9. Nodavlat moliyaviy nazorati Bozor iqtisodiyoti asoslarining shakllanishi davlat nazorat



Download 9,81 Kb.
Sana27.04.2023
Hajmi9,81 Kb.
#932587
Bog'liq
moliya 9-variant

9. Nodavlat moliyaviy nazorati


Bozor iqtisodiyoti asoslarining shakllanishi davlat nazorat
organlarining bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladigan moliyaviy
nazoratning turlari rolini oshiradi. Yuqorida qayd etilgandek,
moliyaviy nazoratning nodavlat turlarini ichki firmaviy (korporativ)
nazorat, tijorat banklar tomonidan mijoz-tashkilotlar ustidan nazorat,
auditorlik nazoratlari tashkil qiladi.
Ichki xo’jalik moliyaviy nazorat korxona, muassasa, firma,
korporatsiyalarning ichki iqtisodiy xizmatlari, ya’ni buxgalteriya,
moliya bo’limi, moliyaviy menejment xizmatlari va boshqalar
tomonidan o’z korxonasi, filiallari va shu’ba tuzilmalarining moliyaviy
faoliyati ustidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat xizmatlari doimiy
ravishda pul mablag’larini (shaxsiy, qarziy, jalb etilgan)
ishlatilishining samaradorligi va maqsadga muvofiqligi kuzatadi, rejalashtirgan moliyaviy natijalar bilan haqiqiy moliyaviy natijalar
qiyoslab, tahlil qiladi, investitsion loyihalarning natijalariga moliyaviy
baho beradi, korxonaning moliyaviy holatini nazorat qiladi.
Ichki moliyaviy nazorat tizimi aniq xo’jalik yurituvchi sub’yektlar
hamda tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari va funktsional
tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladigan kundalik ish-faoliyatning
ajralmas qismidir. Ushbu tizimning mohiyati asosan korxonalar,
ularning ayrim tuzilmaviy bo’linmalari tomonidan amalga
oshiriladigan ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatini xo’jalik yurituvchi
sub’yektning o’z buxgalteriyasi, moliya bo’limi va ayrim iqtisodiy
xizmatlari tomonidan tekshirishdan iborat deb, u “ichki xo’jalik
nazorati” atamasi bilan belgilangan.
Ichki nazorat tizimi quyidagi printsiplarga asoslanadi:
 to’xtovsiz ishlash – ichki nazorat tizimining doimiy va tegishli
ishlashi, korxonada me’yordan og’ishlarni o’z vaqtida aniqlab,
ularning kelajakda kelib chiqishini oldini olishga imkon beradi;
 ichki nazorat tizimi barcha ishtirokchilarining hisobdorligi –
har bir shaxs tomonidan olib boriladigan nazorat funksiyalarining ijro
sifati ichki nazorat tizimining boshqa ishtirokchisi tomonidan nazorat
qilinadi;
 xizmat vazifalarini taqsimlash – korxona nazorat
funksiyalarini takrorlamaslikka xarakat qiladi, va bu funksiyalar
ishchi-xodimlar o’rtasida shunday taqsimlanishi kerakki, bunda
ma’lum bir aktiv, operatsiyalar hisobi, aktivlar butligini ta’minlash va
ularni sanoqdan o’tkazish operatsiyalarini tasdiqlash bilan bog’liq
funksiyalar aynan bir shaxsni birlashtirmasligi kerak;
 operatsiyalarni tegishlicha ma’qullash va tasdiqlash –
korxona vakolatli shaxslarning o’zlarining tegishli vakolatlari
doirasida moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining barchasini tasdiqlash
uchun tartib o’rnatishga xarakat qiladi; doimiy rivojlanish va takomilashtirish; va boshqalar. Ichki xo’alik nazorati tizimida ichki audit xizmati alohida o’rin
egallaydi. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi “Ustav
fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarning samarali boshqarilishini
va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash
chora-tadbirlari to’g’risida ”gi 215-son qarori bilan “Korxonalardagi
ichki audit xizmati to’g’risida Nizom” qabul qilingan.
Ushbu nizomga ko’ra ichki audit korxona boshqaruvining ijro
etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlariga va ichki
hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo’li
bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to’liqliligi
va ishonchliligini ta’minlash, xo’jalik operatsiyalarini amalga
oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarning
saqlanishi hamda korporativ boshqarish printsiplari joriy etilishi
bo’yicha korxona tarkibiy bo’linmasining (ichki audit xizmati) faoliyati
hisoblanadi.
37. Xalqaro moliya haqida tushuncha
Bugungi kunda ko‘plab xalqaro moliyaviy tashkilotlar mavjud. Ularning vakolati turli davlat hukumatlari moliyaviy siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat. Bunday xalqaro moliyaviy tashkilotlar ichida eng muhimi Bazelda (Shveytsariya) joylashgan Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS – Bank for International Settlemens) hisoblanadi. Uning vazifasi barcha mamlakatlardagi bank qoidalarining maksimal o‘xshashligini ta’minlashdan iborat. Undan tashqari xalqaro moliya bozorida yana ikki xalqaro moliyaviy tashkilot faoliyat yuritadi. Ularning maqsadi – savdo va moliya faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat. Bular: Xalqaro valyuta fondi (XVF) (IMF – International Monetary Rupd) va Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki yoki Dunyo banki (International Bank for Reconstruction and Development, World bank). XVF unga a’zo bo‘lgan davlatlar iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarining o‘zgarishini kuzatadi, texnik yordam ko‘rsatadi, xalqaro savdo va moliya operatsiyalari qoidalarini ishlab chiqadi, xalqaro iqtisodiyotning turli masalalari bo‘yicha maslahat beradi, ayrim a’zo davlatlar to‘lov balansini to‘g‘rilab olishlari uchun resurslar taqdim qiladi va h.k.
21. Moliyaviy instrumentlar deganda nimani tushunasiz?
Firmalar turli-tuman moliyaviy instrumentlarni muomalaga chiqarishi mumkin. Bu tashkillashtirilgan bozorlarda savdo (sotuv)ga chiqariladigan standartlashtirilgan qimmatli qog‘ozlar – oddiy va imtiyozli aksiyalar, obligatsiyalar va konvertatsiya. qilinadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, korxonaga qo‘yilgan bozordan tashqari (nobozoriy) moliyaviy talablar (claims), ya’ni bank ssudalari, xodimlar uchun opsionlar, ijara shartnomalari va pensiya ta’minoti bo‘yicha majburiyatlar ham savdo (sotuv)ga qo‘yilishi mumkin.
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar – bu qiymati boshqa aktivlar narxlari bilan bog‘liq ravishda o‘rnatiladigan opsionlar va fyuchers shartnomalari kabi moliyaviy instrumentlardir. Qarzga oid instrumentlar pul qarzga oluvchi har qanday xo‘jalik subyektlari tomonidan muomalaga chiqariladi. Aksiyalar – bu firma egalarining uning aktivlari bir qismiga egaligi to‘g‘risidagi talabini ifodalaydi.Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar – bu qiymati boshqa aktivlar, ya’ni aksiyalar, daromadi qayd etilgan stavkali qimmatli qog‘ozlar, xorij valyutasi va tovarlar kabilarning narx (baho)lari bilan bog‘liq ravishda aniqlanadigan moliyaviy instrumentlardir.
Download 9,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish