729. U qachon Fransiyaga ketishga majbur bo’lgan? J: 1830-yil.
730. U qachon Karl Marks bilan tanishadi va u bilan munosobatlari qanday edi?
J: 1843-y tanishib, avvaliga uning ta’siriga beriladi, lekin uning kommunistik qarashlarida kishi erkiga zo’rlik o’tkazishni sezib qolgach, Marksdan ham, uning g’oyalaridan ham yiroqlashadi.
731. Shoirning ijtimoiy yo’nalishdagi asarlarini ayting.
J: “Sileziya to’quvchilari” she’ri, “Germaniya. Qish ertagi” dostoni, “Qullar kemasi”balladasi.
732. “La’natlar bu yurtga, yolg’on vatanga, Unda baxt ko’radi tubanlik, xo’rlik” misralari qaysi she’ridan olingan va nima haqda?
J: “Sileziya to’quvchilari” she’ridan olingan bo’lib, vatanda turib, vatansiz yurgan xalq sezimlari ifodalangan.
733. “ Germaniya, to’qiymiz biz kafaningni” xitobi qaysi she’ridan olingan va nima nazarda tutilgan?
J: “Sileziya to’quvchilari” she’ridan olingan bo’lib, she’rda Germaniya emas, uning ayanchli o’tmishi to’qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |