J: Hamza, Qahhor, Sh. Boshbekov.
889.Sahnaviy ijodning qaysi turiga ko’cha so’zlari, hissiyoti, tiyiqsiz chuchmallik, pardasizlik o’ta surlik bilan kirib kelmoqda?
J: Komediyaga.
890.Bugungi kunda qaysi janr xavf ostida?
J: Komediya.
891. Bugungi kundagi yaratilayotgan asarlarning o’ziga xosligi nimada?
J: Zamondoshlar ruhiyatini tasvirlashning eng ta’sirchan usullarini kashf etishga jiddiy e’tibor berilyapti.
9 – sinf adabiyot Testlar.
Q.Yo’ldoshev, V.Qodirov, J.Yo’ldoshbekov.
1.Inson qalbining tovlanishlari, tuyg’ularining ranginligini his etish, uning quvonch-u
iztiroblarini tuyish hissi qanday asarlarda aks etadi ?
a) she’riyatda
b) dramaturgiyada
s) lirik asarlarda
d) badiiy adabiyotda
2. Kishilar tomonidan o’qilib, hissiyotni boyitish , ruhiyatga singdirish ko’zda tutilib yaratilgan bitiklar …
a) adabiyotdir
b) ilmiy adabiyot
s) lirika
d) badiiy adabiyot
3. Rivoyatlarga ko’ra birinchi qo’shiq kim tomonidan yaratilgan ?
a) Ezgulik xudosi Hurmuzd tomonidan
b) Odam Ato tomonidan
s) Momo Havvo tomonidan
d) Zardushtiylar tomonidan
4. Azal ham sen, abad ham sen , na avval birla oxirkim,
Anda yo’q ibtido paydo, bunda yo’q intiho paydo
Bayt muallifi kim?
a) Navoiy
b) Lutfiy
s) Atoiy
d) Sakkokiy
5.Badiiy adabiyotning eng qadimiy shakli – bu …
a) doston b) maqol
s) qo’shiq d) folklor
6. Darslikda keltirilgan Alpomish dostoni qaysi baxshi tomonidan aytilgan ?
a) Po’lkan shoir
b) Fozil Yo’ldosh o’g’li
s) Ergash Jumanbulbul o’g’li
d) Islom shoir
7. Alpomish dostoni necha variantga ega ?
a) yuzta
b) qirqta
s) oltmishta
d) bir yuz ellikta
8. U 1872- yil , Jizzax viloyatining Baxmal tumani Loyqa qishlog’ida tug’ilgan. Bu ma’lumotlar qaysi ijodkor hayotiga tegishli?
a) Hamid Olimjon
b) Po’lkan shoir
s) Shavkat Rahmon
d) Fozil Yo’ldosh o’g’li
9. Alpomish dostonining ming yilligi O’zbekistonda qachon qachon nishonlandi?
a) 2000-yil
b) 2001 – yil
s) 1999-yil
d) 2002-yil
10. Alpomish dostoni mazmunan qanday doston?
a) ishqiy – sarguzasht b) qahramonlik s) Jangnoma d) tarixiy
11. Alpomish dostonidagi Elatiya so’zining ma’nosi ?
a) ko’chmanchi chorvador
b) chorvador boy
s) ko’chmanchilar
d) amaldor shaxslar
12. Alpomish dostonida Eliboylar deb kimlar aytilgan?
a) ko’chmanchilar
b) amaldorlar
s) ko’chmanchi boylar
d) chorvador boylar
13. Alpomish dostonida alplar Boysariga kim deb murojaat qilgan?
a) chorvador
b) eliboy
s) kelganboy
d) musofir
14 . “Hayrat ul abror”ga tegishli ma’lumotni toping.
a) 5782 bayt , 54 bob, hajazi musammani mahzuf
b) 3988 bayt , 63 bob , aruzning sari’ bahri
s) 7215 bayt, 89 bob , aruzning mutaqorib bahri
d) 63 bob , 22 maqolat, aruzning hafif bahri
15. Barchin ko’kragiga tizzasini qo’yib og’zidan dirak- dirak qon keltirgan alp kim?
a) Ko’kaldosh
b) Boyqashqa
s) Ko’kaman
d) Toyqashqa
16 . Surxayl kampirning yeti o’g’lini tartib bilan sanang
a) Ko’kaldosh, Ko’kaman, Boyqashqa, Ko’kqashqa,Toyqashqa, Qo’shquloq,Qorajon
b) Ko’kaldosh, Ko’kaman, Ko’kqashqa, Boyqashqa, Toyqashqa, Qo’shquloq, Qorajon
s) Ko’kaman, Ko’kaldosh, Ko’kqashqa, Boyqashqa, Toyqashqa, Qo’shquloq, Qorajon
d) Ko’kaldosh, Ko’kaman, Ko’kqashqa, Toyqashqa, Boyqashqa, Qo’shquloq, Qorajon
17. Poygada ildamlik qilayotgan Boychibor kimsasiz cho’lda qalmoqlik alplar tomonidan oyog’iga mixlar qoqilib, Qorajon esa bog’lab tashlanganda ularga madad bergan pir kim?
a) Shohimardon pir
b) Rajabxo’ja pir
s) chiltonlar
d) avliyolar
18. Poygada jami qancha ot qatnashadi , qanchasi qalmoq alplari edi ?
a) jami 499, qalmoqlik- 400 ta
b) jami 498 ta, qalmoqlik- 498 ta
s) jami 500 ta , qalmoqlik 499 ta
d) jami 501 ta , qalmoqlik- 500 ta
19.Alpomish dostonida poyga qayerda o’tdi ?
a) Boboxon tog’ida
b) Oyna ko’li
s) Chilbir cho’li
d) b,s,d
20. Alpomish dostonida yoy tortish qayerda o’tdi ?
a) Boboxon tog’ida
b) Oyna ko’li
s) Chilbir cho’li
d) b,s javob
21. Oyna ko’li, chilbir cho’lida qaysi shartlaning musoboqasi o’tdi?
a) poyga kurash
b) yoy tortish, kurash
s) tanga pul
d) b,s
22. Alpomish dostonidagi to’y marosimiga bog’liq qaysi udumlar berilgan?
a) kampir o’ldi
b) it irillar, qo’l ushlatar
s) chach siypatar
d) a,b,s
23. Xalq dostonlari, qancha ular varianti bilan nechta?
a) 150 ta ,varianti bilan 400 ta
b) 140 ta, varianti bilan 450 ta
s) 160 ta , varianti bilan 500 ta
d) 160 ta , varianti bilan 400 ta
24. Xalq dostonlari qanday turlarga bo’lingan?
1)qahramonlik; 2) Jangnoma; 3) romantik; 4) tarixiy; 5) kitobiy
a) 1,2,5
b) 1,3,5
s 1,2,3,4
d) 1,2,3,4,5
25. Xalq dostonlarining she’riy qismi asosan necha hijoli bo’ladi ?
a) 8 hijoli
b) 11 hijoli
s) 7 hijoli
d) 7,8,11
26. Xalq dostonlaridagi she’rlar barmoq vaznida necha hijoli bo’lishi mumkin ?
a) 8 hijoli
b) 11 hijoli
s) 7 hijoli
d) 7,8,11
27. Go’ro’g’lining zo’r deb ta’rifi ketgan ,zarbasi toshdan o’tgan , qilichining ishlovi
yetgan, tekkan omon qolmasin deb zaharli suv yalatgan...
Ushbu parchada Go’ro’g’li tasvirida qanday usuldan foydalanilgan?
a) tashbeh
b) saj
s) nasr
d) iqtibos
28.Epik qolipga to’liq ta’rif qaysi javobda berilgan?
a) xalq dostonlarining deyarli hammasida uchraydigan ifoda va tasvir
b) ular xalq dostonlarida takrorlanib turadigan holatlar tasvirida qo’llaniladi
s) ular dostonning boshlanishi, tugallanishi, personaj ko’rinishi, tulporlar ta’rifi, safar yoki jang tasvirida keladi.
d) a,b,s
29. Dostonlarda uslubiy formula nima?
a) asardan asarga ko’chib yuradigan ,qolip holiga kelib qolgan she’riy satrlar
b) dostonda fantastikadan foydalanish
s) qofiyali nasr (saj)
d) dostonda mubolag’a tasviri
30. Xalq dostonlarining deyarli barchasida ko’chib yuragidan “Yana bahor kelsa ochilar gullar” , Qiyg’ir degan qush o’tirar qiyada”,”Ot chopsa gumburlar tog’ning darasi” kabi satrlar uchraydi. Ular xalq dostonchiligida nima deb yuritiladi?
a) qofiyali sochma
b) epik qolip
s) epik klishe
d) uslubiy formula
31. Rabg’uziyning “Qisassul anbiyo” asari kimning topshirig’i bilan yozilgan?
a) Dod Sipohsolor
b) Nosiruddin To’qbo’g’a
s) Faxriddin Bahromshoh
d) Muhammadxo’jabek
32. Bu kitobni tuzgan ,toat yo’lida tizgan , ma’siyat yobonin kezgan ,oz ozuqlik,ko’p yozuqlik…
Nuqtalar o’qniga mos javobni topnig.
a) Lutfiy
b) Rabg’uziy
s) Yugnakiy
d) Yassaviy
33. … ba’zisi mustaqim bor , ba’zisi nomustaqim , bir anchasi muqarrar , bir anchasi mubattar bor . Ushbu gap qaysi asar haqida va ostiga chizilgan so’zlarning ma’nosi qaysi javobda?
a) Hibatul Haqoyiq, mustaqil, to’la emas, puxta
b) Qassasi Rabg’uziy , to’g’ri, puxta , tugal
s) Hibatul Haqoyiq, to’g’ri, puxta, notugal
d) Qisasi Rabg’uziy , to’g’ri, puxta, notugal
34. Asarda qissalar turlicha bo’lsa-da, ularni bir zot birlashtirib turadi.U…
a ) Sulaymon payg’ambar
b )Muhammad
s) Odam Ato
d) Nuh allayhissalom
35.Qissasi Rabg’uziyda aytilishicha ,Rum viloyatida bebosh tuyalarga qanday chora ko’rilgan?
a) Ularni och saqlab azob berishgan
b) Yaylovga ochib yuborishgan
s)Yangi tushgan kelinchakka musiqa chaldirishgan
d) Burunduq solib qiynashgan
36.Asarda tarif va tavsif qanday usulda berilgan?
a) sheriy
b) saj
s) nasriy
d) mubolag’a
37.”Qissasi Rabg’uziy”da o’zbek adabiyotidagi birinchi g’azal berilgan.Uning mavzusi?
a) ollohga muhabbat
b) tabiat tasviri
s) navro’z
d) to’g’rilik
38.Nizomiy Ganjaviyning Faxriddin Bahromshohga bag’ishlab yozgan asari?
a) Maxzan ul-asror
b)Xusrav va Shirin
s) Layli va Majnun
d) Haft paykar
39.Iroq hukmdori To’g’rul II ning iltimosiga ko’ra yozilgan asar?
a) Maxzan ul-asror
b) Xusrav va Shirin
s) Layli va Majnun
d) Haft paykar
40.Axsatan bir buyrug’i bilan yozilgan asar?
a) Maxzan ul-asror
b) Xusrav va Shirin
s) Layli va Majnun
d) Haft paykar
41.Alouddin Ko’rpa Arslonning topshirig’i bilan yozgan asar?
a) Maxzan ul-asror
b) Xusrav va Shirin
s) Layli va Majnun
d) Haft paykar
42.Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”si necha yilda yozilgan?
a) 20 yil
b) 21 yil
s) 25 yil
d) 28 yil
43. Xisrav Dehlaviy “Xamsa” si tarkibiga kiruvchi dostonlarni aniqlang.
1) Matla’ul -anvor; 2) Iskandarnoma;
3) Shirin va Xisrav; 4) Layli va Majnun;
5) Oynai Iskandariy; 6) Majnun va Layli;
7) Haft paykar; 8) Hasht bihisht .
a) 1,3,5,6,8
b) 2,4,5,6,7
s) 1,4,5,7,8
d) 2,3,4,7,8
44. Ushbu satrlar qaysi doston muqaddimasida ?
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
Kim shuhrati jahong’a to’lg’ay,
Turk elig’a dog’i bahra bo’lg’ay.
a) Hayrat-ul abror
b) Farhod va Shirin
s) Layli va Majnun
d) Saddi Iskandariy
45. Quyidagi baytlar qaysi doston muqaddimasida berilgan?
Emas oson bu maydon ichra tirmoq,
Nizomiy panjasig’a panja urmoq.
Kerak sher ollida sher jangi ,
Agar she’r o’lmasa bore palangi
a) Hayrat-ul abror
b) Farhod va Shirin
s) Layli va Majnun
d) Saddi Iskandariy
46.Navoiyning falsafiy- ta’limiy dostonini aniqlang.
a) Hayrat-ul abror
b) Farhod va Shirin
s) Layli va Majnun
d) Saddi Iskandariy
47.Navoiyning ishqiy – sarguzasht dostoni qaysi qatorda ?
a) Hayrat-ul abror
b) Sabbai- sayyor
s) Layli va Majnun
d) Saddi Iskandariy
48 . Navoiy “Xamsa”sidagi qahramonlik dostoni?
a) Hayrat-ul abror
b) Farhod va Shirin
s) Layli va Majnun
d) Saddi Iskandariy
49 . “Hayrat ul abror”ga tegishli ma’lumotni toping.
a) 5782 bayt , 54 bob, hajazi musammani mahzuf
b) 3988 bayt , 63 bob , aruzning sari’ bahri
s) 7215 bayt, 89 bob , aruzning mutaqorib bahri
d) 63 bob , 22 maqolat, aruzning hafif bahri
50. “Hayrat ul abror”dan olingan quyidagi satrlarda nima haqida fikr yuritilgan?
Zodasidin zoda bo’lub beadad,
Zodag’a ham volid bo’lub, ham valid.
a) Olloh, olam va odam munosobati
b) she’r va shoirlik iste’dodi
s) ota- onaga hurmat,
d) ustoz shogirdlik munosobati
51.Dilafro’z so’zining ma’nosi?
a) Shod qiluvchi, ko’ngil ovlovchi
b) sevimli dildor
s) ko’ngilga yaqin,
d) sirdosh do’st
52. “Hayrat ul abror”da nur sochuvchi shamga o’xshatilgan xislat nima?
a) saxiyli
b) mehr- oqibat
s) rahm- shafqat
d) to’g’rilik
53. Hayrat ul abrorning 10- maqolatida keltirilgan hikoyat?
a) Hotami Toiy
b) Shoh G’oziy
s) Sher bilan Durroj
d) Ikki kabutar
54. Hayrat ul abrorning 5- maqolati mavzusi va unda keltirilgan hikoyat nomi?
a) to’g’rilik: She’r bilan Durraj
b) saxovat va karam : Hotami Toiy
s) vafo va sadoqat : Ikki kabutar
d) Shohlar haqida : Shoh G’oziy
55.Navoiy komil inson haqidagi orzu- o’ylarini qaysi obrazda aks ettirgan?
a) Bahrom
b) Shoh Iskandariy
s) Shoh G’oziy
d) Farhod
56. Farhodning tarbiyachisi ,ustozi kim?
a) Shopur
b) Mulkoro
s) Qoran
d) Moniy
57. Quyidagi misralarda kim ta’riflangan ?
Bo’lub o’n yoshida umrining mururi,
Yigirmi yoshgacha qaddu, jismi zori
a) Farhod
b) Majnun
s) Shoh Iskandar
d) Bahrom
58.Farhodga tosh yo’nish sirlarini kim o’rgatgan?
a) Boniy
b) Mulkoro
s) Qoran
d) Moniy
59. Farhodga naqsh solish sirlarini kim o’rgatgan?
a) Boniy
b) Mulkoro
s) Qoran
d) Moniy
60. “Farhod va Shirin”da me’mor kim?
a) Boniy
b) Mulkoro
s) Qoran
d) Moniy
61.Uni Iskandari Rumiy 400 olimga yasattirgan edi.Bu nima?
a) sehrli sandiq
b) sirli ko’zgu
s) Jami Jamshid
d) Sulaymon uzugi
62.Farhodning Eronlik do’sti kim ?
a) Shopur
b) Mulkoro
s) Qoran
d) Moniy
63. “Sabbai Sayyor”dagi hikoyalar qaysi shaharlar bilan bog’lab berilgan?
a) Xorazm , Hirot
b) Samarqand, Qobul
s) Xuroson, Hirot
d) Xorazm , Shahrisabz
64.”Sabbai Sayyor”dagi hikoyalarni tartib bilan sanang.
1) Farrux va Axiy; 2) Mudbir va Muqbil ;
3) Zayd Zahhob; 4) Sa’d ;
5) Mahr va Suhayl; 6) Mas’ud va Juna;
7 ) Bahrom va Dolirom .
a)1,3,4,6,5, 2,7
b) 1,3,2,5,4,6,7
s)1,4,3,2,5,6,7
d) 1,2,5,3,4,6,7
65.Farhod tilsimni yechish uchun bajargan shartlarni tartib bilan sanab bering.
1) Ahriman dev bilan olishuv; 2) Ajdarhoni o’ldirish ; 3) Tog’dan suv chiqarish; 4) Temir jussali odamlarni yengish; 5) Xizr bilan uchrashish 6) G’ordan donishmand Suqrotni topish.
a) 1,2,5,6
b) 2,1,4,6
s) 1,3,4,6
d) 1,2,4,5
66. To’siqlarni mardona yenggan Farhod nimalarni qo’lga kiritdi ?
a) sirli oyna, Qoranning xazinasi, sehrli qilich
b) Jomi Jamshid.Iskandar xazinasi, sehrli uzuk
s) sirli oyna, Iskandar xazinasi, ilohiy tilsim
d) ilohiy tilsim, sirli oyna, Qoranning xazinasi
67. Farhod ushbu misralarni qachon aytgan:
Hunarni asrabon netgumdir oxir,
Olib tufroqqamu ketgumdir oxir
a) Moniydan naqqoshlik sirlarini o’rganganda
b) Savdogarlar kemasini qaroqchilardan qutqarganda
s) Armanistonda ariq qazuvchilar huzurida
d) Mehnbonu huzurida
68. Farhodga kimlar madad bergan edi?
a) Suhaylo, Suqrot
b) Bahrom, Shopur
s) Xizr, Suqrot
d) a,s javob
69. “Farhod va Shirin”da “Ko’ngilda ishq binosini qurgan “ deya ta’riflangan zot?
a) Farhod
b) Boniy
s) Moniy
d) Qoran
70. Quyidagi bayt kim tomonidan, kimga qarata aytilgan:
Ki ey turfa yigit, ne holating bor,
Ne nav’, g’amu malolating bor?
Kim shodliging yo’q o’zgalardek,
Obodlig’ing yo’q o’zgalardek
a) Shirinning Farhodga murojaati
b) Laylining Majnunga maktubidan
s) Mehnbonu Farhodga qarata
d) Dolorom Bahromga qarata
71.Navoiyning qaysi asarida ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi devor haqida gap boradi?
a) Farhod va Shirin
b) Layli va Majnun
s) Sabbai Sayyor
d) Saddi Iskandariy
72. Farhodning ustozlari kimlar?
a) Mulkoro, Bahrom
b) Boniy, Moniy
s) Qoran,Shopur
d) B,S
73.Navoiy “Xamsa”sidagi yagona qahramonga ega bo’lgan dostonni toping.
a) Farhod va Shirin
b) Layli va Majnun
s) Sabbai Sayyor
d) Saddi Iskandariy
74.Sarafroz so’zining ma’nosi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
a) baxtiyorlik
b) baland, yuksak
s) baxtli
d) buyuk
75.”Farhod va Shirin”da berilgan ajdaho , ahriman dev va temir odam aslida nafs.Ularni Farhod ishqi bilan yengadi. ……….. asarida esa “ bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi” deyilgan . Nuqtalar o’rniga qaysi asar nomini qo’yish kerak?
a) Hayrat ul abror
b) Devoni hikmat
s) Qissasi Rabg’uziy
d) Hibat ul haqoyiq
76. “Farhod va Shirin”da toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmi qaysi obraz orqali berilgan?
a) Boniy
b) Moniy
s) Qoran
d) Suhaylo
77. “Sabbai Sayyor”da qoliplovchi hikoya qaysi?
a) Mehr va Suhayl
b) Bahrom va Dilorom
s) Zayd Zahhob
d) Mas’ud va Jo’na
78. Bahrom Dilorom daragini qaysi musofir hikoyati orqali bilib oldi?
a)1- musofir hikoyati orqali, shanba kuni qora qasr
b) 2- musofir hikoyati orqali yakshanba, yashil qasr
s) 5- musofir hikoyati orqali chorshanba gulgun qasr
d) 7 – musofir hikoyati orqali juma kuni, oq qasr
79. Qirvon yurtini ya’juj- ma’jujlardan xalos etuvchi ilohiy devor quriladi. Bu devorni qurishda barcha mamlakat xalqlari :Movarounnahrliklar, Xitoy, rum,farang, rus, fors va hindular qatnashadilar,Bu yurtga munosib podshoh qidirishadi. Qabristonda yuruvchi bir gadoni topib, uni shoh qilmoqchi bo’ladilar .Uning qo’lida ikkita bosh suyagi bor. Bu qaysi asardan?
a) Hayrat ul abror
d) Sabbai sayyor
s) Farhod va Shirin
b) Saddi Iskandariy
80.O’zbek adabiyotida mukammal yaratilgan komil inson obrazi qaysi javobda?
a) Iskandar
b) Payg’ambar
s) Farhod
d) piri komil
81. Navoiy qaysi obraz orqali shohlik va oshiqlikning bir tanga sig’masligini yoritgan?
a)Bahrom b) Qays
s) Xusrav d) Farhod
82. “Saddi Iskandariy”da Iskandar ushbu baytlarni kimga nisbatan aytgan?
Agarchi meni ayladi arjumand,
Senga berdi himmatni mendin baland
a) Arastuga b) Gadoga
s) vaziriga d) Hotami Toiyga
83. Boburning musiqa sohasidagi faoliyatiga daxli bo’lmagan javobni aniqlang .
a) Musiqiy ilm risolasini yozdi
b) Copgoh maqomiga saft bitdi
s) Rost maqomiga saft bitdi
d) to’g’ri javob berilmagan
84. Boburning soliqlar to’g’risidagi she’riy yo’lda yozilgan asari?
a)Mubayyin al zakot b) Volidiya
s)Vaqfiya d)Muxtasar
85. Bobur Xo’ja Ahror asarini she’riy yo’lda tarjima qilgan edi. Bu asar nomini belgilang.
a)Mubayyin al- zakot b) Volidiya
s)Vaqfiya d)Muxtasar
86 . Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostonida shohlikdan voz kechib, darveshlikni ixtiyar etgan va qabristonda kun kechirib yuruvchi qahramon berilgan?
a) Hayrat ul abror d) Sabbai sayyor
s) Farhod va Shirin b) Saddi Iskandariy
87.A.Temur poytaxti hisoblangan Samarqandni egallaganda Bobur necha yoshda edi.?
a) 12 b)13
s) 14 d) 15
88.Bobur Samarqandni necha marta qo’lga kiritgan ?
a) uch marta : 1500, 1501,1503
b) uch marta : 1497, 1500, 1501
s) ikki marta : 1500, 1501
d) ikki marta : 1497, 1501
89. Berilgan gapning davomini aniqlang. Bobur Qobul va G’aznani egallagach...
a) o’zini xon deb e’lon qildi
b) Shayboniyxonga qarshi yurish boshladi
s) o’zini shoh deb e’lon qildi
d) Mo’g’ul imperiyasiga asos soldi
90. Saddi Iskandariy dostonida gado shohga to’rt shart qo’yadi,bu shartlarni bajarib bo’lsa,shoh bo’lishga ko’nishini aytadi. Bu shart...
a) abadiy hayot, qarilik ko’rmas yigitlik, tuganmas xazina, oxiri g’am bilmas shodlik
b) abadiy hayot, tugamas boylik, qarilik ko’rmas yigitlik, dard bilmas sog’lik
s) obi hayot, tuganmas xazina, dard bilmas sog’lik, keksalik bilmas qarilik
d) obi hayot, tugamas xazina, bulutsiz osmon, dard bilmas sog’lik
91.Bobur Hindisronni qachon zabt etdi?
a) 1507 b)1510
s)1525 d)1526
92. Bobur Hindistonni zabt etgach ...
a) g’ayridinlar solig’ini bekor qildi
b) o’lgan erning xotinini murda bilan yoqishni bekor qildi
s) din- mazhab janjallarini oldini oldi
d) a,b,s javob
93.Boburning aruz haqidagi risolasi?
a)Mubayyin al zakot b) Volidiya
s)Vaqfiya d)Muxtasar
94. Boburning to’lig’icha topilmagan asarlari?
a) Musiqiy ilm , Harb ishi
b) Muxtasar , Volidiya
s) Mubayyin al- zakot, Qobul devoni
d) Musiqiy ilm , Harb ishi , “Qobul” devoni
95. Boburning jami saqlanib qolgan she’rlarining soni qamcha
a) 231 ta b) 400 ta
s) 500 ta d) 430 ta
96. 1500- 1501 – yillarda Bobur Samarqandni ikki bor olib, yana boy beradi. Bir muddat sarsonlikdan so’ng Toshkentdagi xon dodasi Yunusxon huzuriga boradi.Bobosi O’ratepani Boburga berishga va’da qilsa-da ,bajarmaydi , aksincha, Boburning ashaddiy dushmani Ahmad Tanbal bilan sulh tuzib, ziyofat tashkil etadi. Bu holatdan qiynalib, ruhan ezilib
shular ta’sirida yozilgan she’rlar qaysi javobda ?
a) Jahondin menga g’am bo’lsa.. g’azali, Yod etmas emush .. ruboiysi
b) Yaxshilik g’azali, Davron meni o’tkardi... ruboiysi
s) Topmadim g’azali. Yod etmas emish ... ruboiysi
d) Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen … ruboiysi
97. Yozilish tarixi ‘Boburnoma”da keltirilgan g’azali?
a) Qoldimu? b) Mening ko’nglimki
s) Topilmas d) Topmadim
98. Vasldin so’z derga yo’q yoro manga
Hajr aro rahm aylagil yoro manga
O’qung etti ko’p yomon yoro manga
Mahrami lutfing bila yoro manga
tuyug’idagi yoro shakldoshining ma’nolari?
a)Ey yor, yordam ber, qo’lla, do’stlar
b) majol, ey yor, jarohat, yordam ber
s) ey yor, yordam ber qo’lla, majol
d) qo’lla, majol, yordam ber, jarohat
99. “Boburnoma”da keltirilgan qasaba so’zining ma’nosi?
a) darvoza b) shahar
s) qo’rg’on d) qal’a
100. Oshlig’i vofur, mevasi farovon , qovun va uzumi yaxshi bo’lur…” Boburnoma”da keltirilgan bu ta’rif qaysi shahar haqida?
a) Samarqand b) Andijon
s) Kesh d) Hirot
101. “Boburnoma”da keltirilgan quyidagi ta’riflarning qaysi biri Samarqand haqida?
1) Shahar va bozorisida turki bilmas kishi yo’q
2) Qo’rg’oni fasilning ustidin 10 ming olti yuz qadam
3) Qovun mahali poliz boshida qovun sotmoq rasm emas
4) Hech yog’iuy qahr va g’alaba ila munga dast topmog’on
5) Eli tamom sunniy va pok mazhab mutasharri...
6)Arki janub tomonda voqe bo’lubtur
a) 2,4,5 b) 1,5,6
s) 2,3,5 d) 1,4,6
102. “Boburnoma” da asosan qayerlarda yuz bergan voqealar aks etgan?
a) Samarqand,Hirot, Hindiston
b) Movarounnahr,Xuroson,Afg’oniston, Hindiston
s) Qobul, Xuroson, Marv,Hindiston
d)Samarqand,O’ratepa, Qobul, Buxoro
103. “Boburnoma”da qaysi shaharda yaxshi qog’oz, qirmizi baxmal yetishtirilishi aytilgan?
a) Samarqand b) Andijon
s) Qarshi d) Buxoro
104. Fransuzcha esdalik ma’nosidagi so’z?
a) simvol b) memuar
s) ramz d) timsol
105. Hayot yo’li afsonalarga qorishib ketgan, surati-yu siyrati rivoyatlarda bayon etilgan xalq orasida halollik,to’g’rilik, haqqa oshiqlik timsoli bo’lgan ijodkor ?
a) Huvaydo b) Mashrab
s)Yassaviy d) So’fi Olloyor
106. Tarjimai holi ‘Tazkirai Qalandaron”da keltirilgan shoir ?
a) Huvaydo b) Mashrab
s)Yassaviy d) So’fi Olloyor
107. Tazkirai Qalandaron asarining muallifi?
a) So’fi Olloyor b) Bog’istoniy
s) Huvaydo d) Xoja
108.Qaysi javobda memuar asar berilgan?
a)Boburnoma b) O’tmishdan ertaklar
s) Bolalik d) a,b,s
109. Mashrabning hayot yo’li yoritilgan asar?
a) Qissasi Mashrab
b)Mashrab bayozi
s) Mehribonim qaydasan
d) a,b,s
110. Lomakon so’zining ma’nosi?
a) ruhsiz tana
b) ruhlar yashaydigan makon
s) makondan tashqari
d) b,s
111. Tariqat so’zining ma’nosi?
a) yo’l b) qo’l berish
s) pir d) ishq
112. U shoir, tarjimon, tarixnavis, davlat va jamoat arbobi .Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida 1809 yil 17 dekabrda tug’ilgan . Bu tarjimai hol egasi…
a) Munis b) Mashrab
s) Ogahiy d) Huvaydo
113. Tasavvufda kosa jom, qadah, shisha, idish nimaning ramzi?
a) ko’ngil, qalb b) yor
s) ishq d) yor kalomi
114. Majoziy ishqda yor…
a) Muhammad alayhissalom
b) tariqat peshvosi
s) piri komil
d) a,b,s
115. Mashrab qachon va qayerda tug’ilgan ?
a) 1652-yil Namangan
b) 1653-yil , Namangan
s) 1654- yil Andijon
d) 1655 –yil Farg’ona
116. Mashrabning asl ismi nima?
a) Boborahim Namangoniy
b) Boborahim Mullavali o’g’li
s) Mashrab Namangoniy
d) Shoh Mashrabi devona
117. Boborahimga Mashrab taxallusini kim bergan?
a) Ofoq xo’ja
b) Bozor oxund
s) Mahmud Qatag’on
d) Mansuri Xalloj
118. Mashrabning ijodiy merosi qaytarzda yetib kelgan?
a) og’zaki nomalar orqali
b) devonlari orqali
s) tarqoq holda
d) a,b,s
119. Mashrabning nisbatan mukammal devoni?
a) Mehribonim qaydasan- J.Yusupov -1990.
b) Mabdai nur
s) Qissai Mashrab
d) Kimyo
120. Mashrab mansub bo’lgan qalandarlik yo’li qaysi tariqat shoxobchasi ?
a) qodiriylik
b) yassaviylik
s) kubraviylik
d) naqshbandiylik
121. Mumtoz adabiyotda qaysi mavzu markaziy o’rin tutadi?
a) olam va borliqni islomiy idrok etish
b) ilohiy va majoziy ishq
s) muhabbat va sadoqat
d) a,b,s
122. Mashrab ijodiga mansub deb hisoblangan “Kimyo’, “Mabdai nur” qanday asar ?
a) diniy- tasavvufiy
b) diniy- axloqiy
s) badiiy- falsafiy
d) b,s
123. Ilohiy ishqni kuylashda har bir shoirning o’z yo’li va o’z ovozi bor. Quyida nomlari berilgan ilohiy ishq kuychilari va ularga xos ijod usuli qaysi qatorda to’g’ri berilgan ?
1) Yassaviy 2) Navoiy 3) Mashab
a) u ishqni muhohada qiladi, har qanday yonish- kuyishda o’ychanlik unga xos.
b) ishqi ilohiyni rasmiy shariat qoidalaridan uzoqlashmagan holda sharh etadi
s) ko’ngildagi ishq olovi qanday bo’lsa, uni - shundayligicha she’rga ag’daradi
a) 1-s,2-a ,3- b b) 1-b, 2-a ,-3-s
s) 1-a,2 –s, 3-b d) 1-a, 2-b, 3-s
124 .Ajab Majnun erurman , dasht ila sahrog’a sig’mamdur,
Dilim daryoyi nurdur,mavj urib dunyog’a sig’mamdur
Mashrab g’azalining bahrini aniqlang.
a) hajazi musaddasi maqsur
b) hajazi musammani solim
s) ramali musaddasi mahzuf
d) ramali musammani solim
125. Bu yanglig’ birla umri Nuh topsak,
Badanda ko’prak ondin ruh topsak
“Farhod va Shirin” dostonidan olingan ushbu baytda qanday san’at qo’llangan?
a) tajnis b) talmeh
s) tardi aks d) tarse’
126. Tasavvufda pirlar dargohi qaysi istiloh (atama) orqali beriladi?
a) mayxona b) butxona
s) xarobot d) a,b,s
127. So’fiylar nazdida nafsoniy xuruj, shaytoniy istaklar jamlangan voqelik…
a) shayton b) ko’ngil
s) dunyo d) a,b,s
128. Xiva tarixiga bag’ishlangan asarlarni toping.
a) Firdavs- ul iqbol b) Riyoz- ud davla
s) Gulshani davlat d) a,b,s
129. Tarab tiflin tug’urdi dahr zoli,
Ango bo’ldi magarkim doya navro’z
Ogahiy ijodidan olingan ushbu parchada qanday she’riy san’at qo’llangan?
a) tashbeh b) tazod
s) tashxis d) tanosib
130.Mening maktab aro buldur murodim,
Xatimdek chiqsa gar imloyi savodim .
She’r muallifi qaysi javobda?
a) Ogahiy b) Mashrab
s) Furqat d) Bobur
131. Arabcha uy ma’nosini beradigan istiloh (termin) qaysi javobda?
a) vazn b) maqta’
s) bayt d) turoq
132. Musamman haqidagi to’liq ma’lumot qaysi javobda?
a) arabcha sakkizlik degan ma’noni anglatadi
b) dastlabki banddagi misralar o’zaro qofiyalanadi
s) kechinmalar tasviri ,fikr va holatlar bayoni boshqa janrlarga qaraganda kengroq
d) a,b,s
133. Qodiriyning ilk ijod mahsuli qaysi javobda?
a) Ahvolimiz, Millatimga she’rlari
b) Baxtsiz kuyov dramasi, Juvonboz hikoyasi
s) Yangi masjid va maktab maqolasi
d) a,b,s
134. Noz-u ado-u g’amzasi qasdim qilurlar dam-badam
Vah muncha ofatmi bo’lur odamizod ustina?
Ogahiy ijodidan olingan ushbu satrlarda nechta va qanday she’riy san’atlar qo’llangan?
a) uchta- tashxis b) 2 ta mubolag’a, talmeh
s) ikkita – tashxis, talmeh d) uchta- mubolag’a, tashxis
135. Furqat qayerda va qachon tug’ilgan?
a) 1859-yil, Qo’qon b) 1858-yil, Marg’ilon
s) 1857-yil, Qo’qon d) 1855-yil, Toshkent
136. Furqat 14 yoshida…
a) Mantiq- ut –tayrni o’qib tugatdi
b) Haftiyak va Chor kitobni o’qib tugatdi
s) Madrasa talabasi bo’ldi
d) birinchi g’azalini yozdi
137. Furqat 1- devonini tartib berganda necha yoshda edi?
a) 21- 22 b) 22-23
s) 23-24 d) 24-25
138. Furqat tarjimon sifatida …
a) Chor darvesh asarini tarjima qildi
b) Nuh Manzar asarini tarjima qildi
s) Guliston asarini tarjima qildi
d) a,b javob
139. Furqatning bizgacha yetib kelmagan asarlari?
a) Hammomi xayol risolasi
b) Chor darvesh va No’h manzar tarjimalari
s) ilk devoni
d) a,b,s
140.Havas bozorini dur aylagil zinhor boshingdin,
Qo’lingni ikki dunyodin uzib , dilni qalandar tut
Ushbu satrlarda shoir o’zi mansub bo’lgan tariqat qoidalarini sharhlagan. Bu shoir nomini toping
a) Mashrab b) Cho’lpon
s) Furqat d) Fitrat
141. Xorazmshoh Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz) taklifi bilan yaratilgan sal kam 20 ming misrali “Ta’viz-ul oshiqin” devonining muallifi kim?
a) Mashrab b) Cho’lpon
s) Furqat d) Ogahiy
142 “Ta’viz-ul oshiqin( Oshiqlar tumori) devonida necha turli janr mavjud?
a) 16 ta b) 20 dan ortiq
s) 18 dan ortiq d) 15 ta
143.… Samarqandga yo’l oldi. Xat orqali tanishgan do’sti savdogar va etnograf olim Mirzo Buxoriy huzurida bo’ldi . Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni tanlang
a) Mashrab b) Cho’lpon
s) Furqat d) Fitrat
144.Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun “nas” keltirur,”nun” eltibon “sod” ustina. (Ogahiy)
Ushbu baytlarda qanday san’at qo’llangan?
a) harfiy san’at
b) tashxis
s) tashbeh
d) mubolag’a
145. Bu asar uchun materiallar yig’ish 1917- 18 yillarda boshlandi,adib kitobni 1919 – yil yoza boshladi, 1922- yilda dastlabki boblari “Inqilob “ jurnalida bosilib chiqdi. Bu qaysi asar?
a) Mehrobdan chayon b) Kecha va kunduz
s) O’tkan kunlar d) Obid ketmon
146. Kaykovusning “ Qobusnoma” N.Ganjaviyning “Haft paykar”, Sheroziyning
“ Guliston” asarini tarjima qilgan tarjimonni toping.
a) Munis b) Ogahiy
s) Cho’lpon d) Fitrat
147.Qalandar ishqi, Mirza Qalandar, Q. Andijonlik taxalluslari bilan kim ijod qilgan?
a) Munis b) Ogahiy
s) Cho’lpon d) Fitrat
148. “Ta’viz-ul oshiqin “ so’zining ma’nosi nima?
a) Oshiqlar do’sti
b) Oshiqlar qo’shig’i
s) Oshiqlar tumori
d) Ishq tumori
149. “To’y tavsifi”, “Gap ta’rifi”, “Aza tavsifi” ,”Ilmi ash’orning qoidai avzoni” asarlarining muallifi kim?
a) Mashrab b) Cho’lpon
s) Furqat d) Fitrat
150.Badriddin Hiloliyning “Shoh va Gado”, Jomiyning “Yusuf va Zulayxo” asarlarini
kim o’zbekchaga o’girgan?
a) Ogahiy b) Cho’lpon
s) Furqat d) Fitrat
151.”Chor Darvesh”, “ No’h Manzar” asarlarining tarjimoni kim?
a) Ogahiy b) Cho’lpon
s) Furqat d) Fitrat
152.Ogahiy qaysi she’rida tog’lardan mayin oqib kelayotgan suvni suzilib borayotgan go’zalga o’xshatadi?
a)Tog’lar go’zal b) Bahor
s) Navro’z d) Aylansun -
153.Furqat asarlarini qanday turlarga ajratish mumkin?
1)lirika ; 2) publisistika ; 3) nasr; 4) tarjima; 5) hajviy ; 6) ilmiy
a) 1,2,3,4,6 b)1,2,4,5,6 s)1,2,4,5 D) 1,3,4,5
154. Ogahiyning tarixiy asarlari qaysi javobda?
a)Riyoz-ud-davla, Zubdat-ut tavorix
b) Jome –ul voqeoti sultoniy
s) Gulshani Davlat, Shohidi iqbol
d) a,b,s
155. Obi hayvondek suzuk suv har taraf aylab ravon,
Qildi sahrog’a tarovat o’zgacha paydo bahor.
Ushbu baytlarda qanday she’riy san’at qo’llangan ?
a) tashxis b) tashbeh
s) mubolag’a d) a,b
156.Furqatning qaysi she’rida vatanni qo’msash, do’stlar sog’inchi mavzusi Navoiydagi kabi maktub shaklida aks etgan ?
a) Nozik b) Sabog’a xitob
s) Adashganman d) Kashmirda
157. Ogahiyning siysoat va davlatga munosobati ,hukmdor fazilatlari va burch –vazifalari
borasidagi mulohazalari aks etgan asar?
a) Riyoz-ud-davla,
b) Zubdat-ut tavorix
s)Shohidi iqbol
d) Qasidai nasihat
158.Furqat o’zining qaysi she’rida “ yetim qo’ziday nolon”ligi, “Majnun kabi bir Layli yodida biyobon gardi” ekanligini aytgan?
a) Manam sho’rida bulbul… muxammasi
b) Sabog’a xitob masnaviysi
s) Fasli navbahor o’ldi g’azali
d) Sayding qo’ya ber sayyod musaddasi
159.Ohagiyning “Ul sho’xki ochildi xat-u ruxsori” misrasi bilan boshlangan she’ri qanday shaklda yaratilgan?
a) masnaviy b) shir-u –shakar
s) zullisonayn d) musoviyattarafayn
160.Rabg’uziy turkiy adabiyotda qaysi janrni boshlab berdi?
a) g’azal b) tuyuq
s) qit’a d) fard
161. Millatimga, Ahvolimiz, To’y she’rlari, Juvonboz hikoyasi muallifi kim?
a) Furqat b) Cho’lpon
s) Qodiriy d) Oybek
162. Cho’ri qiz Hanifa qaysi asardagi epizodik qahramon?
a) O’tkan kunlar b) Menrobdan chayon
s) Kecha va kunduz d) Qutlug’ qon
163. Ohagiy ijodiga mansub “ Dahr uyi bunyodkim, suv uzradur mahkam emas” she’rining shakli qaysi javobda?
a) musaddas b) muxammas
s) tarji’bband d) tarkibband
164. Ijodining dastlabki davrida 21- 22 yoshida devon tartib bergan o’zbek shoiri kim?
a) Ogahiy b) Cho’lpon
s) Furqat d) Fitrat
165. Aruz vaznida yozilgan asarlar va ularning muallifini belgilang
1) Navoiy; 2) Bobur; 3) Furqat; 4) Ahmad Taroziy ; 5) Fitrat
a) Muxtasar ; b) Mezon- ul avzon; s) Ilmi ash’orning qoidai avzoni;
d) Funun ul balog’a ; e) Aruz haqida
a) 1-b,2-a,3-e, 4-s,5-d b) 1-b,2-a,3-s,4-d,5-e
s) 1-b,2-a,3-s,5-e d) 1-d,2-a,3-d,4-s,5-e
166. Tarab tiflin tug’urdu dahr zoli,
Anga bo’ldi magarkim doya navro’z.
( Dunyo kampiri shodlik chaqalog’ini tug’arkan,navro’z unga doyalik qildi.)
Bayt muallifi va unda qo’llangan she’riy san’atni aniqlang.
a) Furqat, tashbeh
b) Ogahiy, tashxis
s) Cho’lpon, talmeh
d) Munis, tazod
167. O’tkan kunlardagi epizodik qahramonlarni toping
a) Hasanali,Homid, Oftoboyim
b) To’ybeka, Oybodoq, Yusufbek Hoji
s) Sodiq, Mutal, O’zbek oyim
d) Jannat xola, Mutal , Ziyo shohichi
168.Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko’ngul shomu sahar,
Bulbuldek aylar yuz navo ming nav’i faryod ustina.
Ogahiy qalamiga masub ushbu baytlarda qanday she’riy san’at qo’llangan?
a) tanosib
b) tashbeh
s) mubolag’a
d) a,b,s javob
169.” Bugungi turk eli va uning yaqin tarixi “asarining muallifini aniqlang.
a) Begali Qosimov b) Cho’lpon
s) Z.Validiy d) V.Bryusov
170. Intim so’zining ma’nosi?
a) eng ichki b) yashirin
s) his- tuyg’u d) a,b
171. “Yig’lar yuragimda vatanim”,”Men g’olibman , buyuk lashkarman, Bosib oldim sevgi yurtini” misralari qaysi ijodkor qalamiga mansub?
a) Cho’lpon b) Fitrat
s) Qodiriy d) Furqat
172. Qanday roman tarixiy roman hosiblanadi?
a) jang tasviri aks etgan roman
b) yozuvchi voqealarni o’tmishdan olib taratilgan asar
s) tarixiy shaxslar hayoti, tarixiy voqealar aks etgan roman
d) b,s, javob
173.Romanlar mavzusiga ko’ra qanday turlarga ajratiladi?
a) tarixiy, falsafiy, siyosiy
b) maishiy, biografik
s) fantastik, detektiv
d) a,b,s
174. Pentalogiya nima?
a) uch kitobdan iborat roman
b) romanlar turkumi
s) tort kitobdan iborat roman
d) besh kitobdan iborat roman
175. “Qalandar ishqi” she’rining muallifi kim?
a) Oybek b)Futrat
s) Furqat d) Cho’lpon
176. Olamga hayrat ko’zi bilan qaraydigan samimiy qiz Zebi; umri to’rt devor orasida o’tgan ,na erdan, na tirikchilikdan yolchigan Qurvonbibi ; dunyoda faqat eshonning so’zinigina haqiqat deb biladigan Razzoq So’fi qaysi asar qahramoni?
a) O’tkan kunlar
b) Mehrobdan chayon
s) Kecha va kunduz
d) Qutlug’ qon
177.U 1905 yil 10- yanvarda Toshkentning Govkush mahallasida hunarmand- to’quvchi oilasida dunyoga keldi…Tarjimayi hol kimga tegishli?
a) Cho’lpon b) Oybek
s) Qodiriy d) O.Yoqubov
178.Qalandar Qarnoqiy,Usta Temur Samarqandiy ,Xoja Miskin, Mavlono Muhiddin qaysi asar qahramonlari?
a)Qutlug’ qon b) Ulug’bek xazinasi
s) Kecha va kunduz d) Sohibqiron
179. “Tokaygacha qon yutamiz. Tokaygacha yerga cho’kkalaymiz. Ovozimizni baland qo’yaylik, yo haq, yo o’lim” Ushbu parcha qaysi asardan?
a) Qutlug’ qon b) Ulug’bek xazinasi
s) Kecha va kunduz d) Sohibqiron
179. Cho’lponning qaysi she’rida “ talanmagan, yiqilmagan yer yo’q, go’daklar nayza boshida ‘ satrlari epigraf qilib olingan?
a) Kishan b) Yong’in s) Qalandar ishqi d) Vijdon erki
180. Cho’lponning intim lirikaning yorqin namunasi hosiblangan she’ri?
a) Kishan b) Yong’in s) Qalandar ishqi d) Vijdon erki
181.Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasining vise- prezidenti vazifasida ishlagan adib nomini belgilang.
a) Oybek b) Fitrat s) Odil Yoqubov d) Cho’lpon
182.Cho’lpon qalamiga mansub tarjima asarlarni belgilang.
1. Gogol- Tergovchi; 2. Franko- Feruza ; 3. Pushkin – Bog’chasaroy fontani; 4.Tolstoy- Urush va tinchlik; 5. Sa’diy- Guliston; 6.Shekspir- Hamlet
7. Andreyev-Osilgan yetti kishining hikoyasi.
a) 1,2,6,7 b)1,3,6,7 s)1,4,5,6 d)1,4,6,7
183. Javoblar mutanosibligini belgilang.
1.Cho’lpon; 2.Qodiriy; 3) Oybek ; 4) Fitrat
a) Qurboni jaholat; b) Uloqda ; s) Fonarchi ota; d) Jinlar bazmi; e)Gulnor opa
a) 1-a;2-b,d ; 3-s, e b) 1-a; 2-d ; 3- b,d ; 4-e
s) 1-a; 2-b,s ; 3-e 4-d d) 1-a ; 2-d; 3-e; 4-b,s
184. Qaysi javobda Odil Yoqubov qissalari berilgan ?
a) Diyonat, Adolat manzili b) Larza, Tilla uzuk
s) Oq, qushlar,oppoq qushlar; Matluba d) Ko’hna dunyo, Billur qandillar
185. Cho’lpon qalamiga mansub she’riy to’plamlarni aniqlang
1.Uyg’onish; 2) Tuyg’ular; 3. Tong sirlari; 4.Buloqlar; 5. Soz.
a) 1,3,4,5 b)1,2,4,5 s) 2,3,4,5 d)1,2,3,4
186. “Adabiyot nadur?” maqolasining muallifi qaysi javobda?
a) Cho’lpon b) Qodiriy s) Oybek d) Fitrat
187. Odil Yoqubovning ilk asari qaysi javobda?
a) Studentlar b) Tengdoshlar s) Mitti yulduz d) Sarob
188. Ulug’bek xazinasi asari nima bilan boshlangan?
a) Ulug’bek saltanatining so’nggi kunlari tasviri bilan
b) Abdullatifning Urgut toglarida yashirinishi bilan
s) Ali Qushchi kitoblarni yashirishi voqeasi bilan. Ulug’bek xazinasi asari nima bilan boshlangan?
189.” Ulug’bek xazinasi”asarida kitoblarni yashirishga Ali Qishchiga kim yordam bergan?
a) Qalandar Qarnoqiy b) Xurshidabonu
s) Mavlono Muhiddin d) Nizomiddin Xomush
190. .” Ulug’bek xazinasi” asaridagi qaysi obrazlar orqali ruhiy tahlil holati aks ettirilgan?
a) Ali Qushchi, Mirzo Ulug’bek b) Abdullatif, Mirzo Ulug’bek
s) Xurshidabonu, Qashqir d) Qalandar Qarnoqiy, Ali Qushchi
191. Qushcha deb nomlangan birinchi she’ri bosilganda u talaba edi…
a) A.Oripov b) Oybek s) E. Vohidov d) Henrix Hayne
192. “Bulut to’sgan oy”,” Ozodlik”,” Navro’z, navro’z” hikoyalarining muallifi kim?
a) O.Yoqubov b) Sh. Xolmirzayev s) E.A’zamov d) E.Vohidov
193.Pushkin Yevgeniy Onegin asarini qaysi asar ta’sirida yozgan?
a) Bayron: Don Juan b) Dante;Ilohiy komediya
s) Shekspir : Hamlet d) Geote: Faust
194. Haynrix Hayne she’rlarini o’zbekchaga Cho’lpon,Oybek, Mirtemir, Abdulla Sher,
Xayriddin Sultonovlar o’girishgan.Maktab darsligidagi she’rlar qaysi tarjimonga tegishli?
a) Oybek b) Mirtemir s) Abdulla Sher d) X.Sultonov
195. A.Oripov sazovor bo’lgan unvon hamda mukofotlarni aniqlang.
1.Hamza nomidagi Davlat mukofoti ; 2.Navoiy nomidagi Davlat mukofoti;
3. O’zbekiston xalq shoiri unvoni; 4.O’zbekiston Qahramoni
a)1,3,4 b) 1,4
s) 1,2,4 d) 1,2,3,4
196. 1.Onajon; 2.Najot qal’asi; 3. Mitti yulduz ; 4. Jannatga yo’l ;
5. Sohibqiron; 6. Xotirot; 7. Hakim va ajal ;
Ushbu ma’lumotlar A.Oripov hayoti bilan bog’liq holda tartib bilan berilgan qatorni toping.
a) 3,1,6,4,7,2,5 b) 1,3,5,6,4,7,2
s) 3,2,5,7,1,6,4 d) 1,4,2,7,5,6,3
197. Olis janub tortganiday qushcha yuragin,
Yiroqlarga yetakladi meni bir suron.
O,Abdulla, ko’zlaringni ochib qaragin
Kim aytadi bu dunyoda yo’qdir deb bo’ron
Ushbu parcha Abdulla Oripovning qaysi she’ridan olingan?
a) Bahor b) Sarob s) Kuz manzaralari d) Genetika
198. A.Oripovning quyidagi misralari nimani ifodalashga xizmat qilgan?
Yiroq- yiroqlardan mungli va uzun,
Turnalar tovushin tinglardim faqat
a) pokiza yoshlik davrini ifodalagan b) o’zbek xalqining yig’ma obrazini s) vatan timsolini
d) tabiat tasvirini aks ettirgan
199. lirik asarda tuyg’u va o’ylari tasvirlangan shaxs obrazi...
a) bosh qahramon b) timsol s) lirik qahramon d) ramz
200. Quyidagi ma’lumotlarning qaysilari V.Shekspir hayotiga tegishli ?
1. 1797 –yil, 13 – dekabrda Olmoniyaning Dyusseldorf shahrida tug’ildi
2. 1811 yil Sankt- Petrburg yaqinidagi Sarskoe Selo imperatorlik liseyiga qabul qilindi
3. 1564 yil 23 aprelda Startford shahrida tug’ildi
4. “Venera va Adonis “,”Lyukseriya” nomli dostonlari chop etildi
5. “Fransuz ishlari” asari, “Atta Troll” majoziy dostoni muallifi
6. 36 dramatik asar, 154 sonet, bir necha doston yozgan
7. 1594- yil “Grez Inn” teatrida “Xatolar komediyasi” asari o’ynaldi
8. “Ruslan va Lyudmila” ,“Mis Chavandoz “dostonlari muallifi
9. “Qo’shiqlar kitobi” to’plami, “Qullar kemasi” balladasi mashhur.
a) 3,4,6,7 b) 1,5,9 s) 2,8 d) b,s
201..Henrix Haynening ilk kitobi qanday nomlanadi?
a) Yo’l lavhalari b) Qoshiqlar kitobis) Sileziya to’quvchilari d) Qullar kemasi
202. Omon Muxtor romanlarini belgilang.
1.Ming bir qiyofa ; 2. Qora kitob; 3. Tobut shahar;
4. Ko’zgu oldidagi odam; 5.Quyun; 6. Tepalikdagi xaroba;
7.Shamolni tutib bo’lmaydi; 8. Ffu; 9. Ayollar saltanati va mamlakati.
a) 1,4,6,8,9 b) 2,3,5,7 s) 3,4,7,8,9 d) 1,3,6,8
203.Nazar Eshonqul asarlarini belgilang
1.Ming bir qiyofa ; 2. Qora kitob; 3. Tobut shahar;
4. Ko’zgu oldidagi odam; 5.Quyun; 6. Tepalikdagi xaroba;
7.Shamolni tutib bo’lmaydi; 8. Ffu; 9. Ayollar saltanati va mamlakati.
a) 1,4,6,8,9 b) 2,3,5,7 s) 3,4,7,8,9 d) 1,3,6,8
204. Quyidagi ma’limotlarning qaysilari Henrix Hayhe hayotiga tegishli ?
1. 1797 –yil, 13 – dekabrda Olmoniyaning Dyusseldorf shahrida tug’ildi
2. 1811 yil Sankt- Petrburg yaqinidagi Sarskoe Selo imperatorlik liseyiga qabul qilindi
3. 1564 yil 23 aprelda Startford shahrida tug’ildi
4. “Venera va Adonis” ,”Lyukseriya “nomli dostonlari chop etildi
5. “Fransuz ishlari” asari, “Atta Troll” majoziy dostoni muallifi
6. 36 dramatik asar, 154 sonet, bir necha doston yozgan
7. 1594- yil “Grez Inn” teatrida “Xatolar komediyasi” asari o’ynaldi
8. “Ruslan va Lyudmila” ,”Mis Chavandoz “dostonlari muallifi
9. “Qo’shiqlar kitobi “ to’plami, “Qullar kemasi” balladasi mashhur.
a) 3,4,6,7 b) 1,5,9 s) 2,8 d) b,s
205. Quyidagi ma’limotlarning qaysilari Pushkin hayotiga tegishli ?
1. 1797 –yil, 13 – dekabrda Olmoniyaning Dyusseldorf
shahrida tug’ildi
2. 1811 yil Sankt- Petrburg yaqinidagi Sarskoe Selo imperatorlik liseyiga qabul qilindi
3. 1564 yil 23 aprelda Startford shahrida tug’ildi
4.”Venera va Adonis “,”Lyukseriya” nomli dostonlari chop etildi
5. “Fransuz ishlari” asari, “Atta Troll” majoziy dostoni muallifi
6. 36 dramatik asar, 154 sonet, bir necha doston yozgan
7. 1594- yil “Grez Inn” teatrida “Xatolar komediyasi” asari o’ynaldi
8. “Ruslan va Lyudmila” ,”Mis Chavandoz” dostonlari muallifi
9. “Qo’shiqlar kitobi “ to’plami,” Qullar kemasi “balladasi mashhur.
a) 3,4,6,7 b) 1,5,9
s) 2,8 d) b,s
206. Qaysi javobda Pushkinning nasriy asarlari berilgan?
a) Belkin qissasi, Toppon xonim b) Dubrovskiy, Kapitan qizi
s) Erkinlik, Mis chavandoz d) a,b
207. Mashhur shoir Jukovskiy uning qo’lyozma dostoni bilan tanishib chiqqach :”G’olib shogirdga mag’lub ustozdan” ,- degan yozuv bitilgan o’z portretini savg’a qilib yuborgan . Bu manbaga tegishli ma’lumotni belgilang.
a) Shekspirning “Hamlet” asari haqida
b) H.Haynening “Sileziya to’quvchilari” she’ri haqida
s) Pushkinning “Ruslan va Lyudmila” dostoni haqida
d) Shekspirning “Otello” asariga tegishli
208. Inson ko’ngli mayllariga e’tiborsizlik, vaqtida odamni qadrlamaslik kabi illatlar keksa kishining tadqiri misolida aks ettirilgan asar nomini aniqlang.
a) Bir qadam yo’l
b)Arabmuhammad Bahodirxon
s) Bir kam dunyo
d)Bir koshona sirlari
209. Javoblar mutanosibligini belgilang.
1.Bir qadam yo’ l; 2.Arabmuhammad Bahodirxon;3.Bir kam dunyo; 4.Bir koshona sirlari
5.Dugohi Husayniy
a)Usmon Azim b)Erkin Samandar s) Odil Yoqubov d)Ilhom Hasan e) Abdulla A’zam
a) 1-s; 2-a; 3-b; 4-e; 5- d b) 1-a ; 2--b; 3- d; 4- s ; 5- e
s) 1-e; 2-e; 3-a ; 4-d ; 5- s d) 1-s; 2-a; ; 3- d; 4-e; 5- b
210. O’z otalarining ko’ziga mil tortish darajasida yirtqich bo’lgan Habash va Elbars qaysi asar qahramoni?
a) Bir qadam yo’l b) Arabmuhammad Bahodirxon s) Bir kam dunyo d)Bir koshona sirlari
211. Qaysi javobda Normurod Nurqobilov qissalari berilgan?
a) Oqbo’yin , Qoyalar ham yig’laydi
b) Qoyalar ham yig’laydi, Tog’ odami s) Oriyat . Quvonchli kun d) a va b javob
212. Badiiy asarga singib ketgan , undagi badiiy tasvir yo’nalishini belgilab beradigan jo’shqin tuyg’u va ko’tarinki ruh...
a) asar kulminasiyasib) asar pafosis) asar syujetid) asar g’oyasi
213. “Asrga tatigulik kun “asariga tegishli epigrafni aniqlang.
a) Har kimning tug’ilgan yeri Misr shahri b) Hamal keldi- amal keldi
s) Bu kitob jismi fig’onimdir mening. Bu kalom jon-u jahonimdir mening.d) Otning o’limi- itning bayrami
Do'stlaringiz bilan baham: |