9-MAVZU XI-XV asrlarda Eron
Reja:
1.
XI asrdagi Erondagi siyosiy va ziyat.
2.
Shaddodiylar va Ziyoriylar hukmronligi.
3.
Buiylar (Bivayhiylar)ning hokimiyat tepasiga kelishi
Tayanch so‘z va iboralar:
Shaddodiylar, Ziyoriylar, Buvayhiylar, Kokuiylar, Diyorbakr,
Daylam, Kura, Araks, Shialik.
Asosiy matn:
SHaddodiylar
340-571/951-1174
Arron va SHarqiy Armaniston
1. Ganja va Dvindagi ulug’ urug’
taxm. 340/951 Muhammad ibn SHaddod(Dvinda)
360/971 Ali LashkariyI ibn Muhammad(Ganjada)
368/978 Marzubon ibn Muhammad
375/985 Fazl1 ibn Muhammad
422/1031 Abulfath Muso
425/1034 Ali LashkariyII
440/1049 Anushirvon ibn Lashkariy
441/1049 Abu-l-Asvar SHovurI ibn Fazl(413/1022 yildan Dvinda
441/1049 yiddan Ganjada hukmronlik qilgan)
459/1067 FazlII ibn SHovur
466-468/1073-1075 Fazl III (Fazlun) ibn Fazl
Arronni Saljuqiylar lashkarboshisi Sav tegin bosib oldi
2. Oniydagi urug’
taxm. 465/1072 Manuchehr ibn SHovurI
taxm. 512/1118 Abulasvar SHovur11
518/1124 Gruzinlar egallagan
taxm. 519/1125 FazlIV (Fazlun) ibn SHovurII
? Mahmud
taxm. 525/1131 Xushchehr
? SHaddod
550/1155 FazlV
556/1161 Gruzinlar egallagan
559-571/1164-1174 SHohanshoh
Onniyni gruzinlar egallashdi
SHaddodiylar SHimoliy Eronda Daylamdagi xalqdarning siyosiy faolligi juda kuchaygan
davrda maydonga chiqqan sulolalardan biridir. SHaddodiylar ham kurd bo’lsalar kerak. Eron
dunyosining shimoli-g’arbiy burchagi va unga qo’shni bo’lgan Kavkaz hududlari bitilgan
tarixning ko’p qismida etnik va lingvistik jihatdan haddan tashqari ola-qura manzarani tashkil
qiladi. SHaddodiylar shajarasida daylamiy ismlarning (Lashkariyga o’xshash) yoki armaniy
ismlarning(Ashotga o’xshash) mavjudligi, shubhasiz, SHaddodiylar ham Ozarbayjonning
Daylamiylari, ham nasroniy armanlar va gruzinlar orasidan o’zlariga joy izlashga majbur
bo’lganlaridan dalolat beradi. Kurd qallobi Muhammad ibn Shaddod X asr o’rtasida
Dvinda(hozirgi Yerevan shaharidan 35 chaqirim janubroqda) o’rnashib oldi. Bu kezlarda Dvin
Musofiriylarning qo’lida edi. Muhammad Vizantiyadan ko’mak olishga harchand urinmasin,
Daylamiylarga Dvinni qaytarib olishlariga to’sqinlik qila olmadi. Ammo 360/971 yilda uning
o’g’illari Musofiriylarni Arrondagi(SHarqiy Kavkazortida Kuro va Araks daryolari oralig’idagi
viloyat) Ganjadan quvib chiqarishdi. SHundan boshlab butun asr mobaynida Ganja
SHaddodiylar urug’ining poytaxti bo’ldi. SHaddodiylar islomni bu hududda zo’r shijoat bilan
himoya qildilar va gruzin Bafatiylari, turli-tuman arman knyazlari vizantiyaliklar bilan
kurashdilar, shuningdek, alanlarga(osetinlarga) va Kavkazning narigi tomonidagi ruslarga qarshi
jang Musulmon sulolalari. qildilar. Xususan, eng mashhur shaddodiy Abulasvar SHovurI
zamondoshlari orasida din uchun kurashchi sifatida shuhrat qozongan. To’g’rul va Saljuqiylar
Kavkazda paydo bo’lganida SHaddodiylar ularga bo’ysunishdi, ammo468/1075 yilda qullardan
chiqqan Saljuqiy amir Sav Tegin Arronga bostirib kirdi va Fazl(Fazlun) III ni o’z mulklaridan
voz kechishga majbur qildi. Ammo arman Bagratiylarning poytaxti Oniyni465/1072 yilda Sulton
Alp Arslon egallagandan so’ng SHaddodiylarning boshqa urug’i u yerda o’rnashib oldi va
ko’pgina ko’rguliklarni boshdan kechirib, to XII asrning ikkinchi yarmida gruzin saltanati
tiklangunga qadar hukmronlik qilishda davom etdi. Oniydagi SHaddodiylar avlodining biri
haqidagi so’nggi ma’lumot595/1199 yilga taalluqlidir.
Ziyoriylar
315-483/927-1090
Tabariston va Jurjon(Gurgon)
315/927 Marvovij ibn Ziyor
323/935 Zahiru-d-davla Vushmagir
356/967 Zahiru-d-davla Bisutun
367/978 SHamsu-l-maoliy Qobus
402/1012 Falaku-l-maoliy Manuchehr
420/1029 Anushirvon
441/1049 Unsuru-l-maoliy Kaykovus
?-483/?-1090 Gilonshoh
Kaspiyning janubi-g’arbiy sohillarida joylashgan qoloq tog’li viloyat Daylam X asr
boshida xalifa va boshqa hukmdorlarga ko’plab yollanma askar yetkazib berib turdi. Ziyoriylar
Daylamiy navkarlari orasidagi eng ashaddiy sotqinlardan biri, Somoniylardan chiqqan sarkarda
Asfar isyonidan foydalanib, shimoliy Eronning kata qismini egallabolgan Mardovij ibn Ziyordan
tarqalganlar. U tez orada janubdagi Isfahon va Hamadonni ham egalladi, ammo323/935 yilda
Mardovij o’zining turkiy navkari qo’lidan halok bo’ldi va uning chillaki saltanati tarqab ketdi.
Mardovijningukasi Vushmagir o’zini somoniylarning vassali deb tan olgach, Kaspiy bo’yidagi
viloyatlarnigina saklab qola oldi. X asrning ikkinchi yarmida Ziyoriylar Buiylar va
Somoniylarning SHimoliy Eronda hokimiyat uchun olib borgan kurashlarida bir qadar siyosiy
o’yin qildilar. Ammo Ziyoriylardan chiqqan Kobus ibn Vushmagir anchagina nozikbadiiy dilga
va iste’dodga ega bo’lgan hukmdorlardan edi. Barcha Daylamiy sulolalardan Ziyoriylarni shu
narsa ajratib turadiki, ular o’z hukmronlik davrida, ayniqsa, uning so’nggi bosqichida deyarli
istosnosiz ravishda shia mazhabining emas, sunniy mazhabining e’tiqodlariga amal qildilar. XI
asr boshida Ziyoriylar G’aznaviylarga qaram bo’lishga majbur bo’ldilar. Ular G’aznaviylar bilan
nikoh rishtalari orqali bog’langan edilar. Ammo Ziyoriylarning421/1030 yildan keyingi tarixi
ancha qorong’i. Saljuqiylar Kaspiy bo’yi hududlari— Jurjon va Tabaristonni bosib oldilar, biroq
Ziyoriylar sulolasining ba’zi bir vakillari ichkari tog’li hududlarda saqlanib qolgan bo’lishi
mumkin
edi.
Ziyoriy
amirlarining
so’nggilaridan
biri
Kaykovus
fors
tilida
yaratgan«Qobusnoma» kitobining muallifi sifatida shuhrat qozondi. Uning o’g’li Gilonshoh bu
urug’ning so’nggi hukmdori bo’ldi. U Elburs tog’laridan tushgan ismoiliylar tomonidan
ag’darilgan. SHundan so’ng bu sulola tarix sahnasidan butunlay chiqib ketdi. Muallifning
so’nggi ikki Ziyoriy hukmdor taqdiri haqida aytganlari Kaykovusning «Qobusnoma»da bergan
ma’lumotlariga to’gri kelmaydi. Kitob matnidan ma’lum bo’ladiki. Saljuqiylarning433/1041
yilda Jurjonda paydo bo’lishi Kaykovusni G’aznaga qochishga majbur qilgan. Kaykovus u yerda
sakkiz yil mobaynida Sulton Mahmudning nadimi bo’lgan, keyin SHaddodiylar saroyida
yashagan. 475/1082-83 yillar davomida yozil-gan«Qobusnoma»da Kaykovus o’glining
hukmdorligi haqida hech narsa demaydi. «Qobusnoma»ni rus tiliga ag’dargar va unga izohlar
yozgan Ye.E.Bertelьs ham Gilonshohning hukmdor bo’lganiga shubha bilan qaraydi.
Muallifning Gilonshohning ismoiliylar taxtdan ag’dargani haqidagi taxmini ham hech narsaga
asoslanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |