9-sinf 1-5 mavzular pavtor
1. Maydoni jixatidan jaxonda 185, 187, 189 o'rindagi davlatlarni to'g'ri joylashtiring
A) Malta, Sent-Kits va Nevis, Lixtenshteyn
B) Maldiv Respublikasi, Marshal orollari, San-Marino
C) Maldiv orollari, San-Marino, Tuvalu
D) Lixtenshteyn, Tuvalu, Monako
2. 2000-yil hisobi bo'yicha quyidagi qit'alarni ulardagi mustaqil davlatlar soni bilan to'g'ri muvofiqlashtiring
1) Osiyo; 2) Afrika; 3) Yevropa; 4) Avstraliya va Okeaniya; 5) Amerika;
a) 53 ta. b) 13 ta. c) 35 ta. d) 47 ta. e) 43 ta
A) 1-d,2-a,3-e,4-c,5-b
B) 1-a,2-c,3-b,4-d,5-e
C) 1-d,2-a,3-e,4-b,5-c
D) 1-c,2-d,3-a,4-b,5-e
3. Quyidagilardan Sobiq Ittifoqidan mustaqillikka erishmagan davlatlar qaysilar?
1) Gruziya; 2) Ukraina; 3) Makedoniya; 4) Sloveniya; 5) Bosniya va Gersegovina; 6) Armaniston; 7) Sloveniya; 8) Chexiya; 9) Slovakiya; 10) Belorussiya;
A) 3,4,5,6,8,9
B) 1,2,6,10
C) 3,4,5,7,8,9
D) 2,3,4,7,810
4. Eritreya qachon va qaysi davlatdan mustaqillikka erishdi?
A) Sudandan 2011-yil
B) AQSH dan 2009-yil
C) Efiopiyadan 1993-yil
D) 2006-yilda Yugoslaviyadan
5. Letsiye III qaysi davlatni qiroli?
A) Liberiya. B) Liviya
C) Lixtenshteyn. D) Lesoto
6. Konisitutsion monarxiya davlatlari sonini qit'alar bo'yicha to'g'ri muvofiqlashtiring
1) Afrika; 2) Amerika; 3) Avstraliya a Okeaniya; 4) Osiyo; 5) Yevropa
a) 11 ta, b) 3 ta, c) 10 ta, d) 6 ta, e) 9 ta
A) 1-b,2-e,3-d,4-c,5-a
B) 1-b,2-c,3-d,4-e,5-a
C) 1-e,2-b,3-d,4-a,5-e
D) 1-b,3-c,3-a,4-b,5-d
7. .........—davlatlarda butun mamlakat hududida yagona qonunchilik tizimi amal qiladi, siyosiy boshqaruv esa markazlashgan holda amalga oshiriladi.
A) Respublika. B) Monarxiya
C) Federativ. D) Unitar
8. Federativ davlatni barpo etishda tarixiy rivojlanganligi hususuyatlari kabi omillar hisobga olingan davlatlar qaysilar?
1) GFR; 2) Avstraliya; 3) Komor orollari; 4) Kanada; 5) Avstriya; 6) Braziliya; 7) AQSH; 8) BAA; 9) Hindiston; 10) Nigeriya;
A) 1,2,4,7,9
B) 1,5,7,8
C) 1,5,7,8,9
D) 2,4,6,8,10
9. 2008-yilda monarxiyadan voz kechib respublikaga aylangan davlatining poytaxti qayer?
A Pnompen. B) Tximpxu
C) Katmandu. D) Asmera
10. Mis va polimetal rudalariga boy bo'lgan mintaqa qaysi?
A) Sh. Amerikaning tog'li qismi
B) Yevrosiyoning Kamchatka yerimoroli
C) J. Amerikaning tog'li qismlari
D) Afrikaning janubi-sharqiy qismi
11. Suv o'rmon bilan yaxshi taminlangan davlat qaysi?
A) Finlandiya. B) Iroq
C) Eron. D) Chili
12. Margrete II qaysi davlatni qirolichasi?
A) Ispaniya. B) Daniya
C) Italiya. D) Estoniya
13. Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Bolgariya kabi davlatlar rivojlanganligi ko'rsatkichi jixatidan quyidagi qaysi guruhga kiritiladi?
A) Rivojlangan. B) Rivojlanayotgan
C) O'tish iqtisodiyoti. D) Qoloq
14. Katta yettilikka Yevropa, Osiyo, Amerika hududlaridan har biridan nechtadan davlat kiradi?
A) Osiyodan 4 ta, Yevropadan 2 ta, Amerikadan 1 ta
B) Osiyodan 1 ta, Yevropadan 4 ta, Amerikadan 2 ta
C) Amerikadan 4 ta, Osiyodan 2 ta, Yevropadan 1 ta
D) Yevropadan 5 ta, Amerikadan 1 ta, Osiyodan 1 ta
15. Rivojlangan davlatlarda YAIM aholi jon boshiga qanchadan to'g'ri kelishi kerak?
A) 2500 AQSH dol. B) 25000 AQSH dol
C) 2000 AQSH dol. D) 20000 AQSH dol
16. Oxirgi yillarda rivojlangan davlatlar deya etirof etilayotgan davlatlar qaysilar?
A) KXDR va Hindiston
B) Xindiston va Xitoy
C) Koreya va Singapur
D) Sh. Koreya va J. Koreya
17. 1900-yilda birorta mustaqil davlati mavjud bo'lmagan mintaqa qaysi?
A) Afrika. B) Avstraliya va Okeaniya
C) Amerika. D) Osiyo
18. 2018-yil holati bo'yicha quyidagi qit'alarda ( Yevropa, Afrika, Amerika, Avstraliya va Okeaniya, Osiyo) mustaqil davlatlar soni to'g'ri berilgan variantni toping
A) 44 ta, 51 ta, 23 ta, 13 ta, 44 ta
B) 44 ta, 54 ta, 35 ta, 13 ta, 48 ta
C) 41 ta, 53 ta, 33 ta, 13 ta, 59 ta
D) 12 ta, 54 ta, 19 ta, 23 ta 69 ta
19. Okeaniyada joylashgan davlatlarni toping
A) Maldiv Respublikasi, Sent-Kits va Nevis
B) Tuvalu va Barbados
C) Grenada va Barbados
D) Nauru va Tuvalu
20. Quyidagi qaysi javobda orol davlatlar berilmagan?
A) Gaiti va Kuba
B) Vyetnam va Norvegiya
C) Filippin va Yamayka
D) Papua Yangi Gvineya va Yangi Zelandiya
21.Qozog'iston, Hindiston, AQSH, Kanada, Argentina, Avstraliya, Braziliya; Ushbu davlatlarni maydoni kichigidan kattasiga qarab joylashtiring
A) Argentina, Qozog'iston, Braziliya, Avstraliya, Hindiston, AQSH, Kanada
B) Qozog'iston, Argentina, Hindiston, Braziliya, Avstraliya, AQSH, Kanada
C) Argentina, Qozog'iston, Hindiston, Avstraliya, Braziliya, AQSH, Kanada
D) Qozog'iston, Argentina, Hindiston, Avstraliya, Braziliya, AQSH, Kanada
22. Nauru, Tuvalu, San-Marino, Lixtenshteyn, Marshall orollari; ushbu davlatlarni maydoni kattasidan kichigiga qarab joylashtiring
A) Marshall orollari, Lixtenshteyn, Nauru, Tuvalu
B) Lixtenshteyn, Marshall orollari, Tuvalu, Nauru
C) Nauru, Tuvalu, Lixtenshteyn, Marshall orollari
D) Tuvalu, Nauru, Marshall orollari, Lixtenshteyn
23. 1991-yilda Sobiq Ittifoqi parchalanib ketishi natijasida nechta davlat mustaqillikka erishdi?
A) 16 ta. B) 15 ta
C) 17 ta. D) 12 ta
24. Chernogoriya mustaqillikka erishmasdan qancha vaqt avval Yevropada ikki nemis davlati birlashdi?
A) 3 yil. B) 15 yil. C) 16 yil. D) 10 yil
25. 2019-yildan boshlab nomi o'zgargan davlat qaysi?
A) Chernogoriya. B) Eritreya
C) Turkiya. D) Makedoniya
26. Rivojlanayotgan davlatlarda qancha aholi istiqomat qiladi?
A) 5 mlrd kishi. B) 6 mlrd kishi
C) 4,5 mlrd kishi. D) 4 mlrd kishi
27. Prezidentlik respublikalar to'g'ri berilgan variantni toping
A) Bolgariya, Afg'oniston, Qozog'iston
B) Argentina, Indoneziya, Afg'oniston
C) Gretsiya, Isroil, JAR
D) AQSH, Latviya, Avstriya
28. Xaritadagi 1 va 2 raqamlarida qaysi davlatlar berilgan?
A) Bosniya va Gersegovina va Serbiya
B) Sloveniya va Vengriya
C) Xorvatiya va Ruminiya
D) Slovakiya va Ruminiya
29. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi ko'rsatkichlari bo'yicha jaxon davlatlari nechta blokka bo'linadi?
A) 2 ta. B) 10 ta
C) 3 ta. D) 5 ta
30. Jahonda dengizga chiqa olmaydigan davlatlar soni nechta?
A) 34 ta. B) 44 ta. C) 55 ta. D) 28 ta
9-sinf 5-10-mavzular N-2
1. Mineral yoqilg‘i zaxiralarining eng katta qismi qaysi yoqilg'i turiga to‘g‘ri keladi?
A) Neft. B) Gaz
C) Ko'mir. D) Yonuvchi slanes
2. Neftni Jaxondagi zaxirasi va qazib olinish hajmi qancha?
A) 180 mlrd tonna va 3,6 mlrd tonna
B) 191,3 mlrd tonna va 4,3 mlrd tonna
C) 861,5 mlrd tonna va 7,3 mlrd tonna
D) 160 mlrd tonna va 2,1 mlrd tonna
3. 1990-yildan 2000-yillar oralig'ida sodir bo'lmagan voqeani toping
A) Chexoslovakiya parchalanib ketdi
B) Freon gazlarni ishlab chiqarishni kamaytirishga qaratilgan hujjat qabul qilindi
C) Yaponiyaning Kioto shaxrida <> imzolandi
D) Palau davlati mustaqillikka erishdi
4. Qanday foydali qazilma konlari qadimiy platformalarda, burmali tog‘larda, sho‘r ko‘llarning botiqlarida ko‘p uchraydi?
A) Rudali. B) Noruda
C) Yoqilg'i. D) Rangli metallar
5. Qaysi iqlim mintaqalarida issiqsevar ekinlarni yetishtirish qulay?
A) Ekvatorial, subekvatorial, mo'tadil
B) Tropik, mo'tadil, subtropik
C) Ekvatorial, subekvatorial, tropik
D) Ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik
6. Qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish, botqoqli va zaxkash yerlarni ishga solish, cho‘llarga suv chiqarish yo‘li bilan ekin maydonlarini kengaytirish ishlari, ayniqsa, qaysi davlatlarda keng ko‘lamda olib borildi?
1) AQSH; 2) Rossiya; 3) Hindiston; 4) Braziliya; 5) Kanada; 6) Argentina; 7) JAR; 8) Avstraliya; 9) Xitoy; 10) Ukrain
1) 1,2,3,4,5,8,9
B) 1,2,4,5,6,8,9,10
C) 1,2,4,5,8,9
D) 1,3,4,5,7,9,10
7. Dunyodagi daryolar suvining umumiy miqdori qancha?
A) 47 km³. B) 47 ming km³
C) 47 mln km³. D) 47 mlrd km³
8. Shimoliy o'rmon mintaqasida joylashgan davlatlar qaysilar?
A) Rossiya, Norvegiya, Finlandiya, Kanada
B) AQSH, Rossiya, Kanada, Finlandiya
C) AQSH, Shveysariya, Belgiya, Finlandiya, Kanada, Rossiya
D) Braziliya, AQSH, Rossiya, Kanada
9. AQSH ning qaysi qismi geotermal energiya bilan yaxshi taminlangan?
A) sharq. B) shimol
C) janub. D) g'arb
10. 2018-yil hisobi bo'yicha Amerika hududida ayollar va erkaklarni o'rtacha umr davri necha yoshni tashkil etdi?
A) erkaklar 74 yosh, ayollar 80 yosh
B) erkaklar 71 yosh, ayollar 84 yosh
C) erkaklar 75 yosh, ayollar 85 yosh
D) erkaklar 76 yosh, ayollar 80 yosh
11. Osiyoning qaysi qismlarida aholi zichligi yuqori?
A) janubi, janubi-g'arbiy, janubi-sharqiy sharqiy
B) sharqiy, shimoli-sharqiy va janubiy
C) sharqiy, shimoliy, shimoli-g'arbiy, janubi-'sharqiy
D) sharqiy, janubiy, janubi-sharqiy
12. Quyida berilgan mintaqalarni ulardagi mexnatga yaroqli aholisini umumiy aholidagi ulushi to'g'ri berilgan variantni toping
1) Osiyo; 2) Afrika; 3) Amerika; 4) Avstraliya va Okeaniya; 5) Dunyo
a) 64%, b) 56%, c) 66%, d) 65%, e) 68%
A) 1-e,2-b,3-c,4-a,5-d
B) 1-d,2-b,3-c,4-a,5-e
C) 1-e,2-b,3-a,4-c,5-d
D) 1-e,2-c,3-b,4-d,5-a
13. Insoniyatning necha 40% dan ortig'i qaysi irq vakillari hisoblanadi?
A) Negroid irqi. B) Yevropeoid irqi
C) Mongoloid irqi. D) Avstraloid irqi
14. Induizm dinining asosiy etiqod qiluvchilari tarqalgan mintaqalar qaysilar?
A) Hindiston, Xitoy, Vyetnam
B) Hindiston, Nepal, Shri-Lanka
C) Hindiston, Xitoy, Shri-Lanka
D) Hindiston, Shri-Lanka, Butan
15. Yaponiyada keng tarqalgan mahalliy din qaysi?
A) Konfutsiylik. B) Sikxizm
C) Sintoizm. D) Induizm
16. Quyidagi qaysi davlatda depopulyatsiya jarayoni bo'lmoqda?
A) AQSH. B) Germaniya
C) Britaniya. D) Rossiya
17. Chuchuk suv bilan yaxshi taminlangan Markazuy Osiyo davlatlari qaysilar?
A) Qozog'iston va O'zbekiston
B) Turkmaniston va Tojikiston
C) Tojikiston va Qirg'iziston
D) Qirg'iziston, Qozog'iston va Tojikiston
18. Qaysi davlat oxirgi yillarning o‘zida bir necha million daraxt ko‘chatlari cho‘llarga ekib yuborilgan?
A) Qatar. B) BAA
C) Kuvayt. D) AQSH
19. Afrikaning qaysi subregionlarida chuchuk suv tanqisligi mavjud?
A) shimol va sharq
B) janub va g'arb
C) sharq va g'arb
D) shimol va janub
20. Britaniyada o'rmonlarning maydoni 3 barobarga kengayishi uchun qancha vaqt kerak bo'ldi?
A) 40-50 yil. B) 50-60 yil
C) 60-70 yil. D) 70-90 yil
21. Shimoliy o'rmon mintaqasiga tegishli tarifni toping
A) asosan tropik va ekvatorial mintaqalar bo'ylab joylashgan
B) Bu o‘rmonlar yog‘ochlik xususiyatlari yuqori bo‘lgan qimmatli daraxtlarga ancha boy
C) asosan ignabargli tik o'sadigan sifatli daraxtlar o'sadi
D) keng bargli daraxtlar qalin, aralash va ko‘p yarusli bo‘lib o‘sadi
22. Jaxondagi o'rmonlar maydoni qancha?
A) 40 mln km². B) 30 mln km²
C) 20 mln km². D) 10 mln km²
23. Tuproq yuvilishi, ya’ni eroziya jarayoni har yili qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan necha mln. gektar yerdan mahrum qilmoqda?
A) 5-6 mln gektar. B) 6-7 mln gektar
C) 7-8 mln gektar. D) 8-9 mln gektar
24. Dunyoda yetishtirilayotgan oziq-ovqat maxsulotlarining necha foizini yaylovlar bermoqda?
A) 10%. B) 20%. C) 30%. D) 40%
25. Qaysi iqlim mintaqalarida samarali haroratlarning yillik yig'indisi 400°C gradus?
A) subtropik va tropik
B) subarktika va mo'tadil
C) arktika va subarktika
D) subarktika va subtropik
26. Qora va rangli metallarga eng boy bo'lgan davlatlar to'g'ri berilgan variantni toping
A) JAR, Qozog‘iston, Hindiston, Chili, Peru
B) Argentina, Jazoir, Hindiston, Chili, Peru
C) Chili, Peru, Ukraina, Polsha, JAR
D) Hindiston, Chili, Peru, Boliviya, Belorussiya
27. Yangi mineral konlarni izlash ishlari so‘nggi davrlarda, asosan, Kanadaning qaysi qismida faol ravishda amalga oshirilmoqda?
A) sharqida. B) g'arbida
C) shimolida. D) janubida
28. Jahon bo'yicha nechtaga yaqin neft va gaz havzalari aniqlangan?
A) 3600 ta. B) 1000 ta
C) 1500 ta. D) 600 ta
29. Hozirgi vaqtda mineral resurslarning nechtaga yaqin turlaridan xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilmoqda?
A) 200 ta. B) 100 ta. C) 50 ta. D) 500 ta
30. Ushbu xaritada aholisini 48% ini 14 yoshgacha bo'lgan aholi tashkil etadigan davlatlar qaysilar?
A) 6 va 2. B) 3 va 5
C) 1 va 4. D) 3 va 4
Do'stlaringiz bilan baham: |