574.Tog’asining Yo’lchiga munosabati qanday edi?
J: Uning kuchidan foydalanib, haqini to’lamay aldaydi.
575.Yo’lchi va tog’asi o’rtasidagi yovlikning kuchayishiga sabab nima edi?
J:Keka Mirzakarimboyning Yo’lchi ko’ngil qo’ygan qiz- Gulnorga uylanishi.
576.Gulnor Mirzakarimboyning hashamatli uyidan qayerni afzal biladi?.
J:Yo’lchi bilan bir kecha-kunduz yashagan Shoqosimning uvadalari bilan to’la, qorong’u, tor hujrani.
577.Gulnor uchun Mirzakarimboyning uyidagi yagona baxt kim?
J:Yo’lchining singlisi Unsin.
578.Unsinni kimlar cho’riga aylantirishgan edi.
J: Oldi-ketdi bolalar bilan to’lgan Tursunoy va Sharofatxon.
579.Yo’lchi kimni haqorat qilib, uradi?
J:Mirzakarimboyning o’gli Salimboyvachchani.
580.,,Olifta tikilgan, qora movut chakmonga o’ralib bir qo’lida zontik ushlagan…..’’portreti kimga tegishli?
Do'stlaringiz bilan baham: |