9-mavzu Sug‘oriladigan tuproqlarning unumdorlik darajasini baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar, ularning mezonlari Reja



Download 20,22 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi20,22 Kb.
#497893
Bog'liq
9-mavzu


9-mavzu Sug‘oriladigan tuproqlarning unumdorlik darajasini baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar, ularning mezonlari
Reja:

  1. Sug‘oriladigan tuproqlarning unumdorlik darajasi

  2. Baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar

  3. Baholashda qo‘llaniladigan mezonlari

Tuproqshunoslik fanida tuproq unumdorligini baholash ma- salalari, uning ko‘rsatkichlari va mezonlari eng kam o‘rganilgan so - hadir. Buning asosiy sabablaridan biri, sobiq Ittifoq davrida yerga xususiy mulkchilik yo‘q qilingan, uni sotib olish man qilingan, shuning uchun ham tuproqni baholashga o‘rin qolmagan degan fikrdir. Lekin 1950-yilning o‘rtalariga kelib, yerlarni baholash, nafaqat mulkchilik masalarini hal etish uchun zarur, balki Yer resurslaridan to‘g‘ri, oqilona foydalanishni tashkil etish, tuproqlarn - ing unumdorligini saqlash, qayta tiklash uchun ham uning muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rinib qoldi. Shu bilan birga Yer kadastrining muhim qismi - bu tuproqlarning unumdorligini baholash yoki tuproq bonitirovkasi ekanligini ham nazarda tutish lozim.


O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, karto- grafiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2013 -yil 30 - oktabrdagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibi to‘risida”gi Nizomda tuproq bonitirovkasi ishlarini qabul qilish, k o‘rib chiqish va uning natijalarini yer kadastri hujjatlariga kiritishi, zarur bo‘lgan hollarda «Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasining ilmiy-texnik kengashida muhokama etishi shart deb ko‘rsatilgan.
Bonitirovka - bu tuproqlarning sifati va ishlab chiqarish qobiliyatini, dehqonchilik tizimi intensifikatsiyasi va agrotexnikan- ing o‘rtacha darajasida, qiyosiy baholashdir. U tuproqlarning tabiiy shuningdek, madaniylashtirilishi natijasida yuzaga kelgan xossala¬rini hisobga olgan holda tuziladi.
Bizning respublikamizda, tabiiyki, sug‘oriladigan tuproq un - umdorligini baholashga katta e’tibor beriladi. Chunki, mamlakati -
mizda yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 95% idan ortiqrog‘i ana shu yerlarda yetishtiriladi.
Ma’lumki, turli qishloq xo‘jalik ekinlari, tuproq unumdorligiga har xil talab qo‘yadilar. Masalan, ayrim o‘simliklar nordon muhitda yaxshi rivojlansalar, ayrim o‘simliklar esa kuchsiz ishqoriy muhitda yaxshi o‘sib hosil beradilar. Shuning uchun ham, tuproq unumdorli¬gi, ma’lum bir o‘simlik turli yoki guruhlari uchun baholanadi. O‘zbekistonda tuproq unumdorligi, asosiy qishloq xo‘jalik ekini, g‘o‘za uchun belgilanadi.
Tuproq unumdorligi, keng ma’noda tuproqlarning hamma xos - sa va xususiyatlari, shuningdek, shu joyning ekologik sharoiti ta’si - rining yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Adabiyotlar sharhida, tuproqlarni baholashda yagona fikrning yo‘qligini, ta’kidlab o‘tgan edik. Buning asosiy sababi, baholanadigan obyektning juda murak- kabligidir.
Tuproqshunoslik fanida tuproq unumdorligining qator turlari ajratiladi. Ular qo‘yidagilar:
- tabiiy;
- sun’iiy;
- potensial;
- samarali;
- nisbiy;
- iqtisodiy unumdorlik turlaridir.
Mazkur unumdorlik turlari va tuproqning sifatini baholashda qaysi unumdorlikni baholash masalalari maxsus adabiyotlarda tahlil etilgan (R.Qo‘ziyev 1996). Ulardagi asosiy xulosa, tuproq unumdor¬ligi baholashda, fan va texnika rivojlanishining ma’lum bir bosqi - chida olingan o‘rtacha agrotexnikaviy sharoitda aniq o‘simlik turiga nisbatan, tuproqning samarali unumdorligini baholash zarurdir.
Tuproq baholash ishlarida tuproqning qaysi xossa va xususiyatlariga tayanish masalasi alohida ahamiyatga ega. Juda ko‘p hollarda, tuproqlarni sifat jihatidan uning hosil bilan bevosita kor- relativ xossalarini tanlab olish zarur deb hisoblanadi.
Tuproq unumdorligini faqatgina hosil bilan korrelativ xususiyatlari orqali baholash tamoyil jihatdan, uni o‘simlik hosili bi - lan baholashdan kam farqlanadi. Chunki, dehqonchilik tizimini in-
tensifikatsiyalash jarayoni kuchayishi bilan o‘simliklar hosili mohiyatli oshib boradi. Tuproqning oldin hosil bilan korrelativ bog‘liq bo‘lgan xususiyatlari esa bu paytda sezilarli o‘zgarmasligi mumkin yoki o‘zgarsa ham, yangi sharoitda u bilan hosil o‘rtasida korrelativ bog‘liqlik kuzatilmasligi mumkin. Umuman olganda, hosil bilan tuproq xossalari o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘ri chiziqli tavsifga ega emas (L.M.Burlakova, 1977).
V.A. Kovda (1973) tuproqlarning potensial unumdorligi me- zoni sifatida, tuproqning ichki energiyasi miqdorini olishni taklif etadi. Ammo tuproqshunoslik fanining hozirgi bosqichida, tuproq- o‘simlik tizimida jarayonlar energetikasi to‘la o‘rganib chiqilmagan - ligi tufayli, bu mezondan ham foydalanish qiyin.
Bizning respublikamizda sug‘oriladigan tuproqlarning sifatini baholash ishlari “O‘zbekiston Respublikasi xo‘jaliklarining sug‘o - riladigan tuproqlarini baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma” asosida olib borilmoqda (1989). Bu uslubiy qo‘llanmani amaliyotda ishla - tish unga bir qator o‘zgartirish kiritish lozim ekanligini ko‘rsatadi. Keyingi yillarda yig‘ilgan ma’lumotlar asosida Tuproqshunoslik va agrokimyo institutining tuproq unumdorligini boshqarish va baho¬lash bo‘limi, “O‘zdavyerloyiha” institutining “Yer kadastri” sho‘’ba korxonasi va respublikaning shu sohada ishlayotgan boshqa mutaxassislari ishtirokida sug‘oriladigan tuproqlar baholash bo‘yi - cha takomillashtirilgan uslubiy qo‘llanma ishlab chi qildi (2001). Bu uslubiy qo‘llanmada, eng avvalo, yangi bazaviy shkala ishlab chiq il- gan. Unda, oldingi uslubiy qo‘llanmadan farqli o‘laroq, bazaviy shkalada tuproqlarning sug‘orilish davri va madaniy lashganlik dara¬jasi kabi ko‘rsatkichlar asos qilib olinmagan. Bu hol tuproqlarning genetik qaramligi hamda xossa va xususiyatlari orqali namoyon bo‘ladi deb hisoblanadi. Chunki, tuproqlarning madaniylashish darajasining aniq mezonlari belgilanmagan. Odatda, tuproqlarning madaniylashish darajasi mezoni sifatida, dalalarning tekislanganligi, gumus, oziqa elementlari miqdori qabul qilinadi (B.V.Gorbunov, M.I.Konobeyeva, 1972). Lekin, oxirgilari ayniqsa oziqa elementlari miqdori sug‘oriladigan tuproqlarda agrotexnik tadbirlar asosida tez - tez o‘zgarib turadi, ya’ni barqaror emas. O‘simlikning yaxshi holati, har doim ham, tuproq unumdorligi bilan korrelativ bog‘liq emasligi
yuqorida ta’kidlab o‘tilgan edi. Shuning uchun ham, aniq mezoni bo‘lmagan “madaniylashish darajasi” uchun bazaviy shkalada 30 ball atrofida farq ajratish maqsadga muvofiq emas. Shuningdek, yangi o‘zlashtirilgan yerlar bilan qadimdan sug‘oriladigan yerlar orasida 50 ball farq ham juda kattadir. Masalan, amalda bir xil tuproq - iqlim sharoitida yangi o‘zlashtirilgan tipik bo‘z tuproq qadimdan sug‘oriladigan bo‘z tuproqqa nisbatan ko‘proq hosil berganligi ma’lum (A.Z.Genusov, R. Qo‘ziyev, 1978, 1988). Shuningdek, takomillashtirilgan uslubiy qo‘llanmada bir qator yangi ko‘rsatkichlar va ularning tuproq unumdorligidagi ulushi hamda ay- rim ko‘rsatkichlarga aniqliklar kiritilgan.
Tuproq unumdorligini baholashning bazaviy shkalasini tuzish¬da muhim metodologik hol, ya’ni tuproq unumdorligi absolut emas, balki aniq bir o‘simlik turi yoki guruhi va uning naviga qarab nisbiydir degan xulosadan kelib chiqilgan. Bir xil tuproq ayrim o‘simlik uchun sermahsul, boshqasi uchun kam mahsuldorlikka ega bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham tuproq unumdorligi va uning dinamikasi bir xil o‘simlik uchun baholanganda to‘g‘ri bo‘ladi.
Sug‘oriladigan dehqonchilik tizimida tuproq unumdorligi o‘zgarmasdan qolmaydi. Insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida qis h- loq xo‘jaligida ishlatilayotgan yerlarning tuproq -meliorativ sharoiti sezilarli yaxshilanadi. Buning natijasida, tuproq unumdorligi dara¬jasi ortadi.
Tuproq unumdorligini baholashda uning quyidagi xususiyatlari hisobga olinadi:
- genetik xususiyati;
- gumus miqdori;
- mexanik tarkibi;
- zichligi;
- suv o‘tkazuvchanligi;
- singdirilgan kationlar tarkibi;
- melkozem qatlamining qalinligi;
- sho‘rlanish darajasi;
- eroziyaga uchraganlik darajasi;
- gips miqdori va uning Yer sathidan chuqurligi;
- sho‘rtoblashganlik darajasi;
- karbonatlar miqdori va shu kabilar.
Tuproq unumdorligining shakllanishida, tuproq paydo bo‘lish jarayoni katta ahamiyat kasb etadi. Respublikamizning sug‘orila- digan maydonlari nisbatan katta maydonlarni egallamaydi, lekin ular tuproq-iqlim mintaqalarida joylashgan. Masalan, yillik yog‘in miqdori yoki samarali harorat yig‘indisi shimoliy va janubiy regionlarda sezilarli darajada farqlanadi. Iqlim sharoitining turliligi, tuproq paydo qiluvchi jinslarning tarkibi, yoshi, shakllanishi bilan bog‘liq holda, tuproqlarning har xil unumdorlik darajasiga ega bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham, tuproq unumdorligi baholashda tuproq paydo qiluvchi jinslar genezisi, joylarning is- siqlik resurslari bilan ta’minlanishi, tuproq grunt qatlamining drenlashganligi, yon-bag‘irlarning ekspozitsiyasi hamda nishabligi va shu kabilar hisobga olinmog‘i lozim.
Tuzlarning miqdori va tarkibining qishloq xo‘jalik o‘simliklari va xususan, g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanish va hosiliga ta’siri haqida ma’lumotlar ko‘plab topiladi. Ammo ularning natijalari har xil va bu o‘z navbatida ulardan bonitirovka maqsadida foydalanishni qiyin - lashtiradi.
Tuproqdagi tuzlarning miqdori, tarkibi va madaniy o‘simliklar orasidagi bog‘liqlik juda murakkab va uning ko‘p qirralari haligacha to‘la o‘rganilmagan. Bu hol madaniy o‘simliklar o‘sishi, rivojlan - ishining turli bosqichlarida tuzlar ta’siriga har xil bardosh bera olish qobiliyati bilan ham bog‘liqdir. Masalan, g‘o‘za rivojlanishining boshlang‘ich davri, ya’ni 3 - 4 ta barg chiqqunicha, unga tuzlarning salbiy ta’siri juda kuchli bo‘ladi. G‘o‘za vegetatsiya davrining oxir- iga kelib tuzlarning yuqori konsentratsiyasiga ham unchalik reaksi- ya ta’sir etmaydi. Ma’lumki, tuzlarning zaharligi ularni tashkil etgan ionlar bilan bog‘liq. Bizning sharoitimizda eng ko‘p zararli tuzlar - xloridlar hisoblanadi. Xloridlarning tuproq eritmasidagi miqdori
0, 01% dan oshsa, ular g‘o‘za o‘simligining o‘sishi va rivojlanishi uchun salbiy ta’sir ko‘rsata boshlaydilar. Sulfat tuzlarining salbiy ta’siri, ularning miqdori 0,2 - 0,3 % orasida bo‘lganda kuzatiladi.

Takrorlash uchun savollar



  1. Tuproq zichligining qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligiga ta’siri qanday?

  2. O‘simliklarni gumus bilan oziqlanish nazariyasining asoschisi kim?

  3. Gumus zahirasini tuproq unumdorligini baholashda foydalangan olimlarni aytib bering?

  4. Gleyli qatlam tuproq unumdorligiga qanday ta’sir qiladi?

  5. Gleyli qatlam chuqurligi necha santimetr bo‘lganida ekinlarning hosildorligiga ta’siri bo‘lmaydi?

Download 20,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish