9-SEMINAR TOPSHIRIG`I
1-TOPSHIRIQ
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1. Diniy mutaassiblik (fanitizm) nima?
Diniy mutaassiblik – (fransuzcha so`z bo`lib, ibodat degan ma’noni anglatadi) muayyan g`oyalarning to`g`ri ekaniga qattiq ishonish , ularga mukkasidan berilish, o`zgalar va o`zgacha qarash va g`oyalarga murosasiz munosabatda bo`lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etish.
2. Ekstremizm mazmunini izohlab bering.
Ekstremizm tushunchasi muayyan sharoitda, biror bir g`oya yoki tamoyila qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni, boshqa sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda ko`r ko`rona qo`llashga urinishdir. Ekstremizm (lotincha - o`ta) ijtimoiy- siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda o`ta keskin chora-tadbirlarni, fikr-qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotdir.Diniy ekstremizm esa bu har qanday dinning teskari uslubda namoyon etilishi, boshqa din yoki mazhab vakillariga nisbatan murosasizlik, noto`g`ri talqin etilgan diniy aqidalardan siyosiy qurol sifatida dunyoviy davlat va konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qo`llash, diniy nizo va qarama qarshiliklar keltirib chiqarish orqali davlat suvereniteti va hududiy daxlsizligini buzish yoki davlat hokimiyatini kuch bilan egallashdir.
3. Aqidaparastlik (fundamentalizm) qanday mazmunga ega?
Aqidaparastlik dindagi muayyan aqida yoki qoidalarni, o`rinli yoki o`rinsizligidan qat,iy nazar, ko`r-ko`rona qo`llash va mutlaqlashtirishga intilishdir. Aqidaparastlik barcha dinlarda turli mazhab va yo`nalishlar orasida keskinlik, nizo va to`qnashuvlar keltirib chiqorishga sababchi bo`lgan. Aqidaparastlik ekstremizmning paydo bo`lishiga zamin yaratadi.
4. Terrorizm nima va uning qanday ko`rinishlari bor?
Terrorizm atamasi lotincha so`z bo`lib, qo`rquv, daxshat degan ma’nolarni bildiradi va terrorizm ma’lum yovuz maqsadlar yo`lida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yo`q qilishdan iborat bo`lgan g`oyaga asoslangan zo`ravonlik usuli. Terrorizm siyosiy, mafkuraviy va shahsiy jinoiy maqsadlarda aholini qo`rqitish hamda davlat, hokimiyat va boshqaruv organlariga ruhiy tazyiq o`tkazishga qaratilgan zo`ravonliklar sodir etishda u yoki bu dinni, mazhabni o`ziga niqob qilib oladi.
Terrorizmda 3 ta asosiy ko`rinish bor:
Terrorchilik harakatlarining jangarilik yo`li ya’ni qurol ishlatish yo`li.
Jinoiy yo`l
Ijtimoiy-siyosiy yo`l
5.O`zbekistonda diniy ekstremizm va terrorizm xavfini oldini olishda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
O`zbekiston Respublikasining JINOYAT kodeksida terrorizm bilan bog`liq jinoyatlar sisatida 155-modda(terrorizm), 156-modda (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo`zg`atish), 157-modda(davlatga xoinlik qilish), 158-modda (O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish), 161-moda (qo`paruvchilik), 242-modda (jinoiy uyushma tashkil qilish), 245-modda (shaxsni garov sifatida tutqinlikka olish) da ko`rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmishlarga qarshi qonuniy choralar konstitutsiyamizda belgilab qo`yilgan. Bundan tashqari yoshlar dinimizni o`rganaman deb shu kabi guruhlarga qo`shilib ketmaslik uchun “Toshkent davlat Islom instituti” ning borligi va oliy ta’lim muassasalarida “Dinshunoslik” fanining o`tilishi kabi bir qancha chora tadbirlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |