319. “Topmadim” g’azalining matlasini ayting.
J: “Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,
Ko’nglumdin o’zga mahrami asror topmadim”.
320. Boburning hasbi hol tarzidagi ruboiysi qaysi?
J: “Yod etmas emish kishini mehnatda kishi…”
321. Tanosub qanday san’at?
J: Ma’no va mantiq jihatdan o’zaro aloqador tushunchalarni keltirish bilan hosil qilingan badiiy san’at.
322. “Qaro zulfing deb boshlanuvchi g’azalida”gi tanosubni yuzaga keltirgan so’zlarni ayting.
J: qaro, zulf, parishon, ko’z, yamon so’zlari o’zaro qora rang; yuz, lab, qon so’zlari o’zaro qizil rang bilan bog’liq tushunchalar orqali tanosubni hosil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |