lum turdagi mahsulotlami ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashganligi ulami o‘zining ichki ehtiyojlaridan ortiqcha miqdorda ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni taklif etishni taqozo qiladi. Shuning oqibatida xalqaro ixtisoslashuv tarmoqlari, ya’ni eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi, mamlakatning xalqaro geografik mehnat taqsimotidagi o‘mini belgilab beruvchi tarmoqlar shakllanadi.
Shunday qilib, XIX asrning 2-yarmida keng miqyosda temiryoilarning barpo qilinishi va dengiz transportining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi quruqliklar va materiklarni bog‘ladi hamda jahon savdosi va jahon xo‘jaligining shakllanishini ta’minladi. Lekin, jahon xo‘jaligining rivojlanishida asosiy rolni XVII—XIX asrlarda G‘arbiy Yevropa va AQSH da barpo etilgan yirik mashinalashgan sanoat o‘ynadi. Demak, jahon xo‘jaligi XIX asr oxiri va XX asr boshida yirik mashinalashgan sanoat dengiz transporti va jahon bozorining taraqqiyoti natijasida vujudga keldi.
Jahon xo‘jaligi — bu bir-biri bilan umumjahon iqtisodiy munosabatlari orqali bog‘langan dunyodagi barcha mamlakatlar milliy xo‘jaliklarining majmuyidir.
Jahon xo‘jaligining geografik «modeli» kundan kunga murakkablashib bormoqda. XIX asrning oxirigacha barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir markaz — Yevropa yaqqol ko‘zga tashlanar edi. Undan keyin ikkinchi jahon markazi — AQSH vujudga keldi va yetakchi rolni o‘ynay boshladi.
Ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan davrda jahon xo'jaligining yangi markazlari — sobiq Ittifoq va Yaponiya vujudga keldi. Undan keyingi yillarda Xitoy va Hindiston, Kanada, Avstraliya va Braziliya, Janubi-g'arbiy Osiyoning neft qazib oluvchi mamlakatlari singari yangi iqtisodiy markazlar shakllana boshladi. So‘nggi chorak asrda jahon xo‘jaligida to‘rt «Osiyo yo‘lbarslari» — Koreya Respublikasi, Tayvan1, Gonkong2 va Singapur sahnaga chiqdi. Mazkur hududiy o'zgarishlar natijasida Osiyo — Tinch okeani mintaqasining jahon xo‘jaligidagi salmog‘i yana ham oshdi, ahamiyati kuchaydi. Jahon xo‘jaligi hozirgi vaqtda ko‘p markazli xususiyatga egadir. U bir markazlidan ikki markazliga (Yevropa, AQSH), keyinchalik ko‘p markazli xo'jalikka aylandi. Hoziigi vaqtda jahon xo‘jaligi tarkibida 10 ta eng muhim markazlami ajratish mumkin. Bulaming ichida Yevropa va Shimoliy Amerika (AQSH, Kanada) eng katta iqtisodiy salohiyatga ega. Birinchi markazga butun jahon miqyosida ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning (YalM) 30,7% i, ikkinchi markazga —28,9% i to‘g‘ri keladi. Undan keyingi o‘rinlami Yaponiya (9,1%), Xitoy (6,0%), Janubi-sharqiy Osiyo, Braziliya, Janubi-g‘arbiy Osiyo (Fors ko‘rfazi sohilidagi mamlakatlar), Rossiya, Avstraliya va Hindiston egallaydi. Dunyo xo'jaligining geografik modelini hosil qiluvchi yuqoridagi mintaqalar va mamlakatlar bilan bir qatorda, boshqa yirik uyushmalami ajratish mumkin. Shular qatorida «katta yettilik» hamda Osiyo — Tinch okeani regioni mamlakatlari alohida o‘rin egallaydi.



Download 167,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish