9-sinf Biologiya
III – Chorak
1. Uglevodlar tarkibiga qanday elementlar kiradi?
A. C, H2, O2. B. N2, C, H2. C. N2, C, O2. D. H2, O2, S.
2. Katta issiqlik sig’imiga va issiqlikni yaxshi o’tkazish xususiyatiga ega bo’lgan moddani belgilang?
A. Oqsil. B. Lipid. C. Suv. D. Uglevod.
3. Nomi tarkibidagi vodorod va kislorodning o’zaro nisbati xuddi suv molekulasiga o’xshashligidan kelib chiqqan modda.
A. Oqsil. B. Uglevod. C. Nuklein kislota. D. Moylar.
4. Paxta tolasi qanday moddadan iborat?
A. Sellyuloza. B. Kraxmal. C. Glikogen. D. Xitin.
5. Tuganakli o’simliklardagi zaxira sifatida to’planadigan uglevodni belgilang.
A. Fruktoza. B. Kraxmal. C. Glikogen. D. Pektin.
6. Uzum shakari deb ataladigan uglevodni belgilang.
A. Laktoza. B. Glyukoza. C. Fruktoza. D. Riboza.
7. RNK tarkibiga kiruvchi uglevodni belgilang.
A. Dezoksiriboza. B. Glyukoza. C. Fruktoza. D. Riboza.
8. DNK tarkibiga kiruvchi uglevodni belgilang.
A. Dezoksiriboza. B. Glyukoza. C. Fruktoza. D. Riboza.
9. 1g uglevod parchalanganda qancha energiya sarflanadi?.
A. 19,7 kj. B. 39,8 kj. C. 40 kj. D. 17,6 kj. E 16,8 kj
10. 1g yog’ning to’liq parchalanishi natijasida qancha energiya ajraladi?.
A. 30,6 kj. B. 36,7 kj. C. 39,8 kj. D. 38,9 kj. E 36,9 kj
11. Tirik organizmlar tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalar xilma-xil reaksiyalar natijasida doimiy ravishda o’zgarib turishi nima deb ataladi?
A. Metabolizm. B. Anabolizm.
C. Katabolizm. D. Energiya almashinuvi.
12. Odam hayot faoliyati tufayli bir yilda qancha kislorod va ozuqani o’zlashtiradi?
A. 1,5 tonna. B. 15 tonna. C. 0.5 tonna. D. 2,5 tonna.
13. Glyukozaning parchalanish reaksiyalarida ajralgan energiya nimaga sarf bo’ladi?
A. Oqsil biosinteziga. B. ATF sinteziga.
C. Fotosintezga. D. Hammasi to’g’ri.
14. Moyli o’simliklarni aniqlang.
1. Kungaboqar. 2. Makkajo’xori. 3. Zig’ir. 4. G’o’za. 5. Soya. 6. Loviya. 7. Kunjut. 8. Zaytun. 9. Bug’doy
A. 1, 2, 4, 6, 8, 9. B. 1, 3, 4, 5, 7, 8. E 1, 2, 3, 4, 6, 8
C. 2, 3, 5, 7, 8, 9. D. 1, 3, 5, 6, 8, 9.
15. Polisaxaridlarning monometrlari nima deb ataladi?
A. Disaxarid. B. Monosaxarid. C. Aminokislota. D. Nukleotidlar.
16. Yadroning bo’yoqlar yordamida bo’yaladigan donador va to’rsimon tuzilmasi nima deb ataladi?
A. Sentromera. B. Xromatin. C. Yadrocha. D. Yadro shirasi.
17. Eukariot organizmlarni aniqlang.
A. Infuzoriya tufelka. B. Achitqi bakteriyalar.
C. Ossilatoriya. D. Nostok.
18. Somatik hujayradagi xromosomalar to’plamining miqdoriy va sifatiy belgilari yig’indisi nima deb ataladi?
A. Genotip. B. Kariotip. C. Genom. D. Fenotip.
19. Bir mitozdan ikkinchi mitozgacha bo’lgan tayyorgarlik davri
20. DNK sinteziga tayyorgarlik bosqichi __________________________________________________________________________
21. DNK sintezi davri _________________________________________________________________________________________
22. Mitozga tayyorgarlik tugallanadigan davr ______________________________________________________________________
23. Mitozning birinchi bosqichi _________________________________________________________________________________
24. Mitozning oxirgi bosqichi ___________________________________________________________________________________
25. Xromosomalar ekvator tekisligida joylashadigan bosqich __________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |