4.Menejment deganda nima tushuniladi?
Menejment mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayoni.
5.Ta’lim muassasi menejmenti deb nimaga aytiladi?
Ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, ularni izchil rivojlantirish, davlat tomonidan boshqarish; ta’lim muassasalarini turli darajada boshqaradigan organlar faoliyatini O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq tashkil etish; ta’limning normativ-huquqiy bazasini rivojlantirish; moliya-xo‘jalik faoliyatini olib borish, ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘quv yurtlarining huquqlarini kengaytirish, mustaqilligini ta’minlash; ta’lim muassasalarini belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalash (akkreditatsiya yakunlari muassasaga ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqini beradi); muassis tashkilotlar, mahalliy hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |