irsiyat qonunlariga doir masalalarni yechish usullari va mexanizmini tushungan holda masalalarni yecha oladi;
modifikatsion o‘zgaruvchanlikning statistik qonuniyatlarini tajribada o‘rgana oladi.A2+
o‘simliklarning yangi hosildor navlarini, hayvonlarning zotlarini yaratishning dastlabki usullarini biladi.
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning maqsadi:
o‘quvchilarni 9-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;
darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1.,, Odam va uning salomatligi “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 9-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:Yuqorida ta’kidlaganimizdek, sitoplazmada bir qator organoidlar mavjud va ular turli xil vazifalarni bajaradi. Endoplazmatik to‘r murakkab membranalar tizimidan iborat bo‘lib, barcha eukariot hujayralarning sitoplazmasini qamrab olgan. Ular, ayniqsa, moddalar almashinuvi jadal tarzda borayotgan hujayralarda rivojlangan bo‘ladi. Endoplazmatik to‘rning hajmi hujayra umumiy hajminining o‘rtacha 30 dan 50 % gacha qismini egallaydi. U ikki xil: silliq va donador bo‘ladi. Silliq endoplazmatik to‘rning asosiy vazifalaridan biri lipidlar va uglevodlarni sintez qilishdir. Silliq endoplazmatik to‘r ayniqsa, yog‘ bezlari (yog‘lar sintezi)da, jigar hujayralari (glikogen sintezi)da zaxira moddalar to‘planadigan hujayra (o‘simlik urug‘)larida ko‘p bo‘ladi. Donador endoplazmatik to‘rning muhim vazifasi oqsil sintezi va uni tashish bo‘lib, buni ribosomalar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Ribosomalar endoplazmatik to‘rning zichlangan membrana qopchalarining ustki qismida dona-dona bo‘lib joylashgan. Donador deb atalishi ham shu tuzilma bilan bog‘liq. Shunday qilib, endoplazmatik to‘r hujayraning umumiy ichki aylanma tizimi bo‘lib, uning kanallari orqali moddalar tashiladi. Kanallarning membranasida ko‘p sonli fermentlar joylashgan, ular hujayraning hayot faoliyatini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |