9-sinf_4-bob_Sinov_38-42-mavzular_2
Olcha meristema to‘qimasi hujayrasining metafaza bosqichidagi irsiy to‘plamini aniqlang.
1) bir xromatidali xromasomalarning diploid to‘plami; 2) bir xromatidali xromasomalarning gaploid to‘plami; 3) ikki xromatidali xromasomalarning diploid to‘plami; 4) ikki xromatidali xromasomalarning gaploid to‘plami; 5) xromasomalar soni 64ta, DNK soni 64ta; 6) xromasomalar soni 32ta, DNK soni 64ta; 7) xromasomalar soni 32ta, DNK soni ham 32ta; 8) xromasomalar soni 16ta, DNK soni 32ta
A) 1, 5 B) 3, 6 C) 4, 6 D) 1, 8
To‘g‘ri fikrni belgilang.
A) Interfaza bosqichida DNK ko'p marta reduplikatsiyalanadi.
B) Telofaza bosqichida hujayra sitoplazmasi va organoidlari yosh hujayralarga taqsimlanadi.
C) Profaza I bosqichida gomologik bo'lmagan xromosomalarda konyugatsiya ro‘y beradi.
D) Katta odamlarning sezuvchi neyron hujayralarida metafaza davrida xromosomaiar hujayra ekvatorida joylashadi.
Sutemizuvchi hayvonlar spermatozoidi tanasi quyidagi bo'limlardan tuzilgan: boshchasi, yadrosi, sentrioli, bo'yni va dumi, demak, spermatozoid tanasi nechta hujayradan tashkil topgan?
A) ko'p hujayralardan B) bitta hujayradan
C) o'nga yaqin hujayradan D) yuzga yaqin hujayralardan
Gulli o'simliklarda meyoz va mitoz jarayonida 860 mikrosporotsit hujayralardan spermiylar hosil bo'ldi. Shulardan 40 foizi tuxum hujayralar urug'lanishida ishtirok etgan bo'lsa, qancha urug' hosil bo'ladi?
A) 1376 B) 6880 C) 3440 D) 2752
Qaysi organizmlarda sun’iy partenogenez kuzatilmaydi?
1) tut ipak qurtida; 2) baliqlar; 3) shira bitlarida; 4) quyonlar; 5) asalari; 6) dafniya; 7) suvo'tlari; 8) zamburug'lar; 9) g'alladosh; 10) dukkakdoshlar; 11) tustovuq.
A) 1,2,3,4,6,9,10 B) 3,5,6,11
C) 1,2,4,7,8,9,10 D) 1,2,3,4,7,8,9,10
Ma’lum bir o'simlikning 80 ta birlamchi jinsiy hujayralardan hosil bo'lgan spermiylarning 75%i urug'lantirishda qatnashmagan. Urug'lantirishda qatnashgan spermiylarning jami xromosomalari soni urug'lantirishda qatnashmagan spermiylarning jami xromosomalari sonidan 7680 taga farq qilsa, ushbu o'simlikning kariotipini aniqlang.
A) 2n = 18 B) 2n = 20 C) 2n = 48 D) 2n = 16
Xrizantemaning bitta murtak xaltasidagi hujayralarda jami xromosomalar soni 72 ta bo‘lsa, bu o'simlik somatik hujayrasida qancha xromosoma bor?
A) 18 B) 36 C) 9 D) 90
Qaysi umurtqasiz organizmlarda zigota jinsining urg'ochi yoki erkak bo'lishi urg'ochilik gametalariga bog'liq.
A) tuvaloq, nandu, oddiy vampir, miqqiy, kanna
B) qizilto'sh, kuropatka, ko'rgalak, kojan, churrak
C) kolibri, nandu, emu, tuvaloq, kapachi
D) zorka, gelekonius, maxaon, podalariy, g'o'za tunlami
Organik olamda jinsiy ko'payishning ahamiyatini belgilang.
A) jinsiy ko'payishda, avlodlar ota-onaning aynan nusxasi bo'ladi
B) avlodlar bir-biridan va ota-onalardan irsiy jihatdan farq qiladi. Populyatsiyaning irsiy o'zgaruvchanligi ortadi
C) jinssiz ko'payishga qaraganda ko'proq avlod hosil bo'ladi va avlodlar irsiy jihatdan aynan bir xil bo'ladi
D) organizmlarning ko'p avlod hosil bo'lishini ta’minlashdan iborat
Makkajo'xorining barg epidermisida (a), ildizning o'sish konusi hujayrasida (b), endospermida (c), tuxum hujayrasida (d), markaziy hujayrasida (e) xromosomalar sonini juftlab ko'rsating.
A) a-30, b-10, c-30, d-20, e-8
B) a-20, b-10, c-30, d-20, e-30
C) a-10, b-10, c-20, d-20, e-30
D) a-20, b-20, c-30, d-10, e-20
Xromosomalar konyugatsiyasi nima va uning biologik ahamiyati qanday?
A) xromosomaning ikkiga ortishi, ikkita xromotid hosil bo'lishi
B) xromosomalarning ekvator tekisligida joylashishi, xromotidlarning yaxlitlanishi
C) gomologik xromosomalarning birlashib buralishi, genetik axborot almashinuvi
D) xromotidlarning hujayra lokuslariga tarqalishi, yadro hosil bo'lishining boshlanishi
Mitozning anafaza va meyozning anafaza II bosqichlari uchun umumiy bo'lgan holatlarni belgilang.
a) xromatidalar mustaqil xromosomalarga aylanadi; b) qutblarga ikki xromatidali xromosomalar tarqaladi; c) xromosomalar diploid to‘plamga ega bo'ladi; d) xromosomalar spirallashuvi boshlanadi; e) xromatidalarni birlashtiruvchi belbog' uziladi.
A) a, e B) a, b C) b, c D) c, d
Noto'g'ri fikrni aniqlang.
A) hayvonlarning vegetativ ko'payishi asosida organlarning regeneratsiya qila olish hususiyati mavjud
B) tuxum hujayralarning o'sishi organizmning boshqa hujayralari xisobiga amalga oshadi
C) partenogenez barcha hayvonlarda kuzatiladi
D) barcha magnoliyatoifalar uchun jinsiy jarayon universaldir
Gametogenez jarayonida qanday hodisalar kechadi?
1) ko'payish; 2) o'sish; 3) yetilish; а) gaploid to'plamga ega hujayralar hosil bo'ladi; b) hujayralar mitoz usulida bo'linib ko'payadi; c) DNK miqdori ikki hissa ortadi.
A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-b, 2-c, 3-a
Mitoz bo'linishdagi jarayonlarni to'g'ri ketma-ketlikda joylashtiring. 1) xromosomalar despirallashadi; 2) xromatidalar mustaqil xromosomaga aylanadi; 3) sentriolalar hujayra qutblariga tarqaladi; 4) xromosomalarning birlamchi belbog'i uziladi; 5) xromosomalar yorug'lik mikroskopida ko'rinmaydi; 6) xromosomalar bo'linish urchug'iga birikadi.
A) 5; 1; 2; 6; 4; 3 B) 6; 4; 2; 3; 5; 1
C) 3; 6; 4; 2; 1; 5 D) 2; 1; 6; 3; 4; 5
Kuropatkada mitozning profaza (a) va korsakda anafaza (b) davri uchun xos bo'lgan xususiyatlarni aniqlang.
1) ikkita sentriola hujayra qutblari tomon tarqala boshlaydi; 2) xromosoma xromatidlarini biriashtirib turuvchi belbog' uziladi; 3) xromatidlar mustaqil xromosomaga aylanadi; 4) xromosomalar ekvator tekisligi tomon harakatlana boshlaydi; 5) yadro shirasining yopishqoqligi kamayadi; 6) sitoplazmaning membranali qismidan yadro qobig'i hosil. bo'ladi.
A) a-1, 3; b-4, 6 B) a-5, 6; b-2, 4
C) a-4, 5; b-1, 3 D) a-1, 5; b-2, 3
Qanday jarayonlar mitozga asoslangan?
1) hayvonlarda birlamchi jinsiy hujayralarning ko'payishi; 2) odamlarda jinsiy hujayralarning yetilishi; 3) zigotaning maydalanishi; 4) ko‘p hujayrali organizm to'qimalarining tuzilish va funksional doimiyligi; 5) spermatogenezning uchinchi bosqichi; 6) xlamidomonadada kuzatiladigan shizogoniya; 7) ovogenezda yo'naltiruvchi tanachalarning hosil bo‘lishi; 8) avlodlar almashinuvi davomida kariotipning doimiyligi.
A) 2, 3, 7, 8 B) 1, 4, 6 C) 3, 5, 6, 8 D) 2, 7, 8
Qalampir mikrosporasi mitoz bo'lishining anafaza davrida mutatsiya natijasida ikkita nogomologik xromosomalarning mustaqil xromatidalari har xil qutbga tarqalmay, bir qutbga o'tsa va shu qutbdan vegetativ hujayra shakllansa, hosil bo'lgan spermiylarning har birida (I) va vegetativ hujayrada (II) xromosomalar soni nechtadan bo'ladi?
A) I - 22; II – 26 В) I - 46; II -50
С) I - 44; II – 48 D) I - 22; II - 20
Orangutan somatik hujayrasida sodir bo'ladigan mitoz jarayoni haqida ma’lumotlarni aniqlang.
1) metafazada ikki xromatidali xromosomalar soni 92 ta; 2) anafazada ikki xromatidali xromosomalar soni 96 ta; 3) profazada bir xromatidali autosomalar soni 46 ta; 4) anafazada xromosomalar soni 96 ta; 5) metafazada ikki xromatidali xromosomalar soni 48 ta; 6) interfaza G2 davrida ikki xromatidali xromosomaiar soni 46 ta.
A) 2, 6 B) 4, 5 C) 1, 3 D) 3, 4
Gabrobrakon hujayrasida sodir bo'ladigan mitoz jarayonining profaza va metafaza bosqichlari uchun umumiy holatlarni aniqlang. 1) xromosomalar mikroskopda ko'rinadi; 2) axromatin ipchalar mavjud; 3) yadro qobig‘ining parchalanishi; 4) xromosomalarning kaltalashib yo‘g‘onlashuvi; 5) xromatidlarning yelkalari bir-biridan itarilgan; 6) xromosomaiar orasidagi masofa bir xil; 7) xromatidlar birlamchi belbog‘ bilan birikkan; 9) xromosomalar bolinish urchug'iga birikkan.
A) 2, 4, 6, 8 B) 1, 2, 4, 7 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 3, 5, 8
Jinssiz ko'payish bilan bog'liq jarayonlar to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.
1) ulotriksning zoospora hosil qilishi; 2) dala qirqbo'g'imida murtakning hosil bo'lishi; 3) oq po'panak mitseliysidan sporangiy hosil bo'lishi; 4) archada urug'ning vujudga kelishi; 5) judning qanotchali meva hosil qilishi; 6) suv qirqqulog'ining sporali mevasida har xil sporaning yetilishi; 7) elodeyaning novdalaridan ko'payishi; 8) qo'ng'irboshning endosperm hosil qilishi.
A) 2, 4, 5, 8 B) 2, 3, 4, 8 C) 1, 3, 6, 7 D) 1, 4, 6, 7
Mitoz bo'linishda interfazaning S davriga xos (a) va G1 davriga (b) xos xususiyat belgilang.
1) DNK sintezida qatnashuvchi fermentlar faolligi oshadi; 2) G2 dan so'ng sodir bo'ladi; 3) RNK sintezlanadi; 4) DNKlar soni ko'payadi; 5) xromosomalar soni ko'payadi; 6) energiya sarflanadi; 7) xromosomalar tetradasi kuzatiladi.
A) a-5, 6; b-1, 2, 3 B) a-4, 7; b-1, 3, 6
C) a-4, 5, 7; b-3, 6 D) a-4, 6; b-3, 6
Bir hujayralilarning jinssiz ko'payish usullarini farqlang.
1) achitqi; 2) xlomidomonada; 3) yashil evglena; 4) suvo’tlar; 5) plazmodiysi; a) oddiy bo'linish; b) ko'p bo'linish; c) kurtaklanib ko'payish; d) spora hosil qilib ko'payish.
A) 1-c; 2-b, c; 3-b; 4-a; 5-d B) 1-c; 2-b; 3-a; 4-d; 5-b
C) 1-a; 2-d; 3-c; 4-b; 5-a D) 1-d; 2-a; 3-d; 4-c; 5-c
Mitozga xos bo'lgan (1) va xos bo'lmagan (2) jarayonlarni aniqlang. a) diploid to'plamli ikkita hujayra hosil bo'ladi; b) gaploid to'plamli to'rtta hujayra hosil bo'ladi; c) krossingover bo'ladi; d) konyugatsiya bo'lmaydi; e) konyugatsiya bo'ladi.
A) 1-b, c, e; 2-a, d B) 1-a; 2-b, c, d
C) 1-b, c; 2-a, e D) 1-a, d; 2-b, c, e
Mitozning anafazasida qanday jarayonlar kuzatiladi?
1) xromosoma xromatidalarini birlashtirib turuvchi belbog' uziladi; 2) xromatidalar bir-biridan itariladi; 3) xromatidalar bir- biridan ajraladi; 4) xromatidalarning har biri alohida xromosomaga aylanadi; 5) sitokinez kuzatiladi; 6) xromosomalar qutblarga tarqala boshlaydi.
A) 1, 2, 5, 4 B) 2, 3, 4, 5 C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 5, 6
Jinssiz ko'payishning biologik ahamiyati nimadan iborat?
A) organizmlarning tez ko'payishi, ko'p avlod hosil bo'lishini ta’minlash
B) tabiiy tanlanish natijasida organizmlaming xilma-xil bo'lishini ta’minlash
C) irsiy o'zgaruvchanlikni kuchaytirish, evolyutsiya uchun material yetkazib berish
D) irsiy xilma-xillikka olib keladi va organizmlaming moslanuvchanligini orttiradi
Interfaza davridagi hujayraning yadrosi qanday qismlardan tashkil topgan?
A) yadro qobig'i, yadro shirasi, yadrocha, aktin
B) yadro qobig'i, yadro shirasi, xromosoma, sentromera
C) xromosoma, yadrocha, miozin, aktin, yadro shirasi
D) yadro qobig'i, yadro shirasi, xromosoma, yadrocha
Sitoplazmani teng 2 ta bo'luvchi qisqaruvchi halqa hosil qilishda hujayraning qaysi qismi ishtirok etishini belgilang.
A) yadro B) xromosoma C) mikrofibrilla D) mikronaycha
Qaysi organizmlarda mitoz kuzatilmaydi?
1) bakteriyalar; 2) yashil suvo'tlar; 3) ko'k-yashil suvo'tlar; 4) amyobalar; 5) infuzoriyalar; 6) sianobakteriyalar; 7) xlorella.
A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 3, 6 D) 2, 4, 7
Mitozning biologik ahamiyatini belgilang.
A) hujayra sonining tez kamayishi
B) hujayraning o'sishini ta’minlash
C) xromosomalar sonining qiz hujayralarga teng taqsimlanishi
D) xromosomalar sonining qiz hujayralarga
teng taqsimlanmasligi
Do'stlaringiz bilan baham: |