618. Yozuvchining otasi kim bo’lgan?
J: Otasi Egamberdi Yoqubov o’qimishli, ziyoli bo’lib sho’rolar hukumatining ishongan kishisi bo’lib Qozog’istonda mas’ul lavozimda ishlagan 1937-yilda qatag’on qilinib, qamoqqa olinib qaytib kelmagan. 619.Urush davrida qanday ishlarni boshidan kechirgan?
J: 1944-yil maktabni bitirib, asli 1924-yil tug’ilgan bo’lsa-da, o’zini 1926-yil tug’ilgan 18 ga to’lgan qilib ko’rsatib, ko’ngilli ravishda 2-jahon urushiga jo’naydi.
620. Yozuvchi qachon yurtiga qaytgan?
J: Avval uzoq sharqda xizmat qilib, so’ng Mo’g’ilistonning cheksiz Gobi sahrosini piyoda kesib o’tib, Yaponiyaga qarshi olib borilgan urushda qatnashib, 1950-yil yurtiga qaytadi.
621. Yozuvchi oliy ta’limni qayerda olgan?
J: 1951-1956-yillar SAGU (hozirgi O’zMU)ning filalogya fakultetining rus tili va adabiyoti fakultetida.
Do'stlaringiz bilan baham: |