Oz so‘zlovchi, sodda bahodir kim? Zunnun Arg‘unbek
Qatorasiga yetti ot ustidan sakrab o‘tganligi bilan dong chiqargan, chittakday yengil, chaqqon, qarchig‘ayday olg‘ir kim edi? Amir Badriddin
“xalq shundog‘ bir daryoyi azimki, u toshsa, aning mavjidan na shohning qasri, na
darveshning kulbasi qolur, u shundog‘ bir o‘tki, uning bir uchquni tutashsa, na xashakni qo‘yar, na falakni..” fikrlar kimniki? Navoiyniki
Navoiyning sadoqatli navkari kim edi? Boboali — barvasta qomat, aqlli, boadab yigit
Husayn Bayqoro jangga ketishda yo'lda g'or ichida kim bilan gaplashib, duosini oladi? Bobo Xokiy
Mirzo Yodgorni kim tutuib keltiradi? Navoiy
Mirzo Yodgorga nima bo'ladi? qatl qilinadi
Buning evaziga Navoiyga qanday lavozim berishadi? Muhrdor
Husayn Boyqaro kimga “Pahlavoni olam”, degan laqab bergan edi? Muhammad Sayid
Munajjim bashoratiga ko'ra Alisher Navoiy janoblarining muhr bosmoqlik soatiga qaysi yulduz aytiladi? Zuhro
Xuroson olimlari orasida ilmdan eng benasibi, lekin eng mutakabbiri. U ilm dunyosiga yolg‘iz shallaqilik bilan kirgan kim edi? Mavlono Shahobiddin
Iste'dodli shoir, lekin tili achchiq, o‘jar kim edi? Binoiy
“Gulning to‘ni qirq parcha bo‘lsa ham, u guldir” qaysi asardan? “Navoiy” romani
Do'stlaringiz bilan baham: |